Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalariuniversiteti



Download 1,54 Mb.
bet12/62
Sana17.12.2022
Hajmi1,54 Mb.
#889403
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62
Bog'liq
GSM VA MOBIL TARMOQLARNI BOShQARISh распознан

EDGE modulyatsion sxemasi
GSM standartida signalni fazaviy modulyatsiyalashning bir turi bo‘lgan GMSK (Gaussian minimum shift keying, Gauss minimumini surish bo‘yicha kodlash) modulyatsion sxemasi qo‘llanadi. GMSK sxemasining ishlash tamoyilini tushuntirish uchun 1.5- rasmdagi fazaviy diagrammani ko‘rib chiqamiz, unda kompleks signalning haqiqiy (I) va mavhum (Q) qismlari tasvirlangan. Uzatiladiga mantiqiy «0» va «1» qiymatlar fazasi bir-birlaridannfazaga farqlanadi. Vaqt birligi ichida uzatiladigan har bir simvol bir bitga mos keladi.
EDGE texnologiyasida GSM/GPRSdagi kabi o‘sha chastotalar kanallari tuzilmalari, kodlash va polosalar kengligi spesifikatsiyalaridan foydalanish bilan 8PSK (8-phase shift keying, fazaning surilishi, rasmdan ko‘rinib turibdiki, n/4ga teng) modulyatsion sxema qo‘llanadi. Mos ravishda qo‘shni chastotalar kanallari GSM/GPRSdagi kabi o‘zaro halaqitlarni hosil qiladi.

1.5-rasm. GPRS va EDGE turli modulyatsion sxemalari

Endi bitta bit emas, balki uchta bit kodlanaigan simvollar (000, 001, 010, 011, 100, 101, 110 va 111 kombinatsiyalarga mos keladigan simvollar) orasidagi fazaning kichik siljishi detektorlash masalasini, ayniqsa, signal sathi past bo‘lsa, qiyinlashtiradi. Binobarin, yaxshi signal sathlari sharoitlarida har bir simvolni ajratib olish katta qiyinchilk tug‘dirmaydi.
Kodlash
GPRS tizimida turli xil to‘rtta - CS1, CS2, CS3 va CS4 kodlash sxemalari qo‘llanishi mumkin, ulardan har birida o‘z xatoliklarni tuzatish algoritmini ishlatadi. EGPRS uchun to‘qqizta MCS1 ... MCS9 kodlash sxemalari ishlab chiqilgan, mos ravishda, ularning vazifasi ham xatoliklarni tuzatishdan iborat. Binobarin, “kichik” MSC1 ... MSC4 kodlash sxemalarida GMSK modulyatsion sxema, —katta” MSC5 ... MSC9 kodlash sxemalarida 8PSK modulyatsion sxema ishlatiladi.
EGPRS kodli sxemalarining xarakteristikalari 1.2- jadvalda keltirilgan, 1.6- rasmda esa ma‘lumotlarni uzatish tezligini turli kodlash sxemalari bilan birga turli modulyatsion sxemalarga bog‘liqligi tasvirlangan (ma‘lumotlarni uzatish tezligi xatoliklarni tuzatish algoritmlarining ishlashi uchun ortiqcha ma‘lumotlar har bir kodlanadigan paketga qanchalik qo‘yilishiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi).
1.2- jadval
EGPRS kodlash sxemalariningxarakteristikalari

Codingandmodulation kodlash sxemasi (MCS)

Tezlik (kbit/s/slot)

Modulyatsiya

MCS-1

8.8

GMSK

MCS-2

11.2

GMSK

MCS-3

14.8

GMSK

MCS-4

17.6

GMSK

MCS-5

22.4

8-PSK

MCS-6

29.6

8-PSK

MCS-7

44.8

8-PSK

MCS-8

54.4

8-PSK

MCS-9

59.2

8-PSK



1.6- rasm. GPRS va EDGE texnologiyalaridagi turli kodlash sxemalari

Fahmlash qiyin emaski, qabul qilish sharoitlari (signal/shovqin nisbati) qanchalik yomon bo‘lsa, har bir paketga shunchalik ko‘p ma'lumotlarni qo‘yishga to‘g‘ri keladi, demak, ma'lumotlarni uzatish tezligi shunchalik past bo‘ladi. CS1 va MCS1, CS2 va MCS2 va h.k. orasida kuzatiladigan ma‘lumotlarni uzatish tezliklaridagi eng katta farq paketlar sarlavhalari qiymatlaridagi farqqa bog‘liq.


Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish