Shartli va grafik belgilari.
Elektr lampalari, qizdirish qurilmalari, elektroliz qurilmasi sxemalarda R qarshilik ko’rinishida belgilanadi (1.2,a-rasm). Dvigatel va akkumulyator batarealari zaryad vaqtida tok yo’nalishiga qarshi EYUK ga ega bo’ladi (protivo-e.d.s). Shuning uchun ular sxemada EYuK ga qarama-qarshi yo’nalishli va ichki qarshiligi R bo’lgan manbaa ko’rinishida belgilanadi (1.2,B- rasm). EYUK ga ega bo’lgan zanjir qismi aktiv, ega bo’lmagan qismi passiv qism deyiladi.
1.2- rasm. Elektr energiyasini hosil qiluvchi turli manbalarning shartli belgilanishi.
Elektr energiya manbaalariga galvanik elementlar va akkumulyator, termoelementlar; fotoelementlar; generatorlar misol bo’la oladi. Sanoatda asosiy elektr manbaai generator hisoblanadi.
1.2. Manbalar va elektr qarshiliklarni o’zaro ketma-ket, parallel va aralash ulash.
Elektr zanjir. Elektr zanjir elektr tokni hosil qilish va uning o’tishini ta’minlaydigan qurilma va ob’yektlarning majmui bo’lib undagi elektromagnit jarayonlar elektr yurituvchi kuch (EYuK), tok va kuchlanish tushunchalari bilan ifodalanadi.
Elektr zanjirlarni hisoblashda qulaylik uchun ular elektr sxemalar ko’rinishida kuriladi. Bunla energiya manbaasi doira bilan, qarshiliklar to’rtburchak bilan, ulovchi simlar esa tugri chiziqlar bilan ko’rsatiladi. Elektr zanjirlari asosiy va yordamchi elementlardan tashkil topadi(1.3-rasm).
Elektr qarshiligining o’lchov birligi V/A = Om bo’lib, bunda 1 V kuchlanishda 1 A tok oqib o’tgan o’tkazgich qarshiligi 1 Omga teng bo’ladi.
Qarshilikka teskari kattalik o’tkazuvchanlik bo’ladi.
g = 1/R; g = 1/Om = Sm. (1.1)
1.3-rasm. Elektr zanjirlarining asosiy va yordamchi elementlari.
O’tkazuvchanlikning o’lchov birligi Simens deb ataladi.
O’tkazgichlarning temperaturaviy tavsiflari har qanday elektrotexnik qurilmalarni yaratishda hisobga olinadigan asosiy parametrlardan biri bo’lib hisoblanadi. Joul-Lens qonuni bo’yicha ( I ) 1 A o’zgarmas tok oqib o’tayotgan ( r ) 1 Om qarshilikka ega bo’lgan o’tkazgichdan ( t ) 1 sek vaqt davomida ajralib chikayotgan issiqlik miqdori ( Q ) 1 J ga teng.
QrI2t (1.2)
Ushbu ajralib chikayotgan issiqlik amaliy maksadlarda ishlatilishi yoki atrof muhitga befoyda tarqalib ketishi (isrof) ga qarab katta yoki kichik elektr qarshilikga ega bo’lgan o’tkazgichlar tanlanadi. Masalan, elektr pechlari uchun katta elektr qarshilikga ega bo’lgan o’tkazgichlar tanlansa, elektr energiyasini uzatish uchun liniyalarga imkon darajasida kichik elektr qarshilikga ega bo’lgan o’tkazgichlar tanlanadi.
O’tkazgich materiallar solishtirma qarshilik yoki unga teskari bo’lgan nisbiy o’tkazuvchanlik bilan ta’riflanadi. Agar o’tkazgich 1 m uzunlikda bir xil kundalang kesim yuzaga S (mm2 ) ega bo’lsa,
uning qarshiligi:
r.
(1.3)
Do'stlaringiz bilan baham: |