O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARIUNIVERSITETI
Ibraimov R.R., Madaminov H.X., Khatamov A.P., Khotamov A.
GSM VA MOBIL TARMOQLARNI BOShQARISh
darsligi 5A350901 -Mobil aloqa tizimlari mutaxassisligi uchun mo‘ljallangan
Tashkent 2020
y^K: 621. 396. 218: 004.738. 5 (075)
C 748
Tuzuvchilar: Ibraimov R.R., Madaminov H.X., Khatamov A.P., Khotamov A.
—GSM va mobillikni boshqarish”. Darslik, - T.: / TATU. Tashkent 2020.
GSM aloqa tarmog'i arxitekturasi va qurilish tamoyillari ko'rib chiqilgan. GSM standartida asosiy tushunchalar, atamalar, aloqa tarmog'ining parametrlari, mobillikni boshqarish jarayonlari, tarmoqni loyihalashtirish tizimining vazifalari, identifikatorlar, qo'ng'iroqlar bilan ishlash ssenariylari, xavfsizlik jihatlari, tarmoq protokoli, chastotani loyihalashtirish va kadrlar tuzilishi berilgan. Shuningdek, nutqni qayta ishlash usuli va radiosignallarini uzatishdagi muammolari muhokama qilinadi. Mobil ilovalarning turlarini tanlash va ulardan GSM standartida foydalanish qayd etilgan.
Darslik 5A350901 - Mobil aloqa tizimlari mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan magistrlar uchun mo'ljallangan, shuningdek simsiz aloqa tizimlariga ixtisoslashgan muhandis va texnik xodimlar uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
PaccMampuBaroTca ochobm nocrpoeHua u apxumeKiypa cemu cbm3u cmaHgapma GSM. npuBogamca ochobhm^ noHOTua, TepMUHM, napaMempM cemu cbs3u. npo^egypM ynpaBneHua moohjbhoctbto. 3aganu cuctcmm cemeBoro nnaHupoBaHua, ugeHTu^uKamopM, BapuaHTM c^eHapueB o6c.Ty>ibm3Obob. acneKTM 6e3onacHOCTu. npoTOKO^M cemu, nacTOTHMH nnaH u cmpyKTypa KagpoB b CTaHgapme GSM. Tax^e paccMampuBaroTca MemogM o6pa6oTKH penu u npo6neMM, BO3HUKaromue npu nepegane paguocurHanoB. OmMeneHM bm6opm BugoB Mo6untHMx npH.TO>ib cmaHgapme GSM.
yne^HUK npegHa3HaneH gna MarucmpaHTOB. o6yuaromuxca no cne^uantHOcmu 5A350901 -Mo6untHMe cucmeMM CBM3U, a Tai<>ioh MO>i6mtb none3eH gna HH>iLiecib o6nacmu 6ecnpoBogHMx cucmeM cbm3u.
The fundamentals of construction and architecture of a GSM standard communication network are considered. The basic concepts, terms, parameters of the communication network, mobility management procedures, tasks of the network planning system, identifiers, scenarios of call servicing, security aspects, network protocols, frequency plan and frame structure in the GSM standard are given. It also discusses speech processing techniques and problems encountered in transmitting radio signals. Elections of types of mobile applications and their application in the GSM standard are noted.
The textbook is intended for undergraduates studying in the specialty 5A350901 - Mobile communication systems, and it can also be useful for engineering and technical workers specializing in the field of wireless communication systems.
Taqrizchilar:
I.Karimov nomidagi ToshDTU
A.M.Nazarov
—RQT” kafedra professori t.f.d.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
—Mobil aloqa texnologiyalari” kafedra dotsenti, t.f.n. A.X.Adukadirov
Mas‘ul muharrir:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
—Mobil aloqa texnologiyalari” kafedra mudiri, t.f.n.dotsent Sh.U.Pulatov
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalariuniversiteti, 2020
Kirish
Zamonaviy dunyoning o‘ziga xos xususiyati harakatdagi aloqadan keng foydalanish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ko‘plab davlatlarda harakatdagi aloqa abonentlari stasionar tarmoq abonentlari sonidan ortib ketgan. Ko‘plab abonentlar stasionar tarmoqning ishonchlilik va xizmatlar sifati bo‘yicha, asosan keng polosali tarmoq va multimedia imkoniyatlari bo‘yicha ayrim afzalliklariga qaramasdan, stasionar aloqadan voz kechishmoqda.
Sotali aloqaning ishonchliligi va uning sifati hozirgi vaqtda joy, ob-havo va radioelektromagnit sharoitlarga bog‘liq, shuning uchun abonent har doim ham istalgan joyda va istalgan vaqtda aloqa taqdim etilishiga amin bo‘la olmasligi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 18 aprelidagi PQ- 3673-sonli —Innovasion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, 2017 yilning 7 fevralidagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yilning 7 martidagi 185-sonli “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda sohaga doir boshqa me'yoriy- huquqiy hujjatlarda ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarishga ushbu darslik muayyan darajada xizmat qiladi.
Evropa va MDH davlatlarida eng keng tarqalgan tizim hozirgi vaqtda GSM mobil aloqa standarti hisoblanadi. AQShda bu tizimning modifikatsiyasi mavjud. Uning tarafdorlari nutqning yaxshi sifati, qisqa xabarlar (SMS) xizmatlarining mavjudligi, murakkab iqlim sharoitlarida, ko‘p nurli tarqalish va minimal signal- halaqitlar nisbatlari sharoitlarida ishlashini ta'kidlashmoqda.
GSM tarmoqlarining asosiy funksiyalaridan biri mobillikni boshqarish hisoblanadi, uning vazifasiga abonentlarga qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish uchun ularning joylashish o‘mini nazorat qilish funksiyasi kiradi. Bu funksiyasiz jahonning istalgan mamlakatidagi GSM standarti asosida qurilgan tarmoqlarning abonentlari mos xizmat ko‘rsatish zonalarida xizmatlarni olish uchun o‘z telefon apparatlaridan foydalana olmaydi. Bunday xizmatlarga ma'lumotlarni yuqori tezlikda uzatish, qisqa xabarlarni (SMS) uzatish, Intellektual tarmoq (IN) xizmatlari, masalan, mobil virtual korporativ tarmoq (MVPN) xizmati kiradi.
GSM texnik spesifikatsiyasi boshqa standartlar bilan o‘zaro ta'sirlashish imkoniyatlarini hisobga olgan xolda ishlab chiqilgan, ya'ni u boshqa standartlar mobil aloqa tarmoqlari bilan interfeyslarning bo‘lishini kafolatlaydi. Shuningdek, ta'kidlash kerakki, GSM standartining asosiy jihati spesifikatsiyalar modifikatsiyalanishi mumkinligi, ular “ochiqligi” hisoblanadi, ya'ni rivojlantirish ma'nosida tugallangan hisoblanmaydi va bo‘lajak ehtiyojlarni qondirish uchun to‘ldirilishi mumkin.
GSM standartiga turli-tuman ilovalar ishlab chiqilgan. Ma'lumki, uylar, dala hovlilari, xonadanlar va avtomobillar turar-joylarini qo‘riqlash yetarlicha murakkab masala hisoblanadi, uni samarali yechish uchun turli himoyalash tizimlarining qo‘llanishiga ehtiyoj vujudga keladi.
Keng funksional imkoniyatlar va yuqori xavfsizlik darajasi bilan ajralib turadigan eng samarali qo‘riqlash majmui (kompleksi) GSM signalizatsiya hisoblanadi. Bu yerda yana xavf haqidagi signallarni uzatish uchun g‘arazgo‘ylar tomonidan oson shikastlantirilishi mumkin bo‘lgan simli magistrallar emas, balki sotali aloqaning yuqori chastotali kanallari ishlatilishi muhim hisoblanadi.
GSM diapazonida ishlaydigan telefondan signalni qabul qilish va ulangan apparaturalarni yoqish/uzishni amalga oshirish bilan istalgan avtomatikani masofadan boshqarishga imkon beradigan katta turli-tuman GSM-modullar mavjud. Ular ochiladigan va ko‘tariladigan darvozalar, parkinglar, avtomobillar turar-joylari, dala hovlilari, xususiy uylarda shlagbaumni ochish, muhandislik sug‘orish tizimlari, yoritish, isitish tizimlari, serverlar va routerlarning o‘ta yuklanishini olisdan boshqarish uchun qo‘llanadi. Ob‘ektga guruhli kirishni boshqarish va ko‘plab boshqa maqsadlar uchun ishonchli va arzon kontroller sifatida GSM-modullar eng keng qo‘llanadi.
5A350901 -Mobil aloqa tizimlari mutaxassisligi uchun mo‘ljallangan darslikning maqsadi GSM standarti mobil aloqa tizimlarini tashkil etishning umumiy va ishlash tamoyillari, shuningdek mobillikni boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |