Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

Стол-босма ўйинлари эса ўқувчилар учун қизиқарли. Улар кўриниши бўйича турлича: 
жуфт ўхшаш картиналар, лото, домино ва ҳ.к. Улардан фойдаланганда ечиладиган 
ривожлантирувчи машқлар ҳам турли. Жуфт расмларни танлаш. Бу ўйинда энг оддий 
топшириқ ­ турли расмлар ичидан бир хил бўлган иккита қалпоқ (фасони, ранги) ни топиш. 
Кейин топшириқ мураккаблаштирилади. Ўқувчи расмларни фақат ташқи кўриниши бўйича 
эмас, маъноси бўйича ҳам, масалан иккита самолётни топиши мумкин. Самолётлар шакли, 
ранги бўйича ҳар хил бўлиши мумкин, лекин вазифасига кўра бир хил предметлиги уларни 
бирлаштиради. Расмларни умумий белгиларига асосан танлаш. Бу ерда қандайдир 
предметларни умумлаштириш улар орасидаги боғлиқликни билишни талаб этади. Масалан, 
«Боғда (ўрмонда, шаҳарда) нима ўсади?» ўйинида ўқувчи шунга мос ўсимликлар тасвирини 
танлайди, ўсадиган ери билан солиштиради, расмларни белгиларига қараб жамлайди ёки 
«Кейин нима бўлади?» ўйинида ўқувчилар эртакнинг давомига мос иллюстрацияларни 
танлайдилар. 
Бу ўйин хотирани ривожлантиришга йўналтирилган бўлиб, эслаб қолиш ва эсга 
туширишни ўстиради. Бу турдаги ўйинларнинг дидактик мақсадларига ўқувчиларда саноқ ва 
тартиб сон, расмларнинг столда қандай жойлашганини мустаҳкамлаш, расмлардаги 
ўзгаришлар ҳақида равон сўзлаб беришлари, уларнинг мазмунини билиш киради. Кесма 
расмлар ва кубик тузиш каби ўйинларнинг мақсади ­ ўқувчиларни мантиқий фикрлашга 
ўргатиш, алоҳида қисмлардан бутун предметни йиға олишга ўргатишдир. Сўз ўйинлари ўйин 
қатнашчиларининг сўзлари ва ҳаракатларига қурилади. Бундай ўйинларни ўқувчилар 
предметлар ҳақидаги тасаввурларига таяниб, улар ҳақидаги билимларини чуқурлаштириб 
ўрганадилар. Чунки бу ўйинларда илгари орттирилган билимларни янги боғлиқлик ва 
маълум бир ҳолатда қўллаш талаб этилади. Ўқувчилар мустақил тарзда турлича фикрлаш 
масалаларини ечадилар: предметларни ўзига тегишли сифатларига мос тасвирлайдилар; 
тасвирлаш орқали топадилар; ўхшаш ва фарқли сифатларини топадилар; предметларни 
турли белгилари ва хусусиятлари бўйича гуруҳлайдилар. Бу дидактик ўйинлар кичик мактаб 
ёши ўқувчиларини мактабга жалб этишда жуда муҳим, чунки ўқувчиларни ўйинлар асосида 
мактаб ҳаётига мослаштиришда катта ёрдам беради. Ўқитувчини диққат билан тинглашни, 
қўйилган саволга тез жавоб топишни, ўз фикрини аниқ ва равон баён этишни, қўйилган 
мақсад (масала) юзасидан мос билимларни қўллашни ўргатади. 
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING TASHKILOTCHILIK SIFATLARINI
SHAKLLANTIRISHGA YO’NALTIRILGAN PEDAGOGIK FAOLIYAT. 
KOMILOVA F.M., ADU katta o’qituvchisi
Jamiyat taraqqiyoti ko’p jihatdan fuqarolarning intellektual salohiyati, shijoati, yosh 
avlodning kamoloti hamda ularning ma’naviy­ahloqiy ijtimoiy xayotida faol ishtirok etishi, xalq 
manfaatini shaxsiy manfaatlari bilan uyg’unlashtirishga erishishi, ijtimoiy munosabatlarni tashkil 
etishdagi tashabbuskorligi, shuningdek, yuqori darajada faollik ko’rsata olishlari turli faoliyat 
yo’nalishlarida muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritish imkonini beradi. 
Respublikada komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalash yo’lida amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy guruh harakat yosh avlodda ijtimoiy faollikni shakllantirish, ta’lim, mehnat 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
301 
va ishlab chiqarish jarayonlarida shaxsiy qobiliyatlarini to’laqonli namoyon etish, shuningdek, 
o’zlari mansub bo’lgan jamoalarning imkoniyatlarini muayyan maqsad atrofida birlashtirish 
borasidagi layoqatni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Keng ko’lamli ijtimoiy harakat 
ko’zlangan maqsad, faoliyat yo’nalishlari, keng aholi qatlamini qamrab olish ko’lami nuqtai ­
nazaridan umumiylik, jamoaviylik xususiyatiga ega. 
Bugungi kunda ta’lim muassasalari oldida ijtimoiy faol, jamiyat sifatlarga egaliklari bilan 
bog’liq. O’sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotining turli sohalarida o’z iqtidori va salohiyatini 
to’la namoyon eta oladigan yoshlarni tarbiyalash vazifasi turibdi. Chunki ta’lim muassasalari turli 
yoshdagi o’quvchilarni yagona jamoaga birlashtira olgan maskan sanaladi. Ta’lim muassasalarida 
ma’naviy­ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish orqali keng ko’lamli ijtimoiy faoliyatni tashkil etishdek 
katta imkoniyatni o’zida mujassamlashtira olgan. O’quvchilarning ta’lim muassasalari ijtimoiy 
hayoti, shu jumladan, turli mavzularda tashkil etiladigan ma’naviy­ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok 
etishlari ularda tashkilotchilik sifatlarining shakllanishi uchun sharoit yaratadi. 
Ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok etish har bir shaxsdan ularni tashkillashtirish, ya’ni 
tashkilotchilik sifatlariga ega bo’lishni talab qiladi. Manbaalarda “tashkilotchilik” tushunchasi 1) 
tashkil etish xislati; 2) tashkilotchilik ishi, faoliyati, “jamoani uyushtira bilish, jipslashtira olish, 
shuningdek, o’zining shaxsiy ishini to’g’ri tashkil qila olish”, “tashkillashtirish ishlarini olib 
borishga bo’lgan extiyoj” deya tahriflanadi. Bizning fikrimizcha, tashkilotchilik o’yin, ta’lim va 
mehnat ko’rinishidagi faoliyatlarni tashkil etish, ijtimoiy munosabatlar jarayonini faollashtirish, 
jamoani ji’slashtirish va yagona maqsad atrofida birlashtirishda tashabbus hamda nazoratni o’z 
qo’liga olish, uni samarali boshqarish va mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalanish, shuningdek, 
jamoadoshlarni faollik ko’rsatishga rag’batlantirish, yetakchilik (liderlik) qobiliyatiga egalikdir. 
Bundan anglanadiki, tashkilotchilik sifatlari shaxsning ijtimoiy tavsiflaridan iborat bo’lib, uning 
negizida turli ko’rinishlardagi faoliyatlarni tashkil qilish; muayyan jarayonda ishtirokchilarni 
faollashtirish, jamoani birlashtirish va uni samarali boshqarishdagi yetakchilik (liderlik) 
xususiyatlari aks etadi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan 
pedagogik faoliyatning samarali natijasi ularda mustaqillik, faollik, maqsad sari intilish, jamoa yoki 
mikroguruhlarda tengdoshlari bilan faol muloqotga kirisha olish, o’yin, ta’lim va mehnat jarayonida 
hamkorlikka erishish, shuningdek, jamoa a’zolarini uyushtirish, ularni yagona maqsad atrofiga 
birlashtirish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirishda yetakchi (lider)likni qo’lga olish 
kabilarning samarali shakllanganligi bilan belgilanadi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda “Kamalak” 
Respublika bolalar tashkilotining umumta’lim maktablaridagi quyi organlari muhim o’rin tutadi. 
Tashkilot quyi organlari tomonidan o’quvchilar zimmasiga qo’yiladigan vazifalarni bajarishda 
bevosita jamoa bilan ishlash, jamoa imkoniyatlarini mahlum nuqtaga to’plash va ulardan samarali 
foydalanish taqozo etiladi. Ushbu vazifalarni ijobiy hal qilishda esa boshlang’ich sinf 
o’quvchilarning tashkilotchilik sifatlari ­ maqsad sari intilish, mustaqillik, tartiblilik, faollik, 
tashabbuskorlik kabilarga ega bo’lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda quyidagi talablarga 
amal qilinishi maqsadga muvofiqdir: 
1.O’quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishga pedagogik­psixologik va metodik 
jihatdan to’g’ri yondashish. 
2.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari, 
qiziqishlari, xayotiy ehtiyojlari va intilishlarini inobatga olgan holda tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish. 
3.Boshlang’ich sinflarda tashkil etiladigan ma’naviy­ma’rifiy tadbirlarning jamoaviy yoki 
guruhli shakllarda tashkil etilishiga erishish. 
4.O’quvchilar o’rtasida o’zaro psixologik birlik va hamkorlikka asoslanuvchi sog’lom 
muhitni qaror to’tirish. 
5.O’quvchilar faoliyati yuzasidan izchil nazoratni yo’lga qo’yish orqali ular tomonidan 
ijtimoiy topshiriqlarni bajarish jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklarning oldini olish. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
302 
6.Jamoa bilan ishlashda alohida faollik ko’rsatgan o’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish. 
Tadqiqot muammosini nazariy va metodik jihatdan muvaffaqiyatli tadqiq etish 
“tashkilotchilik”, “tashkilotchilik sifatlari”, “tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish” kabi 
tushunchalar mohiyatini to’g’ri anglash hamda boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllantirish 
mumkin bo’lgan tashkilotchilik sifatlarini aniqlab olishni taqozo etadi.Yuqorida aytib o’tilganidek, 
ijtimoiy muhit hamda amaliyot mustaqil fikrlay oladigan, erkin va ma’shuliyatli shaxsni 
shakllantirishda muhim omil sanaladi. 
Shaxs ijtimoiylashuv jarayonining samaradorligini belgilovchi ko’rsatkich ­ uning ijtimoiy 
munosabatlar jarayoniga to’liq kirishishi, ijtimoiy faolligi va shaxs faoliyatining muayyan 
maqsadga yo’nalganligi sanaladi. Ijtimoiy faollik shaxsning ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi 
ongli ishtiroki, ijtimoiy munosabatlar rivojiga va jamiyat taraqqiyotiga xissa qo’shish imkoniyatlari 
darajasi bilan belgilanadi.Shu bilan birga ularda intizomlilik, mustaqillik, tashabbuskorlik, 
tadbirkorlik, maqsadga intiluvchanlik kabi sifatlarni tarbiyalash kelgusida komil inson va malakali, 
yetuk mutaxassis bo’lib kamolga yetishlarini ta’minlaydi. Kelgusida jamiyatning to’laqonli a’zosi 
va malakali mutaxassis sifatida ijtimoiy munosabatlar hamda kasbiy faoliyat jarayonida faol 
ishtirok etish, zimmadagi ijtimoiy burchlarni ado etishda shaxsning tashkilotchilik sifatlariga ega
bo’lishi muhim ahamdaiyat kasb etadi. 
O’quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish nafaqat psixologik­
pedagogik, balki ijtimoiy muammo sifatida hamda o’ziga xos dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda 
boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, dunyoqarashlarini 
kengaytirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash qanday darajada 
ahamiyat kasb etayotgan bo’lsa, ularda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish hamda shu qadar 
muhim vazifa hisoblanadi. O’quvchilarda boshlang’ich ta’lim davridanoq tashkilotchilik sifatlarini 
shakllantirish, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda muloqotga tez kirishuvchan bo’lishlariga erishish 
ularning kelajakda demokratik jamiyatning faol a’zolari bo’lib voyaga yetishlarini ta’minlovchi 
omillardan biri sanaladi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda ularning yosh, 
psixologik va fiziologik xususiyatlari, shuningdek, layoqat, qiziqish va qobiliyatlarini inobatga olish 
kutilgan natijaning qo’lga kiritilishiga yordam beradi. 
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MUSTAQIL ISHLASHIDA TA’LIM
METODLARINING AMALIY AHAMIYATI 
JALILOVA SH., Andijon viloyati Asaka tumani 4-maktab o‘qituvchisi 
Ta‘lim tizimida o‘quvchilarga bilim berishning eng qulay imkoniyatlarga asoslangan holda 
o‘rgatish usullarini quyidagi turlarga bo‘lamiz. 1. O‘rgatishning og‘zaki usullari. 2. O‘rgatishning 
ko‘rgazmali usullari. 3. O‘rgatishning amaliy usullari. 4. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini 
rag‘batlantirish va asoslash usuli. 5. O‘rgatishda nazorat va o‘z­o‘zini nazorat qilish usuli.
O‘rgatishning og‘zaki usullari (So‘z metodi). O‘rgatishning og‘zaki usullari ta‘limda doimo 
eng ko‘p qo‘llanib kelingan. Buyuk donishmand, so‘z ustasi Alisher Navoiy so‘zning kuch va 
qudrati haqida shunday degan edi:

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish