11-Laboratoriya ishi.
FTP xizmatini sozlash va uning ishlash prinsipini o’rganish
Ishdan maqsad
: FTP xizmatini sozlash va uning ishlash prinsipini o’rganish.
Topshiriq:
Ushbu laboratoriya ishini bajarish natijasida
siz quyidagi vazifalarni
bajarishingiz kerak:
- 11.2-rasmda ko’rsatilganidek qurilmalarni interfeyslarini sozlang;
- FTP xizmatini yoqing;
- FTP server sozlamalarini sozlang;
- FTP serveridan fayl ko’chirishni (uzatish) amalga oshiring va tahlil qiling.
Nazariy qism
Fayl uzatish protokoli (FTP) bu faylni bir hostdan boshqasiga nusxalash
(ko’chirish) uchun TCP/IP tomonidan ta’minlanadigan
standart mexanizm
hisoblanadi. Fayllarni bir tizimdan boshqasiga ko’chirib o’tkazish oddiy va sodda
ko‘rinadigan bo‘lsada, birinchi navbatda ba’zi muammolarni hal qilish kerak.
Masalan, ikkita tizim turli xil fayl nomlari tizimidan foydalanishi mumkin. Ikki
tizimda matn va ma’lumotlarni taqdim etishning turli xil usullari bo‘lishi mumkin.
Ikki tizim turli xil katalog tuzilmalariga ega bo‘lishi mumkin.
Ushbu
muammolarning barchasi FTP tomonidan juda sodda va ishonchli yechim bilan hal
qilindi. FTP mijoz-server arxitekturasida qurilgan va mijoz va server o'rtasida
buyruqlar va ma'lumotlarni uzatish uchun turli tarmoq ulanishlaridan foydalanadi.
Bir ulanish ma’lumot uzatish jarayoni uchun ishlatiladi,
ikkinchisi boshqaruv
ma’lumotlari uchun (buyruqlar va javoblar). Buyruqlarni ajratish va ma’lumotlarni
uzatish FTP ni yanada samaraliroq qiladi.
FTP TCP xizmatlaridan foydalanadi. FTP ikkita belgilangan TCP portlaridan
foydalanadi: 21-port bu boshqaruv jarayoni uchun va 20-port ma’lumot uzatish
jarayoni uchun ishlatiladi. Unga ikkita TCP ulanishi kerak.
11.1-rasmda FTP ning asosiy modeli ko‘rsatilgan.
FTP mijoz uchta kompo-
nentdan iborat: foydalanuvchi interfeysi, boshqaruv jarayoni va ma’lumotlarni
uzatish jarayoni. FTP server ikkita komponentdan iborat:
boshqaruv jarayoni va
ma’lumotlarni uzatish jarayoni. Boshqarish aloqalari boshqaruv jarayonlari o‘rtasida
amalga oshiriladi. Ma’lumot uzatish aloqalari ma’lumotlar uzatish jarayonlari
o‘rtasida amalga oshiriladi.
Boshqarish aloqasi butun interfaol FTP seansi davomida ulanishda qoladi.
Ma’lumotlar ulanishi ochiladi va keyin har bir uzatilgan fayl uchun yopiladi. Har
safar fayllarni uzatishni o‘z ichiga olgan buyruqlar ishlatilganda
ochiladi va fayl
uzatilganda yopiladi. Boshqacha qilib aytganda,
foydalanuvchi FTP seansini
boshlaganda, boshqaruv ulanishi (jarayoni) ochiladi. Boshqarish aloqasi ochiq
bo‘lsa ham, agar bir necha fayllar uzatilsa ma’lumotlar
ulanishi bir necha marta
ochilishi va yopilishi mumkin.
11.1- rasm. FTP protokoli ishlashi
Kompaniya tarmog'i ma'muri sifatida sizga tarmog'ingizda FTP xizmatini
joriy qilish vazifasi qo’yildi. FTP serveri sifatida belgilangan marshrutizatorda FTP
xizmatini amalga oshirishingiz kerak. Marshrutizator mijozlarga
FTP ilovasi bilan
TCP seansini muvaffaqiyatli o'rnatish va fayllarni ko’chirish imkonini berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: