6- Sinf (TAKROR) 1."Rim tarixi" nomli asar yozgan shaxs kim? A)Plutarx B)Tit Liviy C)Kvint Kursiy Ruf D)Platon
2.Kim Yunon-rim sarkardalari hayoti haqida kitob yozgan? A)Plutarx B)Tit Liviy C)Kvint Kursiy Ruf D)Platon
3.Quyidagi tarixiy jarayonlarning qaysilari davrlarga bo’lganda ma’lum bir davrning so’nggi bosqichlarida yuz bergan? 1) o’q-yoyning kashf etilishi; 2) turar joylar qurishning boshlanishi; 3) hayvonlarning qo’lga o’rgatishning boshlanishi; 4)misdan foydalanishning boshlanishi; 5) ancha takomillashgan mehnat qurollarining vujudga kelishi; 6) xom g’ishtdan ko’p
xonali uylarning qurilishi; 7) kulolchilik va to’quvchilikning kashf etilishi. A) 4 B) 3, 4 C) 1, 5, 7 D) 2, 3, 6
4 Quyidagi tarixiy voqealarning qaysi biri keyinroq sodir bo’lgan? A) Dovon davlatining barham topishi B) Kushon davlatining parchalanib ketishi C) Rim 410-yilda Alarix boshchiligidagi gotlar omonidan yakson qilinishi D) “Sariq ro’mollilar” qo’zg’olonining sodir bo’lishi
5.Dunyo tarixida mil. avv VII asrda yuz bergan voqealarni aniqlang? 1) Misr yana yagona davlatga birlashdi; 2) Yangi Bobil podsholigi tashkil topdi; 3) Tir-Sidon podsholigi Ossuriya tomonidan bosib olindi; 4) Midiyada Kiaksar hukmronlik qildi; 5) Qadimgi Baqtriya davlati tashkil topdi; 6) Ko’zaliqir
shahriga asos solindi; N 7) Drakont qonunlari qabul qilindi. A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 5, 6, 7. C) 1, 2, 5, 6, 7 D) 1, 2, 4, 5, 6, 7
6.Quyidagi tarixiy voqealardan bir asrda sodir bo’lganlarini aniqlang? 1) Misrga giksos qabilalari bostirib kirdi; 2) Shumer-Akkad davlati parchalanib ketdi; 3) Bobil podsholigida Xammurapi hukmronlik qildi; 4) Ossuriya o’z ravnaqining cho’qqisiga erishdi; 5) Xett davlati tashkil topdi; 6) Krit oroliga mikena qabilalari bostirib kirishdi; 7) Moxenjodaro va Xarappa sivilizatsiyalari
zavolga uchray boshladi; 8) Eron hududiga midiyaliklar va forslar ko’chib kelib o’rnashishdi. A) 1, 3, 5 B) 4, 5, 6, 7, 8 C) 2, 3, 4, 8 D) 1, 3, 4, 5, 6, 7
7. Quyidagi davlatlarning barham topgan davrini to’g’ri belgilang? 1) So’nggi Misr podsholigi; 2) Ossuriya davlati; 3) Bobil podsholigi; 4) Yahudiya podsholigi. a) mil. avv. 605-yil; b) mil.avv. 525-yil; c) mil. avv. 539-yil; d) mil.avv. 586-yil. A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
8.Quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri xato berilgan? A)Baqtriya, So’g’diyona va Marg’iyona Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. B) O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi yozuv Qo’yqirilganqal’a yodgorligidan topilgan. C) Aleksandrning O’rta Osiyoga yurishidan so’ng Xorazm, Toshkent va Sirdaryo hududlari mustaqil qolgan. D) Qang’ davlatining poytaxti bo’lgan Qang’dez shahri xarobalari Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanidan topilgan.
9. Miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda O’rta Osiyoda … A) ilk dehqonchilik manzilgohlari vujudga keldi. B) ilk shahar-davlatlar vujudga keldi. C) “Avesto” ning eng qadimiy qismlari yaratildi. D) temirdan yasalgan buyumlar keng tarqaldi.
10. “Buyuk ipak yo’li”ga mazkur nom berilgan yili … A) Turkistonda birinchi rus-tuzem maktabi faoliyat yurita boshlagan. B)Dastlabki poezd Buxoroga yetib kelgan. C) “Amudaryo xazinasi” topilgan. D) Qo’qon xonligi tugatilgan.
11.Yunon-fors urushlari davrida yuz bergan Plateya jangidan 40 yil muqaddam O’rta Osiyo tarixida yuz bergan voqeani aniqlang. A) Marg’iyonada forslar hukmronligiga qarshi Frada boshchiligida qo’zg’olon boshlandi. B) Fors shohi Kir II Marg’iyona va Baqtriyani bosib oldi. C) Fors shohi Kir II massagetlar bilan bo’lgan jangda halok bo’ldi. D) Fors shohi Doro I Sirdaryo bo’yida yashovchi saklar ustiga yurish boshladi.
12.Milodiy I asrda vujudga kelgan davlatni Belgilang. A) Parfiya B) Dovon C) Kushon D)
Yunon-Baqtriya 13.Aleksandr Makedonskiy qo’shini Maroqandni egallagandan uch asr o’tgach, … A) Oktavianga Senat tamonidan Avgust laqabi berildi. B) Ossuriya tarkibidan dastlab Bobil, so’ngra Midiya ajralib chiqishdi. C) Rim hukmdori Yuliy Sezar fitna oqibatida o’ldirildi. D)Xitoy imperatori U-Dining hukmronligi o’z poyoniga yetdi.
14.Qadimiy afsonalarga ko’ra, … osmondagi suvni tutqunlikdan xalos aylagach, Yer yuzida qurg’oqchilik poyoniga yetibdi.
A) Mitra B) Indra C) Poseydon D) Yupiter
15.Xitoyda bambuk o’rniga ipak matoga yozishga o’tilgan davrda … A) Falastinga qadimiy yahudiy qabilalari ko’chib kelib joylashdilar. B) Surxon vohasida Jarqo’ton manzilgohi vujudga keldi. C) Yunonistonda teatr vujudga keldi. D) Misr fir’avni Tutmos II Old Osiyoga katta
16.Qadimgi dunyo tarixiga oid xudolar ichidan donishmandlik xudosi hisoblanganlarini aniqlang. 1) Tot; 2) Ishtar; 3) Yupiter; 4) Ganesha; 5) Afina; 6) Shamash; 7) Apollon. A) 1, 4, 5 B) 3, 4, 5, 7 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 4, 7
17.Quyidagi atamalardan qaysi birining ta’rifi xato ko’rsatilgan? A) Saka xaumovarka – o’tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar B) oriylar – qadimiy xalqlardan bo’lib, tarjimasi “sodiqlar”, “erkinlar” ma’nolarini anglatadi C) varzana – hududiy qo’shnichilik jamoasi D) kolon –
mayda yer ijarachilari 18.Quyidagi voqealarning qaysi birlari ayni bir asrda ro’y bergan? A) Qang’ imperiyasi qabilalarning qudratli davlat birlashmasiga aylandi va Zama shahri yonidagi jang yuz berdi. B) Kushon imperiyasi o’zaro urushlar oqibatida zavolga uchray boshladi va Rim imperiyasining “oltin asri” ro’y berdi. C) Xorazmda dastlabki mahalliy yozuv ixtiro qilindi va Ahamoniylar imperiyasi barham topdi. D) Xitoyda qog’oz ixtiro qilindi va Kushon podsholigi tashkil topdi.
19.Xitoyda “sariq ro’mollilar” qo’zg’oloni yuz bergan asrda … 1) Dovon davlati barham topdi. 2) Xorazmda mahalliy taqvim yaratildi. 3) Puni urushlari Rimning g’alabasi bilan tugadi. 4) Rim tarixida “oltin asr” yuz berdi. 5) Xitoydagi Xan imperiyasi uchga bo’linib ketdi. A) 2,4 B) 1,5 C) 1,4 D) 1,3,4
20. O’rta Osiyoda mil. avv. VII-VI asrlarda qadimiy shaharlar rivojiga turtki bo’lgan asosiy omillar nima edi? A)dehqonchilik rivojlanishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishi B) o’zaro urushlar kuchayishi sharoitida qabilalarning yirik birlashmalarga uyushishga majbur bo’lganligi C) hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi D) qabila elatlarning tinch-totuv yashaganligi va vayronkor urushlarning bo’lmaganligi
21.Quyidagi tarixiy voqealardan ayni bir asrga taalluqlilarini belgilang. 1) tarixchi Poliyen yashab, ijod qildi; 2) Dovon davlati barham topdi; 3) Rim imperiyasi tarixida “oltin asr” ro’y berdi; 4) tarixchi Arrian yashab, ijod qildi; 5) Xorazmda
mahalliy taqvim ixtiro qilindi; 6) Xitoyda “Sariq ro’mollilar” yuz berdi. A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 3, 4, 6 C) 2, 3, 4, 6 D) 2, 4, 5, 6
22.Quyidagi tarixiy shaxslar faoliyatiga oid ta’riflar xato berilgan javob variantini aniqlang. A) Alarix – 410-yilda Rimni bosib olgan germanlarning got qabilalari yetakchisi B) Mark Krass – Spartak qo’zg’olonini bostirgan Rim sarkardasi C)Fidiy – mashhur Zevs haykalini,Panteon ibodatxonasini barpo etgan hamda Akropolning qayta qurilishiga boshchilik qilgan me’mor D) Ssipion – Gannibal boshliq Karfagen armiyasini tor-mor etgan Rim sarkardasi
23.Quyidagi tarixiy shaxslarning qaysi birlari frakiyalik bo’lishgan? 1) Geraklit; 2) Arximed; 3) Demokrit; 4) Spartak; 5) Demosfen A) 2, 4 B) 1, 5 C) 1, 3 D) 3, 4
24.Quyidagi mifologik xudolarning qaysi birlari musiqa xudosi ham hisoblanishgan? 1) Xatxor; 2) Venera; 3) Apollon; 4) Ishtar. A) 1, 3, 4 B) 3, 4 C) 1, 3 D) 2, 4
25 Miloddan avvalgi III ming yillikda quyidagi qaysi mintaqalarada ilk bora davlatlar vujudga kelganligini to’g’ri belgilang. A)
Old Osiyo, Hindiston, Xityoy B) Eron, Xitoy va Hindiston C) Eron va Hindiston D) Eron, Xitoy, Hindiston va Yunoniston
26.Insoniyat hayotidagi o’zgarishlardan qaysi biri eneolit davriga oid? 1) Patriarxat davriga o’tildi; 2) Ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tildi; 3) Mikrolit qurollar yasala boshlandi; 4) Kulolchilik xumdoni kashf etildi; 5) O’rta Osiyo janubida ziroatchilik xo’jaligi boshlandi; 6) Sharqda dastlabki shahar-davlatlar paydo bo’ldi. A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 4, 5, 6 C) 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 5
27.Quyidagi fikrlarning qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq kelmaydi? A) Bronza davriga oid manzilgohlar O’zbekistonning
Zarafshon, Surxondaryo viloyatlari va Xorazm hududidan ham topilgan. B) Mezolit davri odamlari o’q-yoy yordamida ovlagan o’ljalaridan sopol qozonlarda ovqat tayyorlashgan. C) So’nggi paleolit davrida toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o’zgardi. D) Harbiy demokratiya – ilk davlatchilikka o’tish davrida qabilaga saylab qo’yiladigan harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shakli
28.Quyidagi tarixchilarni yashagan davri qadimiyligiga ko’ra xronologik tartibda belgilang. 1) Poliyen; 2) Kvint Kursiy Ruf; 3) Strabon; 4) Arrian; 5) Sima Syan. A) 3, 1, 5, 2, 4 B) 1, 5, 3, 2, 4 C) 5, 3, 1, 4, 2 D) 5, 1, 3, 4, 2
29.Miloddan avvalgi V-IV asrlar voqeligiga muvofiq kelmaydigan javob variantini aniqlang. A)O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. B) O’rta Osiyo hududida ellinistik madaniyat tarqala boshlagan. C) Xorazm vohasida mahalliy hukmdorning qarorgohi bo’lgan ulkan qal’a bunyod etilgan edi. D) Xorazm hududidan topilgan O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimiy yozuv mazkur asrlarga oid.
30.Quyidagi fikrlarning qaysi birida tarixiy xatolikka yo’l qo’yilgan? A) Mezolit va neolit davrlarida odamzod toshdan kichik mehnat qurollari – mikrolitlar yasashni qo’llay boshladi. B) Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari Misr fir’avni Tutanxamon maqbarasidan va Oltoydagi Maykop qo’rg’oni yodgorligidan topilgan. C) O’lkamizdagi ko’hna qadamjolarni qazish chog’ida arxeologlar Hindiston,Eron va Mesopotamiya hunarmandlari tomonidan tayyorlangan buyumlarni ham topishgan. D) So’nggi paleolit davri odami manzilgohlari Samarqand shahri hududidan ham topilgan.
Tuzuvchi; Nasriyev Manuchehr .