Muhandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash


Aylanish sirtining tekislik bilan kesishuvi



Download 12,28 Mb.
bet31/41
Sana01.07.2022
Hajmi12,28 Mb.
#726489
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
Maruzalar matnlari (to\'liq) 2021-22

Aylanish sirtining tekislik bilan kesishuvi
Sirtning tekislik bilan kesilishidan hosil bo’lgan chiziq kesuvchi tekislikda yotgan tekis egri chiziq bo’ladi. Bu egri chiziqning proyeksiyalarini epyurda yasash uchun, odatda, unga oid bir mecha nuqtaning proyeksiyalari topilib, so’igra ularning bir nomlilari lekalo bilan o’zaro tutashtiriladi.
Kesim chizig’ining haqiqiy ko’rinishi epyurni qayta tuzish usullarining biri yordami bilan yasalishi mumkin.
Har qanday sirtning tekislik bilan kesishuv chizig’ini yasashda yordamchi kesuvchi tekisliklar usuli umumiy usul hisoblanadi. Bu usulni tubandagicha tushunish kerak: berilgan sirt va kesuvchi te­kislik bir necha yordamchi tekislik bilan kesiladi. Har qaysi yor­damchi tekislik sirtni, umuman, biror egri chiziq bo’yicha, kesuvchi tekislikni esa to’g’ri chiziq bo’yicha kesadi. Agar bu egri chiziq bi­lan to’g’ri chiziq kesishsa, ularning kesishuv nuqtalari izlangan kesim chizig’iga oid umumiy nuqtalar bo’ladi.
Bu umumiy usuldan foydalanilganda, yordamchi kesuvchi tekislik­lar shunday olinishi kerakki, ular berilgan sirtni aylanalar yoki, imkoni bo’lsa, to’g’ri chiziqlar bo’yicha kesadigan bo’lsin.
24-rasmda aylanish sirti bilan frontal proyeksiyalovchi P te­kislikning kesishuv chizig’ini yasash ko’rsatilgan. Yordamchi tekislik­lar aylanish sirtining o’qiga perpendikulyar qilib o’tkazilgan. Ay­lanish sirtining o’qi H tekislikka perpendikulyar bo’lgani uchun sirtning yordamchi tekisliklar bilan kesilishidan hosil bo’lgan aylanalarning gorizontal proyeksiyalari o’zlariga teng aylanalar bo’ladi. Yordamchi tekisliklar berilgan kesuvchi P tekislik bilan V tekislikka perpendikulyar bo’lgan gorizontal chiziqlar bo’yicha kesishadi. Bu gorizoitallar bilan tegishli aylanalarning kesishuv nuqtalari izlangan kesim chizig’iga oid nuqtalar bo’ladi.

24-rasm. 25-rasm.
2 5-rasmda shar sirtning umumiy vaziyatdagi Q tekislik bilan kesilishidan hosil bo’lgan aylananing proyeksiyalarini yasash ko’rsatilgan. Buning uchun, V tekislik kesuvchi Q tekislikka perpendi­kulyar bo’lgan yangi V1 tekislik bilan almashtirilgan va (O1X1QH) sharning yangi frontal proyeksiyasi chizilgan (uning markazi O1 nuqtada). Sharning kesimi A″1B″1 kesmaga teng diametrli aylana bo’ladi. Bu aylana H va V tekisliklarga ellipslar tarzida proyeksiyalanadi. Gorizontal proyeksiyada ellipsning kichik o’qi AB || O1X1 bo’ladi, katta oqi (D′E′) esa A′B′ kesmaning o’rtasidan o’tadi va kesim aylanasining diametriga teng bo’ladi (D′E′=A″1B"1).
F
26-rasm.


rontal proyeksiyadagi ellips­ning kichik
o’qini topish uchun gorizontal proyeksiyadagi ellipsga urinma qilib frontallar o’tkaziladi. Ularning ellips markazi (C″) orqali QV izga perpendikulyar qilib o’tkazilgan eng katta qiyalik chizig’i bilan kesishuv nuqtalari (5″, 6″) ellips kichik o’qining uchlari bo’ladi. Ellipsning katta uad s' orqali o’tgan frontaldir, uning uzunligi kesim aylanasining diametriga teng (K″L″ =D′E′=A″1B″1).
Bu yerda kesim chizig’ining ko’rinar-ko’rinmasligi kontur aylanasiga bog’liq bo’ladi. Urinish nuqtalarining aniq o’rni ekvatorni yoki bosh meridianni (V tekislikka parallel) o’tkazish yo’li bilan topiladi. Masalan, gorizontal proyeksiyada S tekislikdagi ekvatorda yotgan 1′, 2′ nuqtalar ellipsni ko’rinar va ko’rinmas qismlarga bo’ladi; frontal proyeksiyadagi urinma 3″, 4″ nuqtalar esa bosh meridional tekislik (uning izi S2H) o’tkazish yo’li bilan topilgan. Agar ixtiyoriy aylanish sirti bilan umumiy vaziyatdagi tekislikning kesishuv chizig’ini yasash kerak bo’lsa, proyeksiya tekislik- larini almashtirib, kesuvchi tekislikni 24-rasmda tasvirlangan proyeksiyalovchi vaziyatga keltirib olish tavsiya qilinadi.
Aylanish sirtlarining tekis­lik bilan kesishuv chizig’ini yasash masalasi detallarning chizmalarini chizishda ko’p uchraydi. Misol tariqasida, 26-rasmda ay­lanish sirtlari va parallel ikkita tekis shakl bilan chegaralangan detalning (sirg’aning) kallagi tasvirlangan. Tekis shakllar aylanish sirtining frontal tekisliklar bilan kesilishi- dan hosil bo’lgan; ular o’zaro tengdir. Shaklning konturi egri chiziq bo’lib, uning 5″, 5″ nuqtalardan pastki qismi va biriktirish yoyigacha bo’lgan yuqorigi qismi diametri 5′–5′ kesmaga teng aylananing yoyidir, chunki detalning kallagi sfera shaklidadir. Frontal proyeksiyadagi eng yuqorigi 1″ nuqta detalning o’qida, sirtning silindrik qis- midan pastki qismiga o’tish chizig’ida (PV tekislikda) bo’ladi. Oraliqdagi boshqa nuqtalar de­talning o’qiga perpendikulyar go­rizontal tekisliklar (QV, RV,…) yordamida topiladi.

Download 12,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish