Nazorat savollari
Mobil ilovalarning tavsifi haqida ma‘lumot bering.
Mobil ilovalarning afzalliklaridan iboat.
Mobil sayt va mobil ilovalarning nisbiy xarakteristikasi haqida ma'lumot bering.
Gibrid ilovalar haqida ma'lumot bering.
Nativ ilovalar haqida ma'lumot bering.
Loyihalarni texnik amalga oshirishda ilovalar turlarini tanlashni keltiring.
Tezkorlik haqida ma'lumot bering.
Platforma bilan integratsiyalashda nimalarga e'tibor berish kerak.
HTML5 haqida ma'lumot bering.
GSM ilovalardan foydalanishga misollarni keltiring.
Modul qanday ishlaydi.
Qurilmaning ishlash prinsipial sxemasini keltiring.
GSM-tizimning ishlash prinsipini keltiring.
GSM-boshqarishning prinsipial sxemasini keltiring.
GSM signalizatsiyali qo‘riqlash kompleksi haqida ma'lumot bering.
Sotali signalizatsiyaning afzalliklarini keltiring.
Sotali signalizatsiyaning kamchiliklari haqida ma'lumot bering.
Tizimni dasturlash, o‘matish va testlash haqida ma'lumot bering.
Xulosa
5A350901 -Mobil aloqa tizimlari mutaxassisligi uchun mo‘ljallangan darsligi zamonaviy harakatdagi radoaloqada asosiy yetakchi tizimlardan biri sotali aloqa tizimlari hisoblanadi, ular chastotalar resurslari tanqisligini ortishi sharoitlarida chastotalar spektridan samarali foydalanishga va tarmoqlarni sig‘imini oshirishga yangi qadam bo‘ldi. Hozirgi vaqtda ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi avlod tarmoqlari qurilgan va beshinchi avlod tarmoqlari testlanmoqda va ishga tushirilmoqda.
Shu bilan birga, ikkinchi avlod tarmoqlariga kiradigan GSM standarti tarmoqlari o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan va ko‘plab davlatlar va qit‘alarda keng ishlatilmoqda. Standartning ommaviyligi shunday yuqoriki, GSM qisqartmasi endi —harakatdagi radioaloqa global tizimi” sifatida tushunilmoqda.
GSM standarti boshqa ikkinchi avlod raqamli standartlariga qaraganda eng yaxshi energetik va sifat ko‘rsatkichlari bilan ajrali turadi, eng yuqori xavfsizlik va aloqaning konfidensialligi xarakteristikalariga ega. Standartda tashuvchiga sakkizta vaqt oynalariga ega bo‘lgan kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish (KVA) ishlatiladi. Nutq RPE-LTP kodek orqali 13 kbit/s tezlikda o‘zgartiriladi. Qabul qilinadigan nutq xabarlarining sifati qabul qilgichning kirishidagi 9 dBga teng signal/shovqin nisbatida ta‘minlanadi, D-AMPS standartida bu ko‘rsatkich 16 dBga teng.
GSM standartida boshqa sotali aloqa tarmoqlarida bo‘lmagan qator xizmat ko‘zda tutilgan, aynan:
tarmoqqa va aloqa xizmatlariga ulanish uchun intellektual SIM-kartalardan foydalanish;
kodlangan radiointerfeys;
uzatiladigan xabarlarni shifrlash;
abonentni autentifikatsiyalash va abonent qurilmasini identifikatsiyalash uchun kriptografik algoritmlardan foydalanish;
signalizatsiya kanallari bo‘yicha qisqa xabarlarni uzatish;
turli tarmoqlar abonentlarini xalqaro va milliy avtomatik roumingi;
GSM abonentining DCS 1800, PCS 1900, DECT tarmoqlarining abonentlari, shuningdek yer usti harakatdagi aloqa sun'iy yo‘ldoshli tarmoqlari (Global star,Iridium, Inmarsat-P) bilan tarmoqlararo roumingi.
GSM standartida ishatiladigan zamonaviy mobil ilovalar GSM diapazonida ishlaydigan telefondan signalni qabul qilish va ulangan apparaturalarni yoqish/o‘chirishni amalga oshirish biln avtomatikani masofadan boshqarishga imkon beradigan GSM-modullar asosida quriladi.
U ochiladigan va yig‘iladigan darvozalar, parkinglar, avtomobillarning turar- joylarida shlagbaumni ochish, dacha va garaj uyushmalari, xususiy uylarda, sug‘orish, yoritish, isitish muhandislik tizimlarini, serverlar va routerlarning o‘ta yuklanishini olisdan boshqarish va boshqarish uchun qo‘llanadi, —aqlli uy” va boshqalarni qurishning asosi hisoblanadi [22].
Do'stlaringiz bilan baham: |