10
Maqola “Tungi xabarlar” koʻrsatuvi prodyuserlaridan birining eʼtiborini tortdi va u Koppelga
koʻrsatish uchun gazetani Vashington D.C.ga koʻtarib keldi.
– Mana buni bir koʻrgin, - dedi prodyuser.
Hash-
pash deguncha, Morrining xonasi operatorlar bilan toʻlgan, Koppelning limuzini esa uy
tashqarisida turardi.
Morrining oila aʼzolari va doʻstlaridan bir nechtasi Koppel bilan uchrashish uchun unikida
toʻplanishdi. Ushbu mashhur inson uyga kirib kelganida, xonada hayajonli gʻala-gʻovur
koʻtarildi, faqat Morrigina xotirjamlikni yoʻqotmay, aravachasida Koppelning oldiga chiqib,
chimirilgan qoshlari ostidan unga qaradi. Uning baland va jarangdor ovozi shovqin-suronni
boʻldi:
– Ted, bu suhbatga rozilik berishdan avval seni bir sinab koʻrishim kerak.
Bir muddat xonaga oʻngʻaysiz jimlik choʻkdi. Keyin esa ikkalasi kabinet tomon yoʻl oldi. Eshik
mahkam yopildi.
– Urdi Xudo, – shivirladi eshik tashqarisida qolgan doʻstlardan biri boshqasiga. – Ishqilib, Ted
Morriga yumshoqroq munosabatda boʻlsin-da.
– Aksincha, Morri
Tedga shafqat qilsin, ishqilib, – dedi ikkinchisi.
Kabinetga kirgach, Morri Tedga kursiga oʻtirishni ishora qildi. Qovushtirilgan qoʻllarini
tizzasiga qoʻyib, tabassum qildi.
– Siz qalbingiz tubida asraydigan narsalar haqida gapirib bering.
– Qalbim tubida?
Koppel qariyaga sinovchan nigoh tashladi.
– Mayli, – dedi u ehtiyotkorona va farzandlari haqida soʻzlay boshladi.
Axir farzandlari doim qalbida-ku, shunday emasmi?
– Yaxshi, -– dedi Morri. – Endi menga eʼtiqodingiz toʻgʻrisida gapirib bering.
Koppel bir oz oʻngʻaysizlandi.
– Odatda men bunday mavzularni endigina tanishgan odamlarim bilan muhokama
qilmayman.
– Ted, men oʻlyapman, – dedi Morri, koʻzoynak ustidan unga tikilib. – Juda kam vaqtim
qolgan.
Koppel kulib yubordi. Mayli. Demak, eʼtiqod. U Avreliy Markdan oʻzining qarashlarini aks
ettiradigan parcha oʻqib berdi. Morri jimgina bosh irgʻatdi.
11
– Endi men savol bersam, – dedi Koppel. – Hech men olib boradigan koʻrsatuvni tomosha
qilganmisiz oʻzi?
Morri yelkasini uchirdi.
– Adashmasam, ikki marta.
– Ikki marta? Ikki martaginami?
– Ranjishga shoshilmang. “Opra”ni bir martagina koʻrganman.
– Xoʻp, koʻrsatuvimni ikki marta koʻrganingizda qanday xulosaga kelgansiz?
Morri bir oz sukut saqladi.
– Rostini aytaymi?
– Ha?
– Oʻziga bino qoʻygan odamdek koʻringansiz menga.
Koppel qahqaha otib kulib yubordi.
– Oʻzimga bino qoʻyish uchun juda badbasharalik qilaman, – dedi keyin.
Tez orada mehmonxonadagi kamin oldida suratga olish jarayoni boshlandi. Koppel astoydil
dazmollangan koʻk kostyum-shimda, Morri esa keng kulrang sviter kiyib olgandi. U suhbat
uchun ust-boshini chiroylisiga almashtirishdan ham, pardoz qildirishdan ham bosh tortdi.
Uning falsafasiga koʻra, oʻlim uyaladigan narsa emasdi, demak, yuziga upa surishga ham
hojat yoʻq.
Morri nogironlar aravachasida oʻtirganligi sababli uning jonsiz oyoqlari kameraga tushmadi.
Hali qo
ʻllarini harakatlantira olgani uchun, Morri doim qoʻllarini silkitib gapirardi,
qanday qilib
oʻlimni mardonavor qarshi olish mumkinligi haqida ehtirosga toʻlib soʻzlashini koʻrishimiz
mumkin edi.
– Ted, – deb gap boshladi u. – Men bu gʻalvalar boshlangandayoq oʻzimga oʻzim savol
berdim: “Boshqalarga oʻxshab tarki dunyo qilaymi yoki imkoni boricha hayotdan bahra olib
yashaymi?” va yashashga qaror qildim. Hech boʻlmaganda, qadr-qimmat, jasorat, yaxshi
kayfiyat va xotirjamlikni saqlagan holda oʻzim istagandek yashashga urinib koʻrishga ahd
qildim. Yigʻlab uygʻongan tonglarim ham boʻlib turadi. Oʻzimga oʻzim aza tutib, koʻz-yosh
toʻkaman. Baʼzida esa gʻazabga toʻlib uygʻonaman. Lekin bunday holatlar uzoq davom
etmaydi. Oʻzimga bir oz achinib olganimdan soʻng oʻrnimdan turib, “Men yashashni istayman”
deya taʼkidlayman. Hozircha, buni uddalayapman. Yana shunday davom etish qoʻlimdan
keladimi? Buni bilmayman. Menimcha, qoʻlimdan keladi.
Koppel uni butun vujudi bilan tinglardi. “Oʻlimning yaqinligi odamni kamtarlikka undaydimi?”
– deb savol berdi u.
12
– Qanday tushuntirsam ekan senga buni, Fred, – deb yubordi toʻsatdan Morri va tezgina
xatosini toʻgʻriladi, - Ted demoqchi edim…
–
Do'stlaringiz bilan baham: