39
Albatta, xastalikning sababchisi yomgʻir emasdi. Biroq Morrining yoshidagi bolakay qayerdan
ham buni tushunsin. Ancha vaqtgacha ukasining uy va ixtisoslashtirilgan shifoxona oʻrtasida
sargardon qatnashi va oyoqlariga maxsus moslama taqib yurishga majbur boʻlganidan
oqsoqlana boshlaganini koʻrib, Morri oʻzini aybdor his qilardi.
Mazkur voqealar taʼsirida Morri ertalablari sinagogaga qatnay boshladi. Otasi xudojoʻy kishi
boʻlmagani sababli ibodat qilishga bir oʻzi borardi. Uzun qora paltoli kishilar safida turib,
Xudodan marhuma onasi va betob ukasini oʻz panohida asrashini soʻrardi.
Tushdan keyin esa metroning kirish eshigida jurnal sotib, topgan-tutganini oziq-ovqat olish
uchun oilasiga keltirib berardi.
Kechki payt jimgina ovqatini yeyayotgan
otasini kuzatar, uning biror bir shirin soʻz aytishi,
mehr, eʼtibor koʻrsatishidan behuda umidvor boʻlardi.
Toʻqqiz yoshida yelkasida togʻdek yukni koʻtarib yurgandek sezardi oʻzini.
Keyingi yil Morrining hayotiga xaloskor inson kirib keldi: oʻgay onasi Iva. U ruminiyalik muhojir
boʻlib, past boʻyli, jingalak sochli, koʻrimsiz ayol edi. Kamida ikkita ayolning gʻayrati bor edi
unda. Ayol uyda ota yaratgan boʻgʻiq muhitga iliq nur olib kirdi. Er jim qolganda, ayol uni
gapga solar, tunlari esa bolalarga qoʻshiq kuylab berardi. Uning tinchlantiruvchi ovozi, uy
vazifalarini bajarishga yordamlashishi, oʻjar tabiati Morrining koʻngliga malham boʻlardi. Hali
ham oyogʻiga maxsus moslama kiyib yurgan ukasi shifoxonadan qaytganida, ikkalasi
oshxonadagi yigʻma karavotda birga uxlaydigan boʻlishdi. Iva har tun uyquga ketishdan oldin
ularga xayrli tun tilab, oʻpib qoʻygani kirardi. Morri ushbu oʻpichlarni kuchukcha sutini kutgani
kabi
oshiqib kutar, qalbining tub-
tubida yana onalik boʻlgandek his qilardi oʻzini.
Ammo qash
shoqlik ularni hech tark etay demasdi. Endilikda ular Bronksga koʻchib oʻtib,
Tremon Avenyudagi pishiq gʻishtdan qurilgan koʻp qavatli uyning bir xonali xonadonida
istiqomat qilishardi. Uy yaqinida usti ochiq italyan qovoqxonasi joylashgan boʻlib, u yerda
qari kishilar yoz oqshomlarini bochchi oʻynash bilan oʻtkazishardi. Buyuk iqtisodiy inqiroz
sababli Morrining otasiga moʻynachilik bozorida ish topish yanada qiyinlashdi. Baʼzan oila
kechki ovqatga oʻtirganda, Iva dasturxonga qoʻygani nondan boshqa narsa topmasdi.
– Yana nima bor yegani? — soʻrardi Devid.
– Boshqa hech narsa yoʻq, — javob qaytarardi Iva.
Morri va Devidni uxlashga yotqizayotib, Iva ularga yahudiy tilida ashula aytib berardi. Hatto
qoʻshiqlar ham gʻamgin va gʻarib edi. Sigaret sotishga urinayotgan qizcha haqidagisi boʻlardi:
Sigaretlardan olib qoling,
Ular quruq: yomgʻirda ivimagan.
Yetimchaga rahmingiz kelsin.
40
Ogʻir oilaviy sharoitga qaramasdan, Morri odamlarga mehr berish va oʻzgalar haqida
qaygʻurishga oʻrgatilgandi. Va ilm olishga ham. Ivani faqat aʼlo baholar qoniqtirardi, chunki u
taʼlimni qashshoqlikdan qutulishning yagona chorasi deb bilardi. Uning oʻzi ham ingliz tilini
yaxshiroq oʻrganish uchun tungi maktabga qatnardi. Ivaning mehnatlari tufayli Morri bilimga
chanqoq boʻlib oʻsdi.
U t
unlari oshxona stolida, chiroq yorugʻida dars qilardi. Ertalablari esa onasi uchun
marhumlar haqqiga oʻqiladigan duo – Izkor aytgani sinagogaga qatnardi. Qanchalik ishonish
qiyin boʻlmasin, otasi unga marhuma onasini tilga olishni taqiqlab qoʻygandi. Charli yosh
Devidning Ivani oʻz onasidek koʻrishini xohlardi.
Morri uchun bu oʻta ogʻir yuk edi. Yillar davomida onasidan qolgan yagona yodgorlik uning
oʻlimi haqidagi telegramma edi. U telegrammani kelgan kuniyoq yashirib qoʻygandi.
Morri uni butun umr yonida saqladi.
Morri oʻsmirlik yoshiga yetganda, otasi uni oʻzi ishlaydigan moʻyna fabrikasiga olib bordi.
Buyuk iqtisodiy inqiroz yillari edi. Otasi Morriga ish topib berish maqsadida yurardi.
U fabrikaga qadam qoʻyishi bilan devorlar uni toʻrt tomondan qurshab olgandek boʻldi. Xona
qorongʻi va issiq, deraza oynalari kirlanib yotar, bir-biriga tiqib oʻrnatilgan mashinalar poyezd
gʻildiraklaridek taraqlab ishlardi. Havoda uchib yurgan moʻyna tolalari nafas olishni
ogʻirlashtirar, ishchilar igna ustida bukchaygancha moʻyna boʻlaklarini bir-biriga yoʻrmalab
ulashar, xoʻjayin esa qatorma-qator yurib, ularni tezroq ishlashga chaqirardi. Morri zoʻrgʻa
nafas olardi. U otasining yonida yuragini hovuchlab turar, xoʻjayin unga ham baqirib qolishi
mumkinligidan dahshatga tushardi.
Tushlik payti otasi Morrini xoʻjayinning oldiga olib bordi. Bolani oldinga itarib, unga biror ish
topilarmikan deb soʻradi. Ammo kattalarga ham deyarli ish yoʻq edi, bor ishchilar esa
fabrikani tark etish niyatida emasdi.
Shu holat Morriga najot bo
ʻldi. U bu jirkanch joyni tezroq tark etishni xohlardi. Morri shu onda
oʻzicha qasam ichdi va umrining oxirigacha unga sodiq qoldi: u hech qachon insonlar
ekspluatatsiya qilinadigan ishda ishlamaydi va boshqalarning peshona teri evaziga pul
topmaydi.
– Kim boʻlmoqchisan unda? — soʻrardi Iva.
– Bilmadim, — javob qaytarardi Morri. U huquqshunoslikni roʻyxatdan oʻchirib tashlagandi,
chunki huquqshunoslarni yomon koʻrardi. Shuningdek, tibbiyotni ham roʻyxatdan chiqarishga
toʻgʻri keldi, chunki qondan qoʻrqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: