6- BOB. GSM STANDARTIDAGI MOBIL ILOVALAR
Mobil ilovalarning tavsifi
Zamonaviy texnologiyalar dunyosi so‘nggi yillarda yetarlicha tez rivojlanmoqda. Uy kompyuter yoki noutbuk unchalik qulay predmetlar emas, chunki ularni ko‘chirish sermashaqqat jarayon. Insonlarga hayotni yengillshtirish uchun “aqlli” telefonlar - smartfonlar, shuningdek ko‘plab boshqa mobil qurilmalar yaratildi.
Bugungi kunga kelib, har bir inson oddiy kompyuterdan tashqari, smartfon, planshet, mp3-pleer va boshqalar kabi turli gadjetlarga ega. Endi har birimiz dunyoning istalgan nuqtasida insonlar bilan mulaqot qilish, pochtani tekshirish, o‘yinlarni o‘ynash va boshqa imkoniyatlarga egamiz.
Zamonaviy dunyoda bitta ham ilova bo‘lmagan mobil qurilmani tasavvur qilish qiyin. Ular planshetlar va smartfonlar bilan birga deyarli bir vaqtda hayotimizga mustahkam kirib bordi. Shuning uchun bu yo‘nalish bunday keskin rivojlanmoqda va bozorni qamrab olmoqda. Yanada ko‘plab tadbirkorlar mobil ilovalarni ishlab chiqish zaruratini tushunib yetishmoqda.
Mobil ilova planshetlar va smartfonlar uchun ishlab chiqilgan dastur bo‘lib, u yoki bu platformaga o‘rnatiladi va ma'lum funksionalga ega bo‘ladi. Oddiyroq aytganda, ma'lum amallarni bajaradi va berilgan masalalar doirasini yechadi.
Yaqin vaqtlarda mobil ilovalar faqat o‘yinlar bo‘lgan. Lekin juda orada tadbirkorlar tushunib yetishdiki, ilovalar biznesni yuritishga ko‘maklashishi, shuningdek kuchli marketing quroli bo‘lishi mumkin, uning yordamida o‘z brendini mashhurligi va ishonchliligini oshirish, reklama kampaniyalarini o‘tkazish, mijozlar bilan teskari aloqani soddalashtirish mumkin.
Mobil ilovalarning afzalliklari
Dastlab mobil ilovalar elektron pochtaga tezkor ulansh uchun mo‘ljallangan. Bunday ilova yuqori talabga ega bo‘lgan, shuning uchun bu soha keskin rivojlana boshladi. Bunday kengayishga ha sotali aloqa, ham simsiz texnologiyalarning keskin rivojlanishi ko‘maklashdi. Hozirgi vaqtga kelib, yanada ko‘plab insonlar Internetga mobil qurilmalardan kirishmoqda, bu mobi ilova bo‘lganda kerakl ma'lumotlarga tezkor ulanishga imkon beradi.
Mobil ilovalar quyidagi afzalliklarga ega:
elektron pochta servisiga qulay ulanish;
istalgan ijtimoiy tarmoqqa kirish imkoniyati;
turli o‘yinlammg bo‘lishi;
hayot uchun foydali dasturlar.
Mobil ilovaga ega bo‘lish bilan pochtani tez va oson tekshirish, cheklanmagan xabarlar sonini uning sig‘imiga bog‘liq bo‘lmagan holda jo‘natish mumkin. Har birimiz ko‘p sonli ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tganmiz, bunday holda mobil ilova ularga smartfonda va boshqa mobil qurilmada ulnishni sezilarli yengillashtiradi [20,21].
Ilovalar dunyosidagi o‘yinlarning katta assortimenti insonlarda yo‘lda, ishda va uyda ko‘ngil ochishga imkon beradi. ajoyib o‘yinlardan tashqari, kitoblarni o‘qish, turli xil reseptlar, mashg‘ulotlar dasturlari, ozish kundaliklari va boshqalar uchun dasturlar kabi foydali ilovalar mavjud.
Bundan tashqari, mobil ilovalar bu istalgan biznes uchun juda marketing vositasi hisoblanadi. Bunday ilova ma'lum inson uchun zarur ma'lumotlarni tezkor tarqatishga, mijozlar bilan samarali o‘zaro ta'sirlashishga, kompaniyaning obro‘sini mustahkamlashga, biznes-jarayonlarni optimallashga, shuningdek ilovalarning sotilishidan foyda olishga yordam beradi.
Mobil ilovalar quyidagi uchta asosiy turlarga bo‘linadi [20]:
Veb-ilova yoki mobil sayt;
Gibrid ilovalar;
Nativ ilovalar.
Veb-ilova yoki mobil sayt kengaytirilgan funksionalli oddiy sayt hisoblanadi. Uning asosiy o‘ziga xos xususiyati ilovaning ishlashi internet- bog‘lanishga butunlay bog‘liqligi va brauzer yordamida amalga oshirilishi hisoblanadi. Yomon internet-bog‘lanishda aloqani sifati yaxshi bo‘lmaydi.
Mobil qurilmada ko‘rish va ishlash uchun moslashtirilgan maxsus sayt mobil sayt deyiladi. Mobil ilova esa, o‘z navbatida, anq bir moil platformaga (iOS, Android, Windows Phone) maxsus ishlab chiqilgan ilova hisoblanadi.
Mobil sayt va mobil ilovalarning nisbiy xarakteristikasi 6.1- jadvalda keltirilgan.
6.1- jadval
Mobil sayt va mobil ilovalarning nisbiy xarakteristikasi
Moslashuvchanlik
|
Mobil sayt
|
Mobil ilova
|
Ommani qamrab olishi
|
Telefon modeliga bog‘liq bo‘lmagan holda istalgan platformadagi brauzerda bir xil aks ettiriladi
|
Turli platformalar uchun bir necha ilovalarni ishlab chiqish talab qilinadi
|
Bozorga chiqishda harajatlar
|
Internetga chiqishga ega bo‘lgan istalgan mobil qurilma
|
Faqat smartfonlar va planshetlar
|
Ochiqligi
|
Xostingga saytni joylashtirishga harajatlar
|
AppStore, Android Market lisenziyalarini ishlab chiquvchilarga to‘lov
|
Foydalanishda oddiyligi
|
Barcha foydalanuvchilar uchun mumkin
|
O‘rnatilgandan keyin mumkin
|
Funksionalning mumkinligi
|
Qo‘shimcha amallarni talab qilmaydi
|
Ko‘chirib olish va yuklab olish zarur
|
Internetsiz foydalanish
|
Cheklangan
|
Deyarli to‘liq
|
Qo‘llanishi
|
Barcha qurilmalarda emas
|
Barcha qurilmalarda
|
Grfikani qo‘llashi
|
O‘zgartirish va muammolarni tuzatish oson
|
Yangilashdan keyin mumkin
|
Foydalanuvchi bilan o‘zaro ta'sirlashish
|
Yuklashda “og‘ir tasvirlar” bilan muammolar vujudga keladi
|
Ta'minlaydi
|
Muntazam foydalanishdagi qulaylik
|
O‘rtacha daraja
|
Yuqori daraja
|
Personallash
|
O‘rtacha daraja
|
Yuqori daraja
|
|
Foydalanuvchilarga qaraganda ko‘proq servisga mo‘ljallangan
|
Ilova mobil saytga qaraganda individual foydalanuvchiga ko‘proq mo‘ljallangan
|
Gibrid ilovalar
Gibrid ilovalar mazmunan veb-ilovalar va nativ ilovalar orasidagi o‘rta hisoblanadi. Bunday ilovalar rasmiy do‘konlardan ko‘chirib olinadi va mobil qurilmalaming apparatlar qismiga cheklangan ulanishga ega bo‘ladi. Masalan, push-bildirishlami sozlash mumkin. Lekin kontent kross platformali va serverda joylashgan bo‘lib qoladi.
Narxi bo‘yicha arzon va qimmat gibrid ilovalar mavjud. Baho qanchalik bunday ilova nativ ilovaga yaqinlashtirilganligiga bog‘iq.
Gibrid ilovalarning asosiy kamchiliklari quyidagilar hisoblanadi:
mobil platformaga bog‘liq ravishda o‘zgartirilmaydigan tashqi qo‘rinish;
ma'lumotlarni saqlash hajmining cheklanganligi, ilovaning qo‘shimcha ma'lumotlarini internetdan ko‘chirib olish zarur bo‘ladi;
ekranlarning turli o‘lchamlariga murakkab optimallash jarayoni;
ayrim kopmonentlarni har bir marta noldan ishlab chiqish (qo‘shimcha satrlar, chiqadigan menyu va h.k.).
Nativ ilovalar
Nativ ilovalar eng sermashaqqat, lekn ulardan ko‘pchiligi har bir mobil operasion tizim uchun to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqish har bir platforma (Windows Phone, IOS, Android) uchun alohida amalga oshiriladi. Bu yetarlicha murakkab va muddatlar boshqa ilovalar turlariga qaraganda cho‘ziladi. Mos ravishda narx eng qimmat bo‘ladi. Bu nativ ilovalarning asosiy ikkita kamchiliklari hisoblanadi. ularning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
ilova internet-bog‘lanishga bog‘liq bo‘lmagan holda istalgan jaydo ishlaydi;
tezkor ishlash tezligi va to‘g‘riligi;
mobil qurilmaning apparatlar qisiga ulanish (kamera, geolokatsiya, mikrofon, manzillar kitobi vah.k.);
mobil qurilmaning batareyasi va xoirasini tejash.
Ko‘rib chiqilgan mobil ilovalar turini tanlash iste'molchi qanday natijalarini mo‘ljallashi, ilova qaysi hududlarni ishlatishi kerakligi va mtemet-bog‘lanishnmg qanday sifatiga bog‘liq.
Loyihalarni texnik amalga oshirishda ilovalar turlarini tanlash
Loyihalarni texnik amalga oshirishda ilovalar turlarini tanlash quyidagi asosiy parametrlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |