84
Avvalgi ikki Koppel-
Shvarts koʻrsatuvidan farqli ravishda bu galgi tasvirga olish ishlari
faqatgina Morrining kabinetida olib borildi. U xonada turgan kursiga bandi edi. Keksa
professorim bilan oʻpishib koʻrishgan Koppel kitob javoni yoniga qisilibgina joylashdi, aks
holda, kadrga sigʻmay qolardi.
Suhbatni boshlashdan oldin Koppel Morrining dardi qanchalik ogʻirlashganini soʻradi.
– Ahvolingiz qanday oʻzi, Morri?
Morri bemajol qoʻlini koʻtardi – zoʻrgʻa qornigacha koʻtarildi. Undan yuqoriga koʻtarishga
madori yetmasdi. Koppel savoliga javob olgandi.
Tasvirga olish ishlari boshlandi: uchinchi va soʻnggi suhbat. Koppel Morridan “oʻlimingiz
yaqinlashgani sari qoʻrquvingiz ortib boryaptimi?” deb soʻradi. Morri “yoʻq” deb javob qaytardi.
Aslini olgan
da, hozir qoʻrquv avvalgidan ancha kamaygandi. U tashqi olamdan tobora uzilib
borayotgandi: avvalgidek gazeta oʻqib berishlarini soʻramas, pochta orqali kelayotgan
xatlarga ham uncha eʼtibor bermas, bularning oʻrniga koʻproq musiqa tinglar va derazadan
bar
glar rangi oʻzgarishini tomosha qilardi.
Morri ALSdan aziyat chekkan boshqa kishilar borligini ham bilardi; ulardan ayrimlari mashhur
shaxslar edi, masalan, buyuk fizik, “Vaqtning qisqacha tarixi” kitobi muallifi Stiven Xoking. U
tomogʻidan ochilgan teshik bilan kun kechirar, kompyuter sintezatori yordamida gapirar va
koʻz harakatlarini ilgʻab oluvchi sensor yordamida kiprik qoqish orqali harf terardi.
Morri uning matonatiga qoyil qolar, biroq oʻzi bu tarzda yashashni xohlamasdi. U Koppelga
hayot bilan xayrlashish vaqti qachon kelishini bilishini aytdi.
– Ted, hayot men uchun muloqot degani. Oʻz his-tuygʻularimni ifoda etish, boshqalar bilan
suhbatlashish, qaygʻu va quvonchlariga sherik boʻlish tirikligimni anglatadi. – Morri chuqur
nafas oldi.
– Bular
poyoniga yetganda, Morrining ham paymonasi toʻladi.
Ular xuddi qadrdonlardek suhbatlashishdi. Oldingi ikki suhbatdagidek, Koppel “ketni artish
sinovi” haqida soʻradi – aftidan, hazilomuz javob kutgandi. Biroq Morrining jilmayishga ham
holi qolmagandi.
U faqat b
osh chayqab qoʻydi:
– Hozir hatto tuvakda ham qaddimni tik tutib oʻtirolmayman. Har yonga ogʻib ketaveraman,
shu sababli meni ushlab turishadi. Ishimni tugatgach, ketimni artib qoʻyishadi. Ahvolim shu
darajaga kelib qolgan.
U Koppelga osoyishtalikda jon be
rishni xohlashini aytdi. Va oʻzining yangi yozilgan hikmatli
soʻzi bilan boʻlishdi: “Juda erta ketishga oshiqma, lekin juda uzoq ham qolib ketma”.
Koppel tushkun kayfiyatda bosh irgʻatdi. “Tungi xabarlar”ning dastlabki soni olinganidan beri
atigi olti oy oʻtgan boʻlsa-da, hozirgi Morri Shvarts deyarli murdaga aylangandi. Koʻrsatuv
85
tomoshabinlari oʻlim haqidagi miniserial koʻrayotgandek edi, Morri ularning koʻz oʻngida soʻlib
borardi. Biroq uning jismi nurab borgani sari, shaxs sifatida oldingidan-da yorqinroq porlardi.
Suhbat oxirlab qolganda, tasvirda Morrining bir oʻzini qoldirishdi, Koppelning esa faqat ovozi
eshitilib turardi. Koppel keksa professorimdan “sizning muxlisingizga aylangan millionlab
teletomoshabinlarga
aytadigan biror soʻzingiz bormi?” – deya soʻradi. Koppel buni xayoliga
ham keltirmagan boʻlsa-da, uning savoli oʻlimga hukm qilingan shaxsga soʻnggi soʻzini
aytishga imkon berayotgandek yangradi.
– Mehr-shafqatli boʻling, – shivirladi Morri. – Bir-biringizga tayanch boʻling. Agar shu narsalar
bizga saboq boʻlganida edi, dunyo yashash uchun yaxshiroq joyga aylangan boʻlardi. – Soʻng
bir nafas tin olib, qoʻshimcha qildi – “Bir-biringizga mehr-muhabbat koʻrsating, yoʻqsa
halokatga yuz tutasiz”.
Suhbat yakunlandi. Lekin negadir tasvirchi video-
kamerani oʻchirmadi va oxirgi sahna ham
tasvirga tushdi.
– Barakalla, suhbatni yaxshi oʻtkazdingiz, Morri, – dedi Koppel.
Morri bazoʻr jilmaydi.
– Qoʻldan kelgancha harakat qildim, – dedi keyin.
– Har doimgidek.
– Ted, xastalik ruhimga chang solmoqda. Lekin uni sindirolmaydi. Jismimni barbod qilishi
mumkin. Ruhimni emas.
Koppelning koʻzlari yoshga toʻldi.
– Juda yaxshi
insonsiz, Morri.
– Shunday deb oʻylaysizmi? – Morri koʻzini shiftga tikdi. – Hozir U bilan muzokara olib
boryapman. Undan qayta-
qayta: “Farishtalaringdan biriga aylanamanmi yoki yoʻq?” deb
soʻrayapman.
Morri Xudoga murojaat qilishiga ilk bora iqror boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: