partish qoʻyilganidan u ukamdan kelgani bilinib turardi.
“SALOM VA NIHOYAT TOʻQSONINCHI YILLARGA QADAM QOʻYDIM!”, deb boshlanardi
xabar. U hafta davomida nimalar qilgani haqida yozib, bir juft latifa
ham qoʻshib qoʻygandi.
Xabar shunday yakunlangandi:
Shu kunlarda jigʻildonim qaynab, ichim ketib yotibdi – megajin hayot. Keyinroq
gaplasharmiz? Bemor Dumba
Kulaverib, koʻzlarimdan yosh chiqib ketdi.
Ushbu kitob
gʻoyasi asosan Morriga tegishli edi. U kitobni “soʻnggi ilmiy ishimiz” deb atardi.
Eng yaxshi loyihalarda boʻlgani kabi bu ish ikkimizni ancha yaqinlashtirdi. Morri bir necha
noshirlar kitobga qiziqish bildirganini eshitib, juda quvongandi, biroq ularning hech biri bilan
uchrashish unga nasib etmadi.
Kitob uchun toʻlangan boʻnakning Morrining ulkan tibbiy
xarajatlarini qoplashda foydasi tegganidan ikkalamiz ham mamnun edik.
Aytgancha, kitob nomini Morrining kabinetida
oʻtirib, bir kundayoq oʻylab topganmiz. U nom
tanlashni yoqtirardi. Morri bir nechta nomlarni taklif qildi. Lekin men
““Morrining seshanba
darslari”ga nima deysiz?” deb soʻraganimda, uning yuziga tabassum, yonoqlariga qizillik
yugurganini koʻrib, shu nomda toʻxtalishimizni angladim.
Morrining vafotidan
soʻng universitet davridan qolgan kitob-daftarlarim joylangan qutilarni
birma-
bir koʻzdan kechirdim. Ular orasidan Morrining darslaridan biri uchun yozgan yakuniy
nazorat ishimni topib oldim.
Yozilganiga ham yigirma yil boʻlibdi. Muqovasining old tomonida
101
mening Morri uchun qalam bilan qingʻir-qiyshiq yozilgan mulohazalarim, uning ostida esa
Morrining mulohazalari qoldirilgan edi.
Meniki “Qadrli murabbiy…” deb boshlangan.
Uniki esa “Qadrli oʻyinchi…” deb.
Negadir har safar shu bitiklarni
oʻqiganimda, uni yanada koʻproq sogʻinaman.
Hayotingizda hech haqiqiy ustozingiz boʻlganmi? Siz hali ishlov berilmagan tosh boʻlsangiz-
da, donolik bilan sayqallansa, noyob
olmosga aylanishingizga ishonchi komil boʻlgan ustoz?
Agar omadingiz kulib, shunday ustozni uchratib qolsangiz,
vaqt oʻtib, albatta, uning yoniga
qaytasiz
. Baʼzan, shunchaki, xayolingizda. Baʼzida esa shundoqqina u yotgan yotoq yoniga.
Keksa professorim hayotining soʻnggi darslari uning uyida, u mittigina hibiskus butasining
pushti gulla
ri toʻkilishini tomosha qilishi mumkin boʻlgan kabinet derazasi yonida, haftada bir
marta oʻtilardi. Sinf seshanba kunlari yigʻilardi. Hech qanday darslikdan foydalanilmasdi.
Fanimiz
“Hayot mazmuni” deb atalardi. Unda professor boshdan kechirgan hayotiy saboqlar
oʻqitilardi.
Saboqlar davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |