14
Birga oʻtgan damlarimiz, yosh paytim Morrining menga koʻrsatgan mehri va yaxshiliklari
hurmati uchun ham telefonni oʻchirib, mashinadan chiqishim, yugurib borib quchoqlashib
koʻrishishim kerak edi. Buning oʻrniga esa motorni oʻchirib, xuddi nimanidir izlayotgandek
oʻrindiq ostiga engashdim.
– Ha, ha, shu yerdaman, — shivirladim men va to ishimiz yakunlanmaguncha prodyuser
bilan gaplashishda davom etdim.
Yana oxirgi yil
larda usta boʻlib ketgan hunarimni koʻrsatdim: ishimni hamma narsadan ustun
qoʻydim, hatto umri tugab borayotgan professorimning maysazorda meni intizor kutib turgani
ham meni bundan qaytara olmadi. Hozir bu qilmishimdan juda uyalaman, albatta, lekin oʻsha
kuni oʻzimni aynan shunday tutdim.
Besh daqiqalardan soʻng, Morri meni quchoqlab koʻrishayotgan, siyraklashib qolgan sochlari
yuzimga tegib turar edi. “Tushib ketgan kalitimni qidirayotgandim, shunga mashinadan
chiqishim qiyin boʻldi” deb aytdim va uni mahkamroq bagʻrimga bosdim, xuddi shu bilan
kichkina yolgʻonimni ezgʻilab tashlay oladigandek. Bahor quyoshi iliq nur taratib turgan boʻlsa
ham, Morri ustiga yengil kurtka kiyib, oyoqlarini yopinchiq bilan oʻrab olgandi. Undan bir oz
achqimtil hid kelardi, odatda, kuni dori-
ukol bilan oʻtayotgan kishilardan shunday hid taraladi.
Yuzi
yuzimga yaqin kelganida, uning nafas olishi ham qiyinlashib qolganini sezdim.
– Qadrdon doʻstim, — shivirladi u. — Va nihoyat qaytding, a!
Morri tomon egilib turarkanman, u meni
hech qoʻyib yuborgisi kelmas, bilaklarimdan tutib
ohista chayqalardi. Shuncha yillar oʻtib ketgan boʻlsa ham professorning meni bunchalik iliq
qarshi olishidan bir oz shoshib qoldim: oʻtmishim va hozirim oʻrtasiga qurilgan tosh devor
tufayli bir paytlar qa
nchalik yaqin boʻlganimizni butunlay unutib yuborgandim. Bitiruv
oqshomi, charm portfel, xayrlashayotganimizda uning koʻzlari yoshlangani yodimga tushdi
va boʻgʻzimga nimadir tiqilgandek yutinib qoʻydim, chunki men ortiq u bilgan sodda, iqtidorli
talaba yigitcha emasligimni ich-ichimdan his etib turardim.
Yaqin bir necha soat ichida u oʻzgarib ketganimni payqamaydi deb umid qilardim.
Uyga kirgach, ovqatlanish xonasidagi yongʻoq daraxtidan boʻlgan stol yoniga oʻtirdik.
Derazadan qoʻshnining uyi koʻrinib turibdi.
Morri aravachasida tipirchilab, qulayroq joylashib
olishga urindi. Odatdagidek, u meni taom bilan siylamoqchi boʻldi, yoʻq deya olmadim.
Yordamchilaridan biri, Konni ismli baquvvat italyan ayol nonni kesib, pomidor toʻgʻrab berdi.
Bir nechta idishda tovuqli salat, xumus va tabuli keltirdi. Keyin esa bir qancha hapdorilarni
olib keldi.
Morri dorilarga qarab, chuqur xoʻrsindi. Uning koʻzlari ancha choʻkkani, ozib ketganidan
yonoq suyaklari boʻrtib qolgani eʼtiborimni tortdi. Bu oʻzgarishlar uni yanada qariroq va
dagʻalroq qilib koʻrsatardi. Faqat u tabassum qilganida, osilib qolgan yonoqlari pardadek
yigʻilib, dagʻallik qayergadir yoʻqolardi.