Uchinchi seshanba: pushaymonlik haqida suhbatlashamiz
Keyingi seshanba kuni odatdagidek bozor-
oʻchar qilib keldim: makkajoʻxorili makaron,
kartoshkali salat, olmali pirog. Yana Sony magnitofonini ham koʻtarib keldim.
– Nimalar haqida suhbatlashganimizni eslab qolishni xohlayman, — dedim Morriga. —
Ovozingizni yozib olishni istayman...keyinroq ham tinglash imkonim boʻladi.
– Men oʻlganimdan keyin demoqchisan-da.
– Unday demang.
U kuldi.
– Mich, men oʻlyapman. Keyinroq emas, aksincha, tez orada.
32
Keyin u yangi texnikaga ishora qilib:
– Buncha katta boʻlmasa, — dedi.
Bezbet muxbirdek his qildim oʻzimni shu payt. Doʻst hisoblangan ikki inson orasida
magnitofon begona oʻt yoki sunʼiy quloqdek ortiqchalik qiladi, degan oʻy oʻtdi xayolimdan.
Buning ustiga shuncha odam Morrining eʼtiboriga mushtoqligini hisobga olsak, men bu
seshanbalarda haddan ortiq koʻp narsalarga ulgurib qolishga urinayotgan boʻlgandirman.
– Menga qarang, — dedim magnitofonni qoʻlimga olib, — Buni ishlatishimiz shartmas. Agar
bu narsa sizga noqulaylik tugʻdirsa.
Morri koʻrsatkich barmogʻi bilan tergagandek ishora qilib, meni toʻxtatdi va koʻzoynagini
yec
hgan edi, u boʻynidagi ipga ulab qoʻyilgani uchun koʻksida osilib, bir muncha vaqt tebranib
turdi. U koʻzlarimga tik qarab:
– Joyiga qoʻy, — dedi.
Men magnitofonni joyiga qaytarib qoʻydim.
– Mich, — davom etdi u yumshoqroq ohangda, — sen tushunmayapsan. Men senga oʻz
hayotimni gapirib bermoqchiman. Tildan qolmasimdan, aytib qolay deyapman.
Uning ovozi pasayib, shivirlashga oʻtdi.
– Kimdir mening hikoyamga quloq tutsa deyman. Sen tinglaysan, a?
Bosh irgʻatdim.
Bir lahza jim qoldik.
– Xoʻsh, — dedi u, — matohing yoqiqmi?
Rostini aytganda, magnitofonning vazifasi faqat xotiralarni muhrlab qolish emasdi. Men
Morridan ayrilib qolayotgandim, biz hammamiz uni yoʻqotayotgandik: uning oilasi, doʻstlari,
sobiq shogirdlari, hamkasb professorlar, siyosiy muhokamalar uchun tuzilgan jonajon
guruhlaridagi oshnalari, sobiq raqqos sheriklari, umuman, barchamiz. Magnitofon tasmalari
esa suratlar va video-
yozuvlar kabi oʻlim xurjunidan hech qursa nimadir oʻmarib qolishga
boʻlgan besamar urinish edi.
Biroq Morrining jasurligi, y
umorga boyligi, sabri va samimiyligiga guvoh boʻlish orqali men
uning hayotga tamomila boshqacha nigoh bilan qarayotganini tobora ravshanroq anglab
borayotgandim. Men tanigan insonlarning hech biri hayotga bunday qaramasdi. Sogʻlomroq
nigoh edi u. Teranroq
nigoh. U esa oʻlim yoqasida edi.
33
Agar taqdirga tan berib, oʻlimga tik boqqanimizda fikrlarimiz sirli ravishda ravshan tortadigan
boʻlsa, unda Morri bu hodisa haqida boshqalarga gapirib berish istagida ekanini bilardim. Va
men bu narsani qoʻlimdan kelgancha uzoqroq xotiramda saqlab qolishni xohlardim.
Birinchi marta Morrini “Tungi xabarlar” da koʻrganimda, u oʻlimi muqarrarligini bilgach, biror
ishidan pushaymon boʻlganmikan deb qiziqqandim. Yoʻqotilgan doʻstlari uchun achchiq-
achchiq koʻz-yosh toʻkdimikan? Agar imkoni boʻlganda, boshqacha hayot kechirgan
boʻlarmidi? Xudbinlarcha “Agar men uning oʻrnida boʻlganimda, amalga oshirilmagan
ishlarim, havoga sovurilgan imkoniyatlarim haqidagi qaygʻuli oʻylarga gʻarq boʻlarmidim?”
deb oʻzimni savolga tuta boshladim. Ichimda saqlab kelgan sirlar yashirin qolib
ketayotganidan afsuslanarmidim?
Men shu haqida Morridan soʻraganimda, u boshini irgʻadi.
– Hammani shu savol qiynaydi, shunday emasmi? Bugun umrimning soʻnggi kuni boʻlsa-chi?
U yuzimga tikilib turib, ikkilanish, parishonlik alomatlarini oʻqigan boʻlsa ajab emas.
Xayolimda bir kuni ish stolim yonida yozayotgan maqolamni yakuniga yetkazishga ham
ulgurmay gup etib yiqilib, jon berishim va tibbiy tez yordam xodimlari murdamni olib chiqib
ketayotgan bir paytda muharrirlarim chala qolgan maqolamga ochkoʻzlarcha yopishishlarini
tasavvur qildim.
– Mich? — chaqirdi Morri.
Men boshimni silkib tashlab, hech nima deb javob qilmadim. Biroq Morri mendagi
parishonlikni sezdi.
– Mich, — dedi u. — Jamiyatimiz oʻlim toʻshagiga mixlanmaguningcha bunday narsalar
haqida fikr yuritishingga yoʻl qoʻymaydi. Biz shaxsiy manfaatlarimiz domiga tushib qolganmiz:
mansab, oila, pul topish, ipoteka qarzlarini qaytarish, yangi mashina olish, buzilgan isitish
radiatorimizni tuzatish
– boʻsh qolmaslik uchun millionlab mayda-chuyda ishlarga koʻmilib
yashayveramiz. Bir nafas tin olib, hayotimizga tashqaridan nazar tashlab, oʻz-oʻzimizga savol
berishga odatlanmaganmiz: “Bor-yoʻgʻi shumi? Men istagan narsalarning bari shumi?
Nimadir yetishmayotganmikan?”
U bir oz jim qoldi.
– Bu yoʻnalishda fikrlash uchun kimdir senga turtki boʻlishi kerak. Bu oʻz-oʻzidan sodir
boʻladigan jarayonmas.
Men uning nima demoqchi boʻlayotganini bilardim. Bu hayotda hammamiz ustozga
muhtojmiz
. Meniki qarshimda oʻtirardi.
“Boʻpti, — oʻyladim men, — talaba boʻlish peshonamga bitilgan ekan, imkonim yetgancha
yaxshi talaba boʻlishga harakat qilaman”.
34
Oʻsha kuni samolyotda uyga qaytar ekanman, sariq yon daftarchamga ichimizda
barchamizni qiynaydiga
n masalalar roʻyxatini yozib chiqdim: baxt, keksayish, farzandli
boʻlishdan boshlab to oʻlimgacha. Albatta, oʻz-oʻzimizni anglash uchun ushbu mavzularda
minglab kitoblar yozilgan, bir dunyo telekoʻrsatuvlar bor, soati 9 dollar turuvchi maslahat
darslari ma
vjud. Amerika oʻz-oʻziga yordam berish sohasida naq fors bozoriga aylangan.
Shunday boʻlsa-da, aniq-tiniq javoblar yoʻq edi. Atrofingdagilar haqida qaygʻurishing kerakmi
yoki “ichingdagi bolakay” parvarishiga eʼtibor berishing lozimmi? Anʼanaviy qadriyatlarga
qaytish lozimmi yoki urf-odatlarni befoydaga chiqarib, ulardan voz kechish kerakmi?
Muvaffaqiyatga intilish kerakmi yoki oddiylikkami? Shunchaki, “Yoʻq” deyishni oʻrgangan
yaxshimi yoki gap-
soʻzlarni yigʻishtirib, ishga kirishgan afzalroqmi? Men bir narsani aniq
bilardim: keksa professorim Morri oʻz-oʻziga yordam berish biznesida emasdi. U relsda turib,
oʻlim parovozining hushtagini tinglar va hayotdagi ahamiyatli narsalar haqida aniq
tasavvurga ega edi.
Menga shu aniqlik zarur edi. Yoʻlini yoʻqotgan va shubha-gumonlar girdobida azoblanib
yurgan qalblarning har biri shu aniqlikka muhtoj edi.
– Istagan mavzuyingda savol ber, — derdi Morri doim.
Shu sababli quyidagi roʻyxatni tuzdim:
Oʻlim
Qoʻrquv
Keksayish
Nafs
Nikoh
Oila
Jamiyat
Kechirimlilik
Mazmunli umr
Avgust oxirlari, seshanba kuni Gʻarbiy Nyutonga toʻrtinchi bor kelayotganimda sumkamda
shu roʻyxat yotardi. Oʻsha kuni Logan aeroportida konditsioner buzilgan ekan, odamlar
yelpinib, jahl bilan peshonalaridan oqayotgan terni artishar va kimga koʻzim tushmasin,
hammasining yuz ifodasidan kimnidir boʻgʻizlab qoʻyishga tayyorligi bilinib turardi.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |