99
Oʻylashimcha, Morri atay shu tarzda jon berdi. U boshqalarni qoʻrqitib yuborishni xohlamadi.
Kimdir uning joni uzishiliga guvoh boʻlib, bir umr shu lahza taʼqibi ostida yashashini istamadi.
Xuddi uning oʻzini onasining vafoti haqida telegramma yoki otasining jasadini shahar
morgida koʻrganidagi dahshat bir umr taʼqib qilganidek.
Menimcha, u oʻz yotogʻida yotganini, kitoblari, qaydlari va kichik hibiskus butasi uning
yonginasida ekanini his qilib turgan. U bu dunyoni xotirjam tark etishni xohlagandi
– xuddi
shunday boʻldi.
Dafn marosimi tongida shamol esib turar, havo nam edi. Oʻt-oʻlanlar hoʻl, osmon qaymoqrang
tusda edi. Biz tepalikdagi yangi qazilgan qabr yonida turardik, hovuz suvining qirgʻoqqa
urilayotgani
eshitilib turar, oʻrdaklar qanotlarini qoqib suzib yurardi.
Yuzlab kishilar marosimda ishtirok etishni xohlagan boʻlsa-da, Sharlotta marosim ixcham
oʻtishini xohladi: faqat bir necha yaqin doʻstlari va qarindoshlari keldi. Ravvin Akselrod bir
nechta sheʼr oʻqidi. Bolaligida poliomiyelit bilan ogʻrigani tufayli hali ham oqsoqlanib
yuradigan Morrining ukasi Devid, anʼanaga koʻra, belkurakda qabrga tuproq tashladi.
Morrining kuli qabrga joylashtirilgach, yon-
atrofni koʻzdan kechirdim. Morri haq edi – ajoyib
joy. Daraxtlar, oʻt-oʻlanlar va qiya tepalik.
“Sen gapirasan, men esa eshitaman”, – degandi u oʻshanda.
Morri aytganidek, u bilan xayolan su
hbatlashib koʻrdim. Bu xayoliy suhbat rostdan ham
tabiiydek tuyuldi. Beixtiyor bilagimga qarab, qoʻl soatimga koʻzim tushdi va buning sababini
angladim: kun seshanba edi.
“Tark
etar onda ham kuyladi otam,
Xonish kurtaklarga hadya etdi jon.
(Bilardik
bahor ham aylashin xirom
Otamning qoʻshigʻin eshitgan hamon)...”
Dafn marosimida Morrining oʻgʻli Rob tomonidan oʻqilgan sheʼr, muallifi – E. E. Kammings.
Xotima
Baʼzan oʻtmishga boqib, keksa professorimni qayta uchratishimdan oldingi “men”imni –
tamomila oʻzgacha insonni koʻz oldimga keltiraman. Oʻsha inson bilan suhbat qurgim keladi.
Unga nimalarni qidirish va qaysi xatolardan qochish kerakligini aytgim keladi. Unga qarata,
“Bagʻrikeng boʻl, jamiyat tomonidan targʻib qilinadigan qadriyatlar vasvasasiga uchma,
yaqinlaring soʻzlayotganida, goʻyoki ular bilan soʻnggi marta suhbatlashayotgandek diqqat
bilan tingla”, degim keladi.
100
Eng muhimi, men unga samolyotga oʻtirib, Massachusets shtatidagi Gʻarbiy Nyuton
shaharchasida yashayotgan nuroniyni ertaroq
– u xastalanib raqsga tushish qobiliyatini
yoʻqotmasidan oldin borib koʻrishi kerakligini aytgim keladi.
Bilaman, bu qoʻlimdan kelmaydi. Hech birimiz oʻtgan ishlarni oʻzgartira olmaymiz, allaqachon
tasmaga muhrlangan hayotimizni ham qayta yashash imkonsiz. Ammo Professor Morri
Shvarts menga bergan eng muhim saboq bu
– hayotda “endi juda kech” degan
tushunchaning mavjud emasligi. U soʻnggi nafasigacha oʻzini tarbiyalashda davom etdi.
Morri
ning oʻlimidan koʻp oʻtmay, Ispaniyadagi ukam bilan suhbatlashishga muvaffaq boʻldim.
Uzoq gaplashdik. Uning maʼlum masofa saqlash istagini hurmat qilishimni, men bor-yoʻgʻi
oʻtmish xotiralari bilan yashash oʻrniga, aynan hozir xabarlashib turishni va u imkon
berganicha munosabatlarimizni tiklashni xohlashimni aytdim.
– Sen mening yakka-yu yolgʻiz ukamsan, – dedim men. – Seni yoʻqotishni xohlamayman.
Seni yaxshi koʻraman.
Shu paytgacha unga bunday gaplarni hech aytmagandim.
Bir necha kun oʻtib, faks orqali xabar oldim. Xabar matni bosh harflar bilan yozilib, tinish
belgilari pala-
Do'stlaringiz bilan baham: