Ikkinchi seshanba: Oʻz-oʻziga achinish haqida suhbatlashamiz
Keyingi seshanba yana
Morrini koʻrgani bordim. Undan keyingi seshanba kunlari ham.
Ushbu tashriflarni siz oʻylaganingizdan-da koʻproq intiqib kutardim, oʻlayotgan odamning
boshida oʻtirish uchun har hafta yetti yuz mil masofadan uchib borganimdan ham bilib
olavering. Morrining
yonidaligimda oʻzimni boshqa davrga tushib qolgandik his qilardim va
oʻsha davrdagi men oʻzimga koʻproq yoqardi. Aeroportdan manzilgacha boʻlgan masofani
bosib oʻtishda foydalanish uchun ijaraga mobil telefon olishni toʻxtatdim. “Kerak boʻlsa,
kutishadi”, - taʼkidlardim oʻzimga, Morriga taqlid qilib.
Detroytda nashriyot bilan bogʻliq mojaro tinchimadi. Aksincha, yanada avj oldi. Ish
tashlovchilar va ularning oʻrniga ishga olinganlar oʻrtasida keskin toʻqnashuvlar sodir boʻla
boshladi; yuk mashinalari qatnov
ini toʻsib, yoʻlga yotib olganlar kaltaklanar va hibsga olinardi.
Shu voqealar taʼsiri ostida, Morri bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarim menga inson mehri
yordamida poklanishdek tuyulardi. Biz hayot haqida, muhabbat haqida suhbatlashardik.
Morrining sevimli mavzularidan biri
– rahmdillik va jamiyatimizda uning taqchilligi sabablari
29
haqida ham suhbatlashdik. Uchinchi tashrifimdan oldin “Non va tomosha” deb nomlangan
doʻkonda toʻxtab oʻtdim – Morrining uyida ularning yorligʻi tushirilgan paketlarga koʻzim
tushga
ndi, Morri ularning mahsulotlarini yoqtirsa kerak deb oʻyladim, – plastik idishga
qadoqlangan sabzavotli vermishel, sabzi shoʻrva va pahlava kabi bir qancha mahsulotlardan
koʻpgina xarid qildim.
Morrining kabinetiga kira solib, xuddi hozirgina bankni tunab
qaytgandek, qoʻlimdagi
paketlarni tepaga koʻtardim.
– Oziq-ovqat yetkazib berish xizmati! – qichqirdim men.
Morri koʻz qorachiqlarini aylantirib, jilmaydi.
Men esa kasallik rivojlanishining yangi belgilari paydo boʻlmadimikan deb uni zimdan koʻzdan
kechiraman. Barmoqlari qalam ushlash yoki koʻzoynagini tutib turish kabi vazifalarni yaxshi
bajarayotgandi, lekin u qoʻllarini koʻkragidan yuqoriga koʻtara olmasdi. U kundan kunga
oshxona va mehmonxonada kamroq vaqt oʻtkazib, koʻproq kabinetidagi yostiqlar,
yopinchiqlar va qurib qolgan oyoqlari uchun maxsus yasalgan penoplast tirgaklar bilan
yasatilgan yumshoq kresloda yotardi. Uning yonida qoʻngʻiroqcha turardi va yostiqni toʻgʻrilab
qoʻyish yoki, uning tili bilan aytganda, “tashqariga chiqib kelish” zarur boʻlganda, qoʻngʻiroqni
chalib, shaxsiy qarovchilari armiyasidagilardan biri
– Konni, Toni, Berta yoki Eymini
yordamga chaqirardi. Morri uchun qoʻngʻiroqni koʻtarish har doim ham oson kechmasdi va
buni uddalay olmagan paytlari oʻzidan hafsalasi pir boʻlardi.
Morridan “oʻzingizga achinasizmi?” deb soʻradim.
– Baʼzan, ertalablari, – javob berdi u, – odatda aynan shu vaqtda motam tutaman. Uygʻonib,
butun tanamni paypa
slayman: qoʻllarim, barmoqlarim va boshqa nimaiki aʼzolarim
ishlayotgan boʻlsa, hammasini qimirlatib koʻraman va ishdan chiqqan tana aʼzolarimga aza
tutaman. Oʻlim meni sekin-asta, makkorona yoʻl bilan mahv etayotganidan chuqur qaygʻuga
botaman. Keyin esa
birdaniga zorlanishni toʻxtataman.
– Shunday osongina-ya?
– Yigʻlagim kelsa, yaxshigina yigʻlab olaman. Lekin keyin diqqatimni meni hali tark etmagan
ijobiy narsalarga qarataman. Mendan xabar olgani kelayotgan odamlarga. Ulardan
eshitadigan hikoyalarga. Ag
ar seshanba boʻlsa, senga. Chunki biz seshanba odamlarimiz.
Men jilmaydim. Seshanba odamlari.
– Mich, shundan ortiq oʻzimga achinishim mumkin emas. Har tong oz-ozdan, bir-ikki tomchi
koʻz-yosh toʻkaman, boʻldi.
Men tonglari soatlab oʻz qadriga achinib oʻtiradigan tanishlarimni yodga olaman. Oʻzingga
achinishning kunlik miqdoriga cheklov qoʻyish qanchalar foydali boʻlardi. Bir necha daqiqa
30
koʻz yosh toʻkasan, keyin yana kundalik hayotingni davom ettiraverasan. Agar shunday
dahshatli xast
alikka chalingan Morri buni uddalayotgan boʻlsa…
– Xastaligimni dahshatli deb hisoblasanggina, u dahshat soladi, – dedi Morri. – Jismim
qovjirab, yoʻq boʻlib ketayotganini kuzatish dahshatli. Boshqa tomondan, u menga hamma
bilan xayrlashish uchun vaqt berayotgani quvonarli,
– jilmaydi u. – Hamma ham menchalik
omadli emas.
Men uni diqqat bilan kuzatdim: oʻrnidan turish, yuvinish va hatto shimini koʻtarib qoʻyishni
ham eplolmaydi. Shumi omad? Nahotki u buni chindan ham omad deb bilsa?
Tanaffus paytida
– Morri hojatxonaga chiqqanida, uning kursisi yonida yotgan Boston
gazetasini varaqladim. Unda bir kichik shaharchada ikki nafar oʻsmir qiz ular bilan
doʻstlashgan yetmish uch yoshli qariyani qiynab oʻldirib, keyin uning uy-vagonida doʻstlariga
bazm uyushtiri
b, murdani kelganlarga koʻz-koʻz qilib, qilgan ishlaridan maqtangani haqidagi
maqolaga koʻzim tushdi. Boshqa maqolada bir erkak unga telekoʻrsatuv orqali sevgi izhor
qilgan gey kishini oʻldirgani va tez orada uning ishi sudda koʻrilishi haqida hikoya qilingandi.
Gazetani joyiga qoʻydim. Har doimgidek yuzidan tabassum arimaydigan Morrini xonaga surib
olib kirishdi, Konni uni koʻtarib, nogironlar aravachasidan yumshoq kresloga oʻtqazib qoʻyish
uchun egildi.
– Istasangiz, men oʻtqazib qoʻyaman? – dedim men.
O
raga bir lahza jimlik choʻkdi, nega toʻsatdan bunday taklif bildirganimni oʻzim ham
bilmasdim. Biroq Morri Konniga qaradi va:
– Qanday qilishni unga koʻrsatib yuborasanmi? – deb soʻradi.
– Albatta, – javob qildi Konni.
Uning koʻrsatmalariga amal qilgan holda ikki qoʻlimni Morrining qoʻltiqlari ostidan oʻtkazib
birlashtirdim va katta bolorni tagidan ushlab koʻtargandek uni oʻzimga tortdim. Keyin esa
qaddimni tiklab, uni koʻtardim. Odatda biror kishini koʻtarganingizda, ularning yiqilmaslik
uchun qoʻllari bilan boʻyningizdan quchoqlab olishini kutasiz, ammo Morri bunday qilolmasdi.
U jonsiz yukdek tuyulardi, uni koʻtarganimda boshi ohista yelkamga urildi, tanasi oʻta
yumshoq ulkan nondek shalvirab qolgandi.
– Aaaahhh, – sekin ingradi Morri.
– Tutib turibman sizni, tutib turibman, – dedim men.
Uni mana shunday bagʻrimga bosib, tutib turganimda, qalbimda uygʻongan his-tuygʻularni
taʼriflab berolmayman. Uning soʻlib borayotgan tanasida oʻlim urugʻlari nish urayotganini his
qildim. Uni kursiga yotqizib, yostiq
ni boshiga toʻgʻrilab qoʻyar ekanman, achchiq haqiqatni –
vaqtimiz tugab borayotganini angladim.
31
Nimadir qilishim shart edi.
1978-
yil, universitetda uchinchi kurs talabasiman. Disko musiqasi va “Rokki” filmi rosa urf
boʻlgan paytlar. Brandeysda jamiyatshunoslik fanidan Morrining “Guruhlardagi jarayon”
nomli noodatiy darsida oʻtiribmiz. Har hafta guruhimizdagi talabalarning oʻzaro
munosabatlarini oʻrganamiz, ular jahl, rashk va eʼtiborga qanday javob bildirishlarini
kuzatamiz. Biz
– odam qiyofasidagi tajriba kalamushlarimiz. Aksariyat hollarda birortamiz
yigʻlab yuboramiz. Men jamiyatshunoslik darslariga “taʼsirchan va koʻngilchan” deb nom
qoʻyib olganman. Morri meni teran fikrli boʻlishga chaqiradi.
Shu kuni Morri biz uchun mashq tayyorlab qoʻyganini aytadi. Oʻrnimizdan turib, bir
kursdoshimizga orqa burishimiz va u bizni tutib qolishiga ishonib, ortga yiqilishimiz soʻraladi.
Koʻpchilik ichida oʻngʻaysizlanadi, orqaga bir-ikki dyuym ogʻib, keyin yiqilishdan oʻzini toʻxtatib
qoladi. Xijolat ichida kulamiz. V
a nihoyat, ozgʻin, kamgap, qora sochli, deyarli har doim
baliqchinikidek keng oq jemferlar kiyib yuradigan qiz qoʻllarini koʻksiga chalishtirib, koʻzlarini
yumgancha oʻzini orqaga tashlaydi, xuddi Lipton choyi reklamasidagi model qiz oʻzini suvga
tashlagandek.
Bir soniya u yerga gursillab tushadigandek tuyuladi menga. Soʻnggi lahzalarda sherigi uning
boshi va yelkalaridan tutib qolib, yuqoriga itaradi.
– Uxxxx, – baqirib yuboradi bir nechta talaba. Baʼzilar qarsak chaladi. Morri tabassum qiladi.
– Koʻrdingmi, – deydi u qizga, – sen koʻzingni yumding. Boshqalardan farqing shunda edi.
Baʼzida koʻzimiz bilan koʻrib turgan narsalarimizga ishonolmaymiz, shunda ichki
tuygʻularimizga suyanishga toʻgʻri keladi. Oʻzgalar sizga ishonishini xohlasangiz, oʻzingiz
ham
ularga ishona olishingizni his qilishingiz kerak: koʻzingizni chirt yumuq boʻlsa ham, hatto
qulayotgan paytingizda ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |