5.3. Tarmoqni boshqarish funksiyalarining taqsimlanishi Operasion tizimlar TMNning fizik konfiguratsiyasi operasion tizimlaming umumiy funksiyalarini ham markazlashtirish, ham taqsimlashning muqobil yechimlarini ta'minlaydi, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
xizmat ko‘rsatuvchi amaliy dasturlar;
ma'lumotlar ombori funksiyalari;
abonentterminalini ta'minlash;
tahlil qiluvchi dasturlar;
ma'lumotlarni formatlash va ma'lumotlarni uzaish.
GSM TMN tizimida bu barcha funksiyalar markazlashtirilgan masofada ishlov berish uchun ishlatiladi, ya'ni OMS (TMN atamalarida tarmoq OS sifatida qarash) boshqarish va xizmat ko‘rsatish markazida bu funksiyalarni maxsus qismlari (hayot faoliyatini ta'minlash funksiyalari deyiladigan) tugun bazaviy OSda lokal bo‘lishi kerak. Moslashtirish jarayonlari Aloqani boshqarish funksiyalarining tarkibiy qismi moslashtirish jarayonlari, ya'ni bog‘lanishlar va tarmoqning alohida elementlari (NE) va operasion tizimlar orasida ma'lumotlarni uzatish kanallari bo‘yicha uzatiladigan ma'lumotlarga ta'sirlari yo‘nalishlarini aniqlaydigan jarayonlar hisoblanadi. Moslashtirish jarayonlari beshta umumiy toifalar bo‘yicha tasniflanadi: aloqani boshqarish;
protokollarni moslashtirish va ma'lumotlarga ishlov berish;
oddiy funksiyalarni uyg‘unlashtirish (birlashtirish);
qarorlarni qabul qilish jarayonlari;
ma'lumotlarni saqlash.
Moslashtirish jarayonlari ham avtonom qurilmalarda, ham tarmoqning alohida elementlarida o‘z o‘rniga ega. GSM TNM tizimida ma’lumotlarni uzatish GSM TNM tizimi uchun ma'lumotlarni uzatish funksiyalari ma'lumotlarni uzatish tarmog‘i (DCN) yoki lokal aloqa tarmoqlari (LCN) orqali ta'minlanadi. GSM TNM tizimi uchun DCN OSI etalon modeliga mos keladi [6.2]. Ma‘lumotlarni uzatish funksiyalari tarmoqning turli elementlarini operasion tizimlarga mos uyg‘unlashtirish orqali bog‘lanishni ta'minlashni o‘z ichiga oladi. Bog‘lanishlar jarayonida ishlatiladigan interfeys MKKTT M.2x Tavsiyalarida Q3 interfeys sifatida aniqlanadi [6.3]. Bu interfeys TMNning barcha qismlariga to‘liq ulanishni ta‘minlaydi. Ayrim funksiyalar MKKTT SS N7 signalizatsiya tizimi Q3 interfeysga kirishi bilan aniqlangan. Boshqa funksiyalar uchun operator X.25 turkumdagi protokolli biriktirilgan kanallar yoki umumiy foydalanishdagi ma‘lumotlarni paketli uzatish kommutatsiyalanadigan tarmog‘idan (PC PDN) foydalanish imkoniyatiga ega. Lokal aloqa tarmoqlarida (LCN) PLMN bilan bog‘lanishlarni amalga oshirishda TMN ma‘lumotlarni uzatish funksiyalarining bajarilishi uchun MKKTT Q2 interfeysi yoki A-bis interfeys ishlatilishi mumkin.