Morrining seshanba darslari Muallif: Mich Elbom



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/39
Sana31.12.2021
Hajmi0,77 Mb.
#221767
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
Morrining seshanba darslari 60511

 
Davomat 
Bir necha haftadan soʻng Londonga uchdim. Uimbldon turnirini yoritib borishim kerak edi. 
Dunyoning  eng  nufuzli  tennis  musobaqasi 
–  tomoshabinlar  oʻyinchilarning  ruhini  tushirish 


 
21 
 
uchun baqirmaydigan va avtoturargohda mast-alast yurmaydigan kam sonli tadbirlardan biri. 
Bunday  tadbirlarni  kam  uchrataman.  Angliyada  havo  iliq  va  bulutli  edi,  har  tong  tennis 
kortlariga yaqin ikki cheti qator daraxtlar bilan qoplangan koʻcha boʻylab sayrga chiqardim. 
Yoʻlimda sotilmay qolgan chiptalar uchun navbatda turgan oʻsmirlar, qaymoq va qulupnay 
sotib  yurgan  chayqovchilarga  duch  kelardim.  Darvoza  yoniga  ilingan  yangiliklar 
peshtaxtasida  yarim-
yalangʻoch  ayollarning  rasmlari,  qirollik  oilasining  paparatsilar  olgan 
suratlari,  munajjimlar  bashorati,  sport  xabarlari,  lot
ereya  oʻyinlari  va  oz-moz  haqiqiy 
yangiliklar ham chop etilgan bir qancha sariq matbuot roʻznomalari sotilardi. Kunning eng 
muhim  yangiligi  yangi  keltirilgan  gazetalar  taxlamiga  suyab  qoʻyilgan  kichik  boʻrdoskaga 
yozib qoʻyilar va odatda: “Diana va Charlz janjali!” yoki “Gazza jamoasiga: Menga millionlar 
kerak!” kabi sarlavhalardan iborat boʻlardi. 
Odamlar  mazkur  roʻznomalarni  bir  pasda  bitta  qoldirmay  sotib  olishar,  ularda  berilgan 
gʻiybatlarni  maroq  bilan  oʻqishar  edi;  oldingi  Angliya  safarlarida  men  ham  hech  ulardan 
qolishmasdim.  Endi  esa  har  gal  biror  ahmoqona  yoki  yengil-
yelpi  xabarni  oʻqiganimda, 
negadir Morri yodimga tushardi. Xayolimda u hovlisida qizil zarang daraxti qad koʻtarib turgan 
parket polli uyda nafasini sanab, qolgan har bir daqiqasini yaq
inlari davrasida oʻtkazayotgan 
holda gavdalanardi. Men esa bu paytda soatlab vaqtimni oʻzim uchun zarracha ahamiyati 
boʻlmagan  narsalarga  sovurardim:  kino  yulduzlari,  supermodellar,  Jon  Kennedining  oʻgʻli, 
Madonna yoki Malika Di hayotidagi soʻnggi mojarolar. Qanchalik gʻalati tuyulmasin, Morrining 
vaqti tobora kamayib borayotganiga achinsam-
da, u bu vaqtni mendan koʻra mazmunliroq 
oʻtkazayotganiga  hasad  qilardim.  Nega  biz  vaqtimizni  bunday  bemaʼni  xabarlarga 
sarflaymiz?  Oʻsha  paytda  AQShda  O.  J.  Simpson  ustidan  borayotgan  sud  jarayoni  ayni 
qizgʻin  pallaga  kelgan,  aksariyat  kishilar  tushlikka  ajratilgan  soatlarini  toʻlaligicha  mazkur 
jarayonni tomosha qilishga sovurar, ulgurmay qolgan qismini esa tunda koʻrish maqsadida 
tasmaga  yozib  olardi.  Ularning  hech  biri  O.  J.  Simpson  bilan  tanish  emasdi.  Sud  ishiga 
aloqador kishilar bilan ham. Ammo ular bari bir boshqa birovning fojiasiga mukkasidan ketib, 
kunlab, haftalab umrini qurbon qilardi. 
Morrining oxirgi suhbatimizda aytganlari yodimga tushdi: “Mavjud qarashlarimiz odamlarga 
oʻzlaridan qoniqish hosil qilish  imkonini bermaydi. Jamiyatda mavjud qarashlar hayotingni 
zaharlasa, ularga amal qilma, deyish uchun jasorat kerak
”. 
Shu  soʻzlarga  amal  qilgan  Morri  xastalikka  chalinishidan  ancha  oldin  oʻz  qarashlarini 
yaratga
n  edi.  Muhokama  guruhlari,  doʻstlar  bilan  sayrga  chiqish,  Garvard  maydonidagi 
cherkovda  oʻz  musiqasiga  raqs  tushish.  Morri  nochor  odamlarga  bepul  ruhiy  xastaliklarni 
davolash xizmatlarini koʻrsatuvchi “Issiqxona” nomli loyihaga asos solgandi. U darslari uchun 
yangi gʻoyalar topish maqsadida kitoblar oʻqir, hamkasblari bilan uchrashar, sobiq talabalari 
bilan  xabarlashib  turar,  uzoqdagi  doʻstlari  bilan  xat  yozishar  edi.  U  bir  daqiqasini  ham 
teleseriallar  yoki  “Hafta  filmlari”  tomoshasiga  sovurmas,  boʻsh  vaqtini  koʻproq  ovqat  va 
tabiatdan  bahra  olishga  sarflardi.  Morri  suhbat,  muloqot  va  mehr-oqibatdan  iborat 
mashgʻulotlar  toʻplamini  yaratgan  va  shu  bilan  uning  hayoti  shoʻrvaga  limmo-lim  toʻla 
kosadek toʻlib turardi. 


 
22 
 
Men  ham  oʻz  qadriyatimni  yaratgandim:  ish.  Fokus  koʻrsatayotgan  masxaraboz  kabi 
Angliyada matbuot uchun bir vaqtning oʻzida toʻrt-beshta vazifani bajarardim. Hikoyalarimni 
AQSHga  yuborish  uchun  har  kuni  sakkiz  soat  vaqtimni  kompyuter  oldida  oʻtkazardim. 
Bundan tashqari, televideniye uchun reportajlar tayyorlash maqsadida suratga olish guruhi 
bilan Londonning turli qismlarini kezardim.  Shuningdek, har kuni tongda va tushdan keyin 
telefon  orqali  radio  reportajlarda  ishtirok  etardim.  Shunday  surʼatda  ishlashga  koʻnikib 
qolgandim.  Yillar  davomida  ish  mening  eng  yaqin  hamrohimga  aylangan,  ishdan  boshqa 
barcha narsani bir chetga surib qoʻygandim. 
Uimbldonda  paytim  mittigina  yogʻochli  ish  kabinamda  ovqatlanar  va  buni  tabiiydek  qabul 
qilardim. Oʻta tigʻiz kunlarning birida, bir toʻda muxbirlar Andre Agasse va  uning mashhur 
maʼshuqasi Bruk Shilds ortidan quvib ketayotib, boʻyniga katta fotoapparat osib olgan ingliz 
muxbirlaridan biri meni turtib yubordi 
– yerga quladim; u esa zoʻrgʻa “kechirasiz” deyishga 
ulgurar-
ulgurmas, halloslab yoʻlida davom etdi. Oʻshanda Morrining boshqa bir gapi yodimga 
tushdi:  “Qanchadan-qancha  kishilar  mazmunsiz  hayot  kechiradi.  Ular  hatto  oʻzlari  muhim 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish