Sotali signalizatsiyaning afzalliklari
GSM qo‘riqlash boshqa xavfsizlik tizimlariga qaraganda qator afzalliklarga ega, ularga quyidagilar kiradi:
xavf signalini birdaniga bir necha dasturlangan raqamlarga jo‘natilishini ta'minlash;
ham mobil raqamlarga, ham stasionar telefon raqamlariga xabar berishni amalga oshirish imkoniyati;
har xil usullarda xavf haqida ogohlantirish, qo‘ng‘iroq, SMS/MMS -xabar, ob'ektdan ovozli/video uzatish, ovozli/yorug‘likli signalizatsiya;
bunday turdagi signalizatsiyaning buzishdan va ishlashini bloklashdan yuqori himoyalanganligi darajasi;
avtonom ta'minot manbalaridan ishlash imkoniyati;
batareyaning zaryadi darajasi va SIM-kartadagi mablag‘ning borligini avtomatik nazorat qilish;
mobil aloqa turli operatorlarining bir SIM-kartalaridan foydalanish imkoniyati;
bitta GSM tizimi bir necha ob'ektlarni parallel nazorat qilish imkoniyatiga ega;
egasining mobil qurilmalari (pult, mobil telefon, planshet, smartfon va boshqalar) bilan teskari aloqani ta'minlash.
Sotali signalizatsiyaning kamchiliklari
sotali aloqaning sifatiga bog‘liqlik;
signalizatsiyaning maksimal samarador ishlashi uchun dispetcherning xizmati talab qilinadi;
yetarlicha yuqori narx.
Qo‘riqlash GSM signalizatsiya tizimi quyidagi mezonlar bo‘yicha tanlanadi:
Ulanish turi va funksionalligi bo‘yicha datchiklar tanlanadi. Ulanish turi bo‘yicha datchiklar simli va simsiz bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi variant arzon turadi, lekin datchikdan markaziy elektron blokka kommutasion o‘tkazgichlar bo‘yicha qo‘shimcha ishlarni ko‘zda tutadi.
GSM signalizatsiya bir necha aloqa operatorlar bilan ishlashni ta'minlashi mumkin. Bu operatorlardn birida aloqa signali bo‘lmagandan uning turib qolishining oldini oladi.
Agar ob'ektning multifunksional xavfsizlik tizimi talab qilinsa, turli datchiklarning keng spekrini qo‘llaydigan qo‘riqlash komplekslarini tanlash muhim.
Maxsus elektron moslamalar yordamida xavf signalini uzatishni bloklashning oldini olish uchun GSM signalizatsiya tizimlari signallarni tashqaridan so‘ndirishdan himoyalash texnologiyasini qo‘llashi kerak.
Qo‘riqlash tizimlarini tanlashda avtonom ta'minot tizimining bo‘lishiga va undan qurilmalarning ishlash davomiyligiga e'tibor berish kerak. Mustaqil ta'minot manbai GSM signalizatsiya qo‘riqlash tizimlari ishlash qobiliyatida bo‘lmaydigan vaziyatlarning oldini olishga imkon beradi.
Yakunda o‘z qo‘llarimiz bilan —Aqlli uyni” qanday qurishni ko‘rib chiqamiz. Aqlli uy bu mumkin, bu oddiy, bu kerak, usiz yashash mumkin emas. Zamonaviy xonadon, uy, kottej, dala hovli, ofis bu turli tizimlar va kommunikatsiyalarning murakkab to‘plami - bo‘lishi mumkin yong‘in, portlash, suv toshqini manbalari hisoblanadi. Bundan tashqari, ko‘p sonli derazalar va eshiklar bo‘lishi mumkin keraksiz suqulib kirish joylari hisoblanadi va uyni o‘z qo‘llarimiz bilan birovni yordamisiz aqlli qilishimiz mumkin.
Avvalo, intellektual uy bu butun uy bo‘ylab o‘rnatilgan nazorat qilish va boshqarish markazlashtirilgan tizimi hisoblanadi.
Umuman olganda bu elementlarni bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin:
Qo‘riqlash elementlari.
Yong‘in xavfsizligi elementlari.
Gaz va suv taminotini nazorat qilsh qurilmalari.
Uy avtomatikasi elementlar.
—Aqlli uyni” qurish uchun bir necha bosqichlardan o‘tish kerak:
1-bosqich. Muammoning quyilishi
Avvalo, —Tizim nima qilishni bilishi kerakligini” aniqlab olish kerak. Agar —Aqlli uy” obro‘ uchun qilinsa, u holda barcha tafsilotlarni o‘rganishga vaqt sarflamaslik kerak. Yaxshisi birdaniga oliy toifadagi professionallarga katta mablag‘lar evaziga murojaat qilish kerak. Lekin, agar tizimni mustaqil qurish kerak bo‘lsa, muammoni aniq belgilab olish kerak bo‘ladi. Masalan, —faqat uyga ruxsat etilmagan suqulib kirish haqida SMS-xabarni olish kerak”, bu qurilmalar sonini qisqartirishga imkon beradi, barcha bo‘lishi mumkin tutun/gaz chiqishi datchiklari, uy avtomatikasi moduli va boshqalar kerak bo‘lmaydi.
2-bosqich. Texnik mutaxassisdan maslahatlarni olish
Mos element qidirishdan oldin texnik mutaxassis bilan bog‘lanish kerak. Bunday xizmatlarni ko‘satadigan kompaniyaning Internet-sayti orqali topish mumkin bo‘lgan texnik mutaxassis u yoki bu funksiyalarni bajarish uchun aynan qaysi elementlar zarurligini aytib beradi.
Shunday qilib, rejalashtirilgan muammoni yechishning taxminiy narxi, shuningdek zarur elementlar haqida tasavvur paydo bo‘ladi va qurilmalar soni kamayadi.
bosqich. Ishlab chiqaruvchini tanlash
Ishlab chiqaruvchini tanlash tayyor bo‘lmagan kishida juda ko‘p vaqtni oladigan eng murakkab va sermashaqqat ishlardan biri hisoblanadi. Turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari o‘z farqli o‘ziga xos xususiyatlariga va tomonlariga ega. Masalan, bitta ishlab chiqaruvchi o‘rnatilgan GSM-modulni (tizimni mobil telefondan boshqarish uchun modul ) taklif etsa, boshqasi uni alohida taklif etadi va h.k.. Shuning uchun —Aqlli uyni” kengaytirish uchun ishlab chiqaruvchini aniqlab olish kerak. —Aqlli uyni” mustaqil qurish uchun bitta ishlab chiqaruvchini tanlash zarur. Jablotron datchik, Electronics Line nazorat paneli, Siemens boshqarish pultini olish kerak emas.
Nazariy jihatdan turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalarining birgalikda ishlatish mumkin, lekin buni texnik mutaxassisning amaliy ko‘magisiz amalga oshirish tavsiya etilmaydi.
Shunday qilib, qidirishdagi maqsad bitta ishlab chiqaruvini tanlashdan iborat. Internetda ishlab chiqaruvchilarning saytlarini topish va ularda har birining tizimlari va elementlarini atroflicha o‘rganib chiqish mumkin. Ishlab chiqaruvchiga qo‘ng‘iroq qilish bilan har bir tizimning tafsilotlari va o‘ziga xos xususiyatlarin bilib olish mumkin.
bosqich. Zarur elementlarni qidirib topish va buyurtmani rasmiylashtirish
Uchta o‘tilgan bosqichlar natijasida tizim qanday ko‘rinishi va qaysi elementlardan tashkil topishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish kerak. Tizimning tarkibini qog‘ozga yozib olish tavsiya etiladi, shunda ko‘plab tafsilotlar orasida mo‘ljallani olish oson bo‘ladi. Yana uydagi xonalar sonidan kelib chiqish bilan qurilmalar sonini ham ko‘rsatish kerak.
Endi asosiysi bu elementlar bitta tizimga yig‘ish kerak bo‘ladi. Misol uchun suqulib kirishga qarshi standart variantni olamiz.
Bitta xona uchun suqulib kirishga qarshi SMS bo‘yicha ogohlantirishli yechim.
Tizimning tarkibi:
Do'stlaringiz bilan baham: |