Muhandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash


-mavzu. Sirtlarning tekislik bilan kesishuvi. Kesim yuzasining haqiqiy kattaligi



Download 12,28 Mb.
bet30/41
Sana01.07.2022
Hajmi12,28 Mb.
#726489
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
Maruzalar matnlari (to\'liq) 2021-22

13-mavzu.
Sirtlarning tekislik bilan kesishuvi. Kesim yuzasining haqiqiy kattaligi.
Ko’pyoqning tekislik bilan kesilishi va uning yoyilmasini yasash
Ko’pyoq biror tekislik bilan kesilsa, tekis ko’pburchak hosil bo’ladi. Bu ko’pburchak kesim shakli deyiladi. Ko’pburchakning uchlari ko’pyoq qirralarining kesuvchi tekislik bilan uchrashuv nuqtalarini, tomonlari esa ko’pyoq yoqlarining kesuvchi tekislik bilan kesishuv chiziqlarini ko’rsatadi.
Shunga ko’ra, ko’pyoqning tekislik bilan kesishuv chizig’ini yasash uchun ko’pyoq qirralarining tekislik bilan uchrashuv nuqtalarini topib, ularni bir-biri bilan tartibli ravishda tutashtirish kerak. Shunday qilib, bu masala to’g’ri chiziq bilan tekislikning kesishuv nuqtasini topish masalasining bir necha marta takrorlanishidan iboratdir.
Kesim shaklini yasash uchun, ko’pyoq yoqlarining (tekis shakllarning) kesuvchi tekislik bilan kesishish chiziqlarini yasash usulidan foydalansa ham bo’ladi.
Ko’pyoq sirtining haqiqiy o’lchamini topish va har qaysi yog’ining haqiqiy ko’rinishini yasash maqsadida uning sirti bir tekislikka yoyiladi.
Ko’pyoq yoqlarining haqiqiy ko’rinishini tartibli ravishda bir tekislikda chizishdan hosil bo’lgan shakl ko’pyoqning yoyilmasi deyiladi. Tubanda piramidaning va prizmaning tekislik bilan kesilishi hamda ularning yoyilmalarini yasash usullari bayon qilingan.
1. Muntazm piramidaning tekislik bilan kesilishi va uning yoyilmasini yasash. 3-rasmda yon qirralari o’zaro teng va H tekislikda turgan muntazam ABCS pirami­daning gorizontal proyeksiyalovchi P tekislik bilan kesilishi va piramidaning yoyilmasi keltirilgan.

3-rasm.
P tekislik piramidani 123 chiziq bo’yicha kesadi. Bu nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari kesuvchi tekislikning gorizon­tal iziga to’g’ri keladi, chunki tekislik gorizontal proyeksiyalovchi tekislikdir. Nuqtalarning frontal proyeksiyalari (1″, 3″) bog’lanish chiziqlarini o’tkazish yo’li bilan topiladi; BS qirradagi nuqtaning frontal proyeksiyasi (2″) ni topish uchun esa qirrani S nuqtadan o’tgan va H tekislikka perpendikulyar bo’lgan o’q atrofida aylantirib, frontal (S′B′1 S″B″1) holga keltiramiz. Keyin S′2′ radius bilan S′B′1 da 2′1 ni, S″B″1 proyeksiyada 2″ ni topamiz. Shundan keyin teskarisiga aylantirib, SB qirrani asli holiga keltiramiz va B″S″ proyeksiyada 2″ ni topamiz (2″12″ || OX). Shunday qilib, hosil bo’lgan 1″2″3'″ uchburchak kesim shaklining frontal proyeksiyasidir.
Kesim shaklining haqiqiy ko’rinishini yasash uchun P tekislik undagi 1, 2, 3 nuqtalar bilan birga V tekislikka jipslashtirilgan, 1″0, 2″0, 3″0 uchburchak kesim shaklining haqiqiy ko’rinishidir.
Piramidaning yoyilmasini yasash uchun SA = B″1S″ radius bilan yoy chizamiz, chunki B″1S″ kesma piramida yon qirralarining uzunligiga teng. Bu yoyga AB=BC=CA=A″B″ kesmalarni qo’yib, A, B, C, A nuqtalarni topamiz va ularni o’zaro hamda S nuqta bilan tutashtirib, piramida yoqlarining yoyilmasini yasaymiz. Keyin yoyilmadagi B nuqtadan BA radius bilan va S nuqtadan SA radius bilan bir-birini kesuvchi yoylar chizib, piramidaning asosi — ABC uchburchakni yasaymiz.
Yoyilmada kesim chizig’ini ko’rsatish uchun unga A1=A′1′, B1=B′1′, B2 = B′12′1 va B3 = B′3′ kesmalarni qo’yib, hosil bo’lgan 1, 2, 3 nuqtalarni o’zaro tutashtiramiz. Yoyilmadagi 12, 23, 31 kesmalar 1″02″0, 2″03″0, 3″01″0 kesmalarga teng bo’ladi.

Download 12,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish