Ikki manbali elektr zanjirlarini qo‘llanilishi.
Bunday 2 manbali zanjirlar avtomobil qurilmalarida, poezd, samalyot, kombayn va hokazolarda qo’llaniladi. Elektr yurilmasida keng qo’llaniladi (1.10-rasm).
Bunda zanjir 2 parallel ulangan elektr manbasi (generator va akkumulyator batareyasi ) va boshqa iste’molchilar (yoritish lampalari, signal lampasi, yondirish g’altagi (katushka zajiganiya) va h.k.) dan iborat bo’ladi. Iste’molchilar ham parallel ulangan bo’ladi.
1.10-rasm. Soddalashtirilgan 2 manbali sxema.
Odatda sxema hamda EYuK E1, E2, R1, R2, R3 qarshiliklar berilgan bo’ladi. Shoxchalardagi I1, I2 va I3 toklarni aniqlash kerak. Bu kabi masalalarni yuqoridagi usullardan foydalanib echish mumkin.
1. Klassik usul ( Kirxgof tenglamalari usuli ).
Bunda Kirxgof qonunlariga asosan tenglamalar tuziladi. Tenglamalar soni noma’lumlar soniga teng bo’lishi kerak. Zanjirni hisoblash tartibi quyidagicha olib boriladi.
Tarmoqlardagi toklar yo’nalishi ixtieriy belgilanadi ya’ni konturlar tanlanadi (1.2-rasm).
Kirxgof 1-qonuni bo’yicha (tugunlar uchun) tenglamalar tuziladi. 1.2-rasmda berilgan sxema
uchun
"a"tugunuchun:I1
(1.27)
"b"tugunuchun:I3
v) Kirxgof 2-qonuniga oid tenglamalar tuzamiz.
I1R1 I3R3 E1,
I2R2 I3R3 E2. (1.28) (1.27) va (1.28) tenglamalar sistemasi I1, I2 va I3 toklarga nisbatan echiladi.
Kontur toklar usuli. Bunda avval tarmoq toklari yo’nalishlari ixtiyoriy tanlanib, so’ngra kontur toklari yo’nalishlari belgilanadi. Tenglamalar soni konturlar soniga teng bo’ladi. Tuzilgan tenglamalar sistemasi kontur toklariga nisbatan ochilib, so’ng tarmoq toklari aniqlanadi.
Ustlash usuli (superpozitsiya, metod nalojeniya).
Formulirovkasi: istalgan tarmoq (vetv) dagi tok sxemasidagi har bir EYuK ma’nbai vujudga keltiraetgan alohida olingan toklarning algebraik yig’indisiga teng.
Bu usul har qanday chiziqli elektr zanjiri uchun qo’llanilishi mumkin. Zanjirni bu usul bilan hisoblash tartibi:
1.10-rasmda ko’rsatilgan zanjirda navbati bilan faqat 1 tadan EYuK ma’nbai qoldirib, qolganini sxemadan chiqariladi (1.10-rasm). Lekin sxemadan chiqarilayotgan EYuK ma’nbalarning ichki qarshiliklari sxemada qoldiriladi. Demak, 1.10-rasmda ko’rsatilgan sxema o’rniga endi 2 ta sxema toklarini (1.11-a,b rasmlar) hisoblanadi. Umumiy holda esa berilgan sxema EYUK ma’nbasi soniga qarab shuncha sxema toklari hisoblanadi.
1.11.a – rasm. 1.11.b – rasm.
Endi 1.11-rasmdagi a va b sxemalar ekvivalent qarshiliklari topilib Om qonuni bo’yicha toklar aniqlanadi. Toklarning haqiqiy qiymatlari esa ustlab topiladi.
I1 I1 ' I1 ''; I 2 I 2 ' I 2 ''; I 3 I 3 ' I 3 ''; (1.29)
Bu metodning afzalligi shundaki, bunda tenglamalar sistemasi echilmaydi.
4. Tugun potentsiallari (kuchlanish) usuli. 1.12-rasmda ko’rsatilgan sxemani qayta chizamiz.
1.12-rasm.
Bu usul ko’proq elektr zanjiri 2 tugunli bo’lganda qo’l keladi. Sxema tarmoqlari parallel (1.12-rasm) ulangan.
E1, yoki R1I1 (1.30)
bu yerda Uab - tugun kuchlanishi.
(1.30) tenglamadan
I1 аb)g1 (1.31) R1
bu yerda g=1/R -tarmoq o’tkazuvchanligi.
Xuddi shunday qilib boshqa tarmoqlar toklarini aniqlashi mumkin. Umumiy holda n-chi tarmoqdagi tok quyidagiga teng bo’ladi:
In ,(3) Uаb ; (1.32) gn
Do'stlaringiz bilan baham: |