Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalariuniversiteti


- BOB. ALOQA TARMOQLARINI BOShQARISh



Download 1,54 Mb.
bet47/62
Sana17.12.2022
Hajmi1,54 Mb.
#889403
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62
Bog'liq
GSM VA MOBIL TARMOQLARNI BOShQARISh распознан

5- BOB. ALOQA TARMOQLARINI BOShQARISh
5.1. Tarmoq boshqarish tizimlarining vazifalari
GSM tizimida aloqa jarayonlarini boshqarish masalalari OMS (Operation and Maintenance Center) boshqarish va xizmat ko‘rsatish markazi orqali yechiladi (5.1- rasm).


5.1- rasm. GSM tizimida aloqa jarayonlarini boshqarish sxemasi
RP - nazorat nuqtalari (interfeyslar);
q - OS, M va NE funksiyalar orasidagi nazorat nuqtalari sinfi;
f - ishchi stansiya (GSM tarmoqlari abonentlari bilan) nazorat nuqtalari sinfi;
d - ishchi stansiyadan foydalanuvchigacha nazorat nuqtalari sinfi (MMI);
x - boshqa tarmoqlar, shu jumladan boshqa TMNlar bilan nazorat nuqtalari sinfi;
t - nostandart ichki nazorat nuqtalari;
t - boshqa tarmoqlar bilan aloqa uchun nazorat nuqtalari;
FB - funksionalbloklar;
WSF - ishchi stansiyanig funksional bloki;
OSF -operasion tizimlar funksional bloki;
MF -oraliq funksional blok;
DCF -ma'lumotlarni uzatishga bog‘liq GSM aloqa tizimining funksiyalari;
QAF - Q-interfeys adapteri funksiyalari;
SEF - abonentni qo‘llab-quvvatlash (ta'minlash) funksiyalari;
MEF - abonentlarga tenik izmat ko‘ratish funksiyalari;
NEF -tarmoq elementlari funksiyalari.
OMSni qurish asosiga tarmoqni boshqarish tamoyillari qo‘yilgan, ularga muvofiq. Tarmoqni boshqarish (GSM NM) tizimi uchun quyidagi loyihalash masalalari aniqlangan [1,6-7]:

  1. GSM NM tizimi umumiy foydalanishdagi mavjud aloqa tizimlari bilan o‘zaro ta'sirlashishni ta'minlashi va ularning tabiiy davomi bo‘lishi kerak.

  2. GSM NM tizimi umumiy foydalanishdagi yer usti tizimlarining (PLMN), shuningdek tarmoqni boshqarish funksiyalari va xizmatlarining istiqbolli rivojlanishini ta'minlash uchun yetarlicha tez moslashuvchan bo‘lishi kerak.

  3. GSM NM tizimi mavjud PLMNlarda ishlatiladigan texnologiyalar uchun qanchalik mumkin bo‘lsa, shunchalik shaffof bo‘lishi kerak.

  4. GSM NM tizimi boshqarish amalga oshiriladigan tarmoqning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lmasdan talab qilinadigan funksiyalarni ta'minlash uchun modulli tuzilmaga ega bo‘lishi kerak.

  5. GSM NM tizimi ishlab chiqaruvchiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak, ya'ni qurilmalarning o‘zaro almashtiruvchanligi ko‘zda tutilishi kerak.

  6. GSM NM tizimining tuzilmasi va funksiyalari operatorlar va ishlab chiqaruvchilarning faoliyati va tanlovini, shuningdek, masalan, xususiy lokal aloqa tarmoqlarini tashkil etish uchun individual foydalanish imkoniyatini cheklamasligi kerak.

  7. GSM NM tizimi rad etishlarga barqaror bo‘lishi kerak, ya'ni na qurilmalarning rad etishi, na inson omili aloqa tizimi yoki aloqa tarmog‘ini yaroqsiz holatga olib kelmasligi kerak.

Sanab o‘tilgan masalalar GSM aloqa tarmoqlari uchun Xalqaro standartlar tashkilotining (ISO) ochiq tizimlar modelini (OSI) qabul qilish yo‘li bilan, turli fizik bajarishlarni hisobga oladigan tarmoqni boshqarish tizimining funksional arxitekturasini tanlash bilan, xabarlarni uzatish standartlari va protokollarini uyg‘unlashtirishni aniq aniqlash bilan yechilgan.
5.2. Tarmoqni boshqarish tizimlarini qurish tamoyillari
GSM standartida elektr aloqani tarmoq boshqarish tizimini (TMN) qurish asosiga CCITT tuzilmalashtirilgan konsepsiya qo‘yilgan [3,6], u yaratiladigan va mavjud boshqarish tarmoqlarini rivojlantirish va integratsiyalash imkoniyatini hisobga oladi. Tanlangan konsepsiyaga muvofiq, GSM NM tizimi turli operasion tizimlar (TMN uchun) va aloqa qurilmalarining (PLMN uchun) standart protokollar va moslashtirish qurilmalariga ega bo‘lgan muvofiqlashtirilgan arxitektura asosida o‘zaro aloqasiga erishish uchun tashkillashtirilgan tarmoq tuzilmasini ta'minlashi kerak.
Konseptual jihatdan TMN PLMN bilan undan ma'lumotlarni olish va uning ishlashini boshqarish maqsadida bir necha turli nuqtlarda ulanadigan alohida tarmoq hisoblanadi. TMNni boshqarishni ta'minlash uchun PLMNning alohida tuzilmaviy qismlaridan (masalan, SS N° 7 signalizatsiya tizimi, ISDN aloqa kanali tuzilmasidagi V-kanaldan) foydalanishi mumkin. Umumiy konsepsiyadan kelib chiqish bilan GSM TMN yuqori tez moslashuvchanlik darajasini ta'minaydi, bu PLMNni qurishning turli texnologik shartlari va turli operatorlarning talablariga javob beradi.
Funksional jihatdan TMN PLMNni boshqarishga taaluqli bo‘lgan ma'lumotlarni tashish va ishlov berish uchun vositalarni ta'minlaydi. 5.1- rasmda tasvirlanganidek. GSM TMN va PLMN uchun umumlashtirilgan funksional arxitektura operasion tizimlarning (OS) funksional bloklari, MF oralik funksional bloklar va DSF ma'lumotlarni uzatish funksional bloklarlarini o‘z ichiga oladi. Ular TMN asosiy funksiyalarini o‘z ichiga oladi, bu unga o‘z amaliy masalalarini yechishga imkon beradi. TMN PLMN (NEF) tarmog‘i elementlarining funksional bloklariga, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi stansiyaning funksional bloklariga (WSF) ulanadi.
Ishchi stansiya TMN uchun tashqi bog‘lanishlar orqali turli tarmoq elementlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishi mumkin.
5.1- rasmda tasvirlangan nazorat nuqtalari funksional bloklar orasidagi axborot almashinuvining konseptual nuqtalarini aniqlaydi. Nazorat nuqtasi funksional bloklar qurimalarning alohida bloklariga ulanganida interfeys bo‘lib qoladi [3,6].
GSM TMNning bunday funksional konsepsiyasi PLMN qurilmalarida tarmoqni boshqarishga mo‘ljallangan operasion tizimlar va oraliq qurilmalar ustida tarmoqni boshqarish (ishlov berish uchun o‘sha bir resurslardan foydalanish manosida) funksiyalarini bajarilishini ta'minlaydi.
Ta'kidlash kerakki, tarmoqni boshqarish funksiyalari va aloqa funksiyallarini bajarilishi uchun bitta protsessor qo‘llanishida ular doimo mantiqiy ajratiladi.

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish