kuzatin
g. Birgalikda oʻrganamiz.
Morri hayot va mamot oʻrtasidagi koʻprikni bosib oʻtarkan, soʻnggi safari haqida hikoya qilib
borishga qaror qildi.
Kuzgi semestr bir nafasda oʻtib ketdi. Dorilar soni koʻpaydi. Muolajalar esa kundalik
hayotning bir qismiga aylandi. Hamshiralar professorning uyiga qatnay boshladi. Mushaklar
faolligi yoʻqolmasligi uchun uning jonsizlanib borayotgan oyoqlarini harakatlantirish,
quduqdan suv tortayotgandek, koʻtarib-tushirish, bukish mashqlarini bajartirish zarur edi.
Uqalash mutaxassislari uni muntazam azoblayotgan mushaklar uvushishidan xalos etish
uchun haftada bir marta tashrif buyurardi. U meditatsiya murabbiylari bilan uchrashar,
koʻzlarini yumib, butun borligʻi faqatgina nafas olishga qaratilmagunicha, xayolidagi oʻylarni
birma-
bir oʻchirib chiqardi: nafas olamiz-chiqaramiz, olamiz-chiqaramiz.
Bir kuni Morri hassasi yordamida trotuarga chiqaman deb, yoʻl yuziga yiqilib tushdi. Shundan
soʻng, hassa toʻrt oyoqli tirgak bilan almashtirildi. Tanasi zaiflashib borarkan, hojatxonaga
borib kelish ham uning tinka-
madorini quritadigan boʻldi. Morri tuvakka oʻtirishga odatlandi.
6
Biroq shuni ham mustaqil bajarishga holi yoʻq edi – kimdir unga tuvakni tutib turishiga toʻgʻri
kelardi.
Koʻpchiligimiz bunday ishlardan xijolat chekkan boʻlardik, ayniqsa, Morrining yoshida. Ammo
Morri koʻpchiligimizga oʻxshamasdi. Yaqin hamkasblari uni koʻrgani kelganda, Morri ulardan:
“Menga qara, siyishim kerak. Yordamlashib yubormaysanmi? Malol kelmaydimi?” - deb
soʻrardi.
Mehmonlar, koʻpincha, ularga bu ish malol kelmasligidan oʻzlari ham hayron qolardi.
Uni koʻrgani keluvchilar oqimi oshib borar, u esa mehmonlar koʻnglini ovlashdan mamnun
edi. Oʻlim, uning asl mohiyati, jamiyat oʻlimning nima ekanini anglamasdan, azaldan undan
qoʻrqib yashagani borasida fikr yuritish uchun muhokama guruhlari tuzib olgandi. Morri
doʻstlaridan, agar ular chindan ham yordam bermoqchi boʻlsalar, unga achinish koʻzi bilan
qaramasliklarini, aksincha, tashriflari, telefon suhbatlari, odatdagidek, muammolarini Morri
bilan boʻlishish orqali uni xursand qilishlarini soʻradi, chunki u har doim ajoyib tinglovchi
boʻlgan.
Dard kuchayib borayotganiga qaramasdan, uning jarangdor ovozi hali ham oʻziga tortar,
xayolida esa minglab oʻylar charx urardi. “Oʻlim” tushunchasi “keraksiz” soʻzi bilan maʼnodosh
emasligini isbotlashga bel bogʻlagandi.
Yangi yil ham oʻtdi. Hali hech kimga aytmagan boʻlsa-da, Morri bu yil umrining soʻnggi yili
ekanini bilib turardi. Bu paytga kelib, u nogironlar aravachasiga mixlangan, qadrli
insonlarining barchasiga aytis
hi lozim boʻlgan gaplarni aytib qolishga ulgurish uchun vaqt
bilan kurashayotgandi. Brandeysdagi hamkasblaridan biri kutilmaganda yurak xurujidan
vafot etganda, Morri uning dafn marosimiga bordi. Uyga tushkun holda qaytdi.
– Esiz, – dedi u. – Kelganlar u haqida shuncha yaxshi gaplarni aytsa-yu, Irv bularning hech
birini eshitmasa.
Kutilmaganda Morrining xayoliga ajoyib fikr keldi. U bir nechta doʻstlariga qoʻngʻiroq qildi.
Kerakli sanani tanladi. Sovuq yakshanba kunlarining birida “jonli dafn marosimi”ni oʻtkazish
uchun unikida oila aʼzolari va doʻstlaridan iborat kichik jamoa toʻplandi. Ularning har biri
soʻzga chiqib, keksa professorimga oʻz hurmatini izhor qildi. Baʼzilar koʻziga yosh oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |