Joylashish o„rni tashrif registri ( VLR- Visit Location Register) Zonadan zonaga harakatdagi stansiyaning harakatlanishini nazorat qilishni ta'minlaydigan ikkinchi asosiy qurilma VLR joylashish o‘rni tashrif registri hisoblanadi. Uning yordamida HLR nazorat qiladigan zonadan tashqarida harakatdagi stansiyaning ishlashiga erishiladi. Harakatlanishi jarayonida harakatdagi stansiya bazaviy stansiyalar guruhini birlashtiradigan BSC bazaviy stansiya bitta kontrollerining ishlash zonasidan boshqa BSCning ishlash zonasiga o‘tganida yangi BSCda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va VLRga harakatdagi stansiyaning chaqiruvlarini yetkazilishini ta'minlaydigan aloqa sohasiga nomer haqidagi ma'lumotlar kiritiladi. Uzilishlar hollarida HLR va VLRda bo‘lgan ma'lumotlarning saqlanishi uchun bu registrlarning xotira qurilmalarini himoyalash ko‘zda tutilgan. VLR va HLRdagi kabi ma'lumotlarga ega, lekin bu ma'lumotlar VLRda faqat abonent VLR nazorat qiladigan zonada joylashganda bo‘ladi. GSM harakatdagi aloqa tarmog‘ida sotalar geografik zonalarga (LA - Location Area) guruhlashtiriladi, ularga o‘z identifikasion nomeri (LAC - Location Area Code) beriladi. Har bir VLR bir necha LAlarda abonentlar haqidagi ma'lumotlarga ega bo‘ladi. Harakatdagi abonent bitta LAdan boshqasiga harakatlanganda uning joylashish o‘rni haqidagi ma'lumotlar VLRda avtomatik tarzda yangilanadi. Agar eski va yangi LAlar turli VLRlar boshqaruvida bo‘lsa, u holda eski VLRdagi yozuvlar yangi VLRga ko‘chirilgandan keyin o‘chiriladi. HLRda bo‘lgan abonentning joriy VLR manzili ham yangilanadi. VLR yana mobil stansiya roumingi xizmatlari uchun nomerni (MSRN - Mobile Station Roaming Number) tayinlashni ta'minlaydi. Harakatdagi stansiya kirish chaqiruvini qabul qilganda, VLR uning nomerini tanlaydi va uni MSRNga uzatadi, MSRN bu chaqiruvni harakatdagi abonent bilan yaqinda bo‘lgan bazaviy stansiyalarga marshrutlashtirishni amalga oshiradi. Harakatlanish vaqtida harakatdagi stansiya bitta MSC/VLR xizmat ko‘rsatadigan zonani tark etishi mumkin va boshqa MSC/VLR xizmat ko‘rsatadigan zonaga o‘tishi mumkin. Bu holda MSC/VLR bitta MSC/VLRdan boshqasiga boshqarishni uzatishda qatnashadi. U yana stansiyaning yangi TMSI (Temporary Mobile Subscriber Identity) vaqtinchalik mobil tanish kodini tayinlaydi va uning HLRga uzatadi. Yangi MSC/VLR abonent va unig qurilmasining haqiqiyligini o‘rnatish protsedurasini o‘tkazadi. Harakatdagi abonent joylashish o‘rnini o‘zgariradigan holdan tashqari, vaqtinchalik nomer operatorning qaroriga muvofiq so‘zlashuv ishtirokchilarini nomerlarini g‘arazli qo‘lga kiritishdan himoyalash maqsadida davriy o‘zgartirilishi mumkin. Bu holda o‘zgartirish protsedurasi ham VLRdan foydalanish bilan amalga oshiriladi, VLRga ulanish uchun IMSI, TMSI va MSRN identifikasion nomerlar ishlatilishi mumkin. Umuman olganda, VLRni harakatdagi abonent haqida ma'lumotlarga ega bo‘lgan bu zonadagi lokal ma'lumotlar ombori hisoblash mumkin. VLRning qo‘llanishi HLRga so‘rovlar sonini qisqartirishga imkon beradi va bu tarmoq trafigini kamaytiradi va xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartiradi. GSM tarmog„ining ichki interfeyslari
MSC va BSS orasidagi interfeys (A - interfeys) BSSni boshqarish, chaqiruvni uzatish, harakatlanishni boshqarish uchun xabarlarni uzatilishini ta‘minlaydi. A - interfeys aloqa kanallari va signalizatsiya liniyalarini birlashtiradi. Signalizatsiya liniyalari MKKTTSS N7 protokolini ishlatadi. A - interfeysning to‘liq spesifikatsiyasi ETSI/GSM 08 turkumdagi talablarga mos keladi.
MSC va HLR orasidagi interfeys VLR bilan birlashtirilgan (V - interfeys). MSCga harakatdagi stansiyaning joylashish o‘rnini aniqlash zarur bo‘lsa, unga murojaat qiladi. Agar harakatdagi stansiya MSC bilan joylashish o‘rnini aniqlash protsedurasini uyushtirsa, u o‘z VLRni xabardor qiladi, VLR barcha o‘zgargan ma‘lumotlarni o‘z registrlariga kiritadi. Bu protsedura har doim MS bitta joylashish o‘mini aniqlash sohasidan boshqasiga o‘tganda bo‘lib o‘tadi. Agar abonent maxsus qo‘shimcha xizmatlarni so‘rasa yoki o‘zining ayrim ma‘lumotlarini o‘zgartirsa, MSC yana VLRni xabardor qiladi, u o‘zgarishlarni qayd etadi va zarurat bo‘lganda ular haqida HLRga xabar qiladi.
MSC va HLR orasidagi interfeys (S - interfeys) MSC va HLR orasidagi o‘zaro ta‘sirlashishni ta‘minlash uchun ishlatiladi. MSC abonent so‘zlashuvga to‘lay olishi uchun aloqa seansining oxirida HLRga ko‘rsatmani (xabarni) jo‘natishi mumkin. Qayd etilgan telefon aloqasi tarmog‘i harakatdagi abonentni chaqiruvni o‘rnatish protsedurasini bajara olmasa, MSC MSni chaqiruvni jo‘natish uchun abonentning joylashish o‘rnini aniqlash maqsadida HLRga so‘rov jo‘natishi mumkin.
HLR va VLR orasidagi interfeys (D - interfeys) harakatdagi stansiyaning holati haqidagi ma‘lumotlarni almashlashni kengaytirish, aloqa jarayonini boshqarish uchun ishlatiladi. Harakatdagi abonentga taqdim etiladigan asosiy xizmatlar joylashish o‘rniga bog‘liq bo‘lmagan holda xabarlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatidan iborat. Buning uchun HLR o‘z ma‘lumotlarini to‘ldirishi kerak. VLR MSni boshqarish va rouming vaqtida unga nomerni tayinlash bilan uning holati haqida HLRga xabar beradi, harakatdagi stansiyaga xizmat ko‘rsatilishini ta‘minlash uchun barcha zarur ma‘lumotlarni jo‘natadi.
MSClar orasidagi interfeys (Ye - interfeys) HANDOVER - abonent aloqa uzilmasdan aloqa seansi jarayonida zonadan zonaga uni “o‘tkazish” protsedurasini amalga oshirishda turli MSClar orasidagi o‘zaro ta‘sirlashishi ta‘minlaydi.
BSC va BTS orasidagi interfeys (A - bis interfeys) BSCni BTS biln aloqasi uchun izmat qiladi va qurilmalarni bog‘lanishlarni o‘rnatish va boshqarish jarayonlari uchun ETSI/GSM Tavsiflari orqali aniqlangan, uzatish raqamli oqimlarda 2,048 Mbit/s tezlikda amalga oshiriladi. 64 kbit/si fizik interfeys
ishlatilishi mumkin.
BSC va OMS orasidagi interfeys (O - interfeys) BSCni OMS bilan aloqasi uchun mo‘ljallangan, MKKTT X.25 paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda ishlatiladi.
Bazaviy stansiya kontrollerining ichki BSC-interfeysi BSSning turli qurilmalari va transkodlash (TSE) qurilalari orasidagi aloqani ta‘minlaydi, 2,048 Mbit/s IKM-uzatish standartini ishlatadi va 16 kbit/s tezlikli to‘rtta kanallarni yoki 64 kbit/s tezlikli bitta kanalni tashkil etishga imkon beradi.
MS va BTS orasidagi interfeys (Um - radiointerfeys) ETSI/GSM tavsiyalarining 04- va 05- turkumlarida aniqlangan.
OMS va tarmoq elementlari orasidagi boshqarish interfeysi deyiladigan OMS va tarmoq orasidagi tarmoq interfeysi, ETSI/GSM 12.01 Tavsiyalari orqali aniqlangan va OSI ISO ochiq tarmoqlarining ko‘p darajali modelida aniqlangan Q.3 interfeysning analogi hisoblanadi.
Tarmoqning OMS bilan ulanishi SS N7MKKTT signalizatsiya tizimi yoki X.25 tarmoq protokoli orqali ta‘minlanishi mumkin. X.25 tarmoq ochiq yoki yopiq rejimlarda birlashtirilgan tarmoqlar bilan yoki PSDN bilan ulanishi mumkin.
Tarmoqni va xizmat ko‘rsatishni boshqarish GSM - protokoliham ETSI/GSM 12.01 Tavsiyalari orqali aniqlangan Q.3 interfeysning talablarini qoniqtirishi kerak.
GSM tarmog„i va tashki qurilmalar orasidagi interfeyslar
MSC va servis - markaz (SC) orasidagi interfeys qisqa xabarlar xizmatinig ishlatilishi uchun zarur. U ETSI/GSM 03.40 tavsiyalari orqali aniqlangan.
Boshqa OMSlar bilan interfeys. Har bir tarmoq va xizmat ko‘rsatishni boshqarish markazi boshqa hududlardagi tarmoqlar yoki boshqa tarmoqlarni boshqaradigan boshqa OMSlar bilan bog‘lanishi kerak. Bu bog‘lanishlar MKKTT M.3O tavsiyalariga muvofiq X - interfeyslar orqali ta‘minlanadi. OMSning yuqori darajalar tarmoqlari bilan o‘zaro ta‘sirlashishi uchun O.3 - interfeys ishlatiladi.