soʻzga chiqib, keksa professorimga oʻz hurmatini izhor qildi. Baʼzilar koʻziga yosh oldi.
Kulganlar ham boʻldi. Bir ayol sheʼr oʻqidi:
Sevimli va aziz jiga
rim…
Hayot soʻqmoqlari oralab,
Zamon osha kezarsan tanho.
Abadiy navqiron yuraging
–
Barhayot sekvoyyadir goʻyo.
Morri ham ularga qoʻshilib kuldi, yigʻladi. Odatda aziz insonlarimizga aytishga jurʼatimiz
yetmay, qalbimiz tubida qolib ketadigan gaplarning hammasini aytib oldi oʻsha kuni. Uning
“jonli dafn marosimi” muvaffaqiyatli oʻtdi.
7
Faqat... Morri hali hayot edi.
Buning ustiga, professor hayotining eng hayratlanarli davri endi boshlanayotgandi.
Talaba
Shu yerda men uchun qadrli va dono professorimni oxirgi marta bagʻrimga bosgan va u bilan
xabarlashib turishga vaʼda bergan kunimdan beri boshdan kechirganlarimni hikoya qilib
beraman.
Undan qaytib xabar olmadim.
Aslida esa, universitetda men bilgan
kishilarning aksariyati, jumladan, pivoxoʻr
hamshishalarim va ilk marta tongda qoʻynimda uygʻongan ayol bilan ham aloqalarimiz uzildi.
Bitiruv oqshomidan soʻng, men oʻz isteʼdodini dunyoga namoyish etish maqsadida Nyu-
Yorkka yoʻl olgan takabbur bitiruvchi yigitchadan, yillar davomida toblanib, butunlay boshqa
insonga aylangandim.
Biroq men kashf etgan dunyo isteʼdodimga zarracha qiziqish bildirmadi. Endigina yigirma
yoshdan oshgan yillarim ijara haqini toʻlash, ish haqidagi eʼlonlarni oʻqish hamda omad
men
ga kulib boqmayotganligi sabablari haqida bosh qotirish bilan oʻtdi. Mening orzum
mashhur musiqachi boʻlish edi (pianino chalardim), biroq zim-ziyo va boʻm-boʻsh tungi
klublarda oʻtgan bir necha yillar davomida quruq vaʼdalar, nuqul tarqab ketaveradigan
musiqiy guruhlar va mendan boshqa hammaga qiziqish bildiradigan prodyuserlar tufayli
orzum oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Umrimda birinchi marta muvaffaqiyatsizlikka yuz
tutayotgandim.
Aynan shu davrda, birinchi marta jiddiy ravishda oʻlim tushunchasi bilan yuzma-yuz keldim.
Musiqaga mehr qoʻyishimga sababchi boʻlgan, menga mashina haydashni oʻrgatgan, nuqul
qizlar haqidagi hazillari bilan jigʻimga tegadigan, meni futbolga olib kirgan suyukli togʻam –
onamning ukasi qirq toʻrt yoshida oshqozon osti bezi saratonidan vafot etdi. Men
bolaligimdan unga taqlid qilib, “Katta boʻlsam xuddi u kabi boʻlaman” deb ahd qilgandim. U
qalin moʻylovi oʻziga yarashgan, past boʻyli, xushbichim kishi edi. Men u bilan bir uyda,
shundoqqina u yashaydigan xonadonning pastki qavatida turganim sababli hayotining
soʻnggi yillarida uning yonida boʻldim. Men uning baquvvat jismi avvaliga turshakdek qotib,
keyin esa pufakdek shishib borishini kuzatar, har tun azob chekishini, kechki ovqat ustida
kuchli ogʻriqdan lablari burishib, koʻzlari yumuq holda oshqozonini changallagancha
bukchayib qolishiga guvoh boʻlardim. “Ey, Xudoyiiim”, — ingrardi u. “Ey, Xudo!”. Qolganlar –
kelinoyim, ularning ikki nafar oʻgʻilchasi va men – koʻzimizni undan olib qochib, jimgina
ovqatimizni yeyishda davom etardik.
H
ech qachon oʻzimni oʻsha vaqtdagidek ojiz his qilmaganman. May oyi tunlaridan birida men
va togʻam uning balkonida oʻtirgandik. Iliq shabada esib turardi. U ufqqa termilgancha, boʻgʻiq
8
ovozda keyingi yil farzandlarining maktabga chiqishini koʻra olmasligini aytdi. Mendan
“bolalarimdan koʻz-quloq boʻlib turasan, a?” deb soʻradi. Men undan bunday tushkun gaplarni
gapirmasligini soʻradim. U menga gʻamgin tikilib qoldi.
Bir necha haftadan keyin u olamdan oʻtdi.
Dafn marosimidan soʻng hayotim butunlay oʻzgardi. Birdaniga vaqt joʻmrakdan oqib
tushayotgan suv kabi bebaho neʼmatga aylangan, men esa uni isrof qilmaslikka jon-jahdim
bilan harakat qilishim kerakligini anglab yetgandim. Yarim boʻsh tungi klublarda musiqa
chalishni toʻxtatdim. Bari bir hech kim eshitmaydigan qoʻshiqlarni yozishni yigʻishtirdim.
Jurnalistika sohasida magistrlik darajasini qoʻlga kiritishim bilan ilk ish taklifini qabul qilib,
sport muxbiri sifatida faoliyat yurita boshladim. Mashhurlikka intilishdan voz kechib, shon-
shuhrat ortidan quvib y
urgan sportchilar hayotini yoritardim. Bir paytning oʻzida ham
gazetalarda ishlar, ham jurnallar uchun maqolalar yozib turardim. Vaqt va meʼyorni unutib,
aqlga sigʻmas shiddat bilan mehnat qilardim. Tongda uygʻonishim bilan tishimni yuvar va
kiyimlarimni h
am almashtirmasdan yozuv mashinkasi oldiga oʻtirardim. Togʻam umr boʻyi bir
korporatsiyada ishlagan va kunlari bir xil oʻtgani uchun ishidan nafratlanardi. Mening
qismatim unikidek yakun topmaydi, deya ahd qilgandim.
Nyu-
York va Florida oʻrtasida sargardon yurishdan charchab, Detroytga koʻchib oʻtdim va
“Detriot Free Press” nashrida kolumnist sifatida ishlay boshladim. Shaharning sportga
boʻlgan qiziqishi cheksiz edi. U yerda professional futbol, basketbol, beyzbol va xokkey
jamoalari borligi shuhratparastl
ikka boʻlgan chanqogʻimni bemalol qondirardi. Bir necha
yildan keyin men nafaqat gazetaga maqola yozayotgandim, balki bir nechta sportga oid
kitoblar va radioeshittirishlar muallifiga aylangandim hamda televideniyedagi muntazam
chiqishlarimda boy futbolchilar va ikkiyuzlamachi universitet sport dasturlari haqidagi
fikrlarimni bildirib borardim. Men hozirda mamlakatni qamrab olgan ommaviy axborot
vositalari boʻronining bir qismiga aylangandim. Ijodimga talab yuqori edi.
Ijarama-ijara yurishlarim nihoyasiga yetdi. Orqa-oldimga qaramay hamma narsani sotib ola
boshladim. Tepalikda joylashgan uy oldim. Mashinalar xarid qildim. Birja aksiyalariga
sarmoya kiritib, qimmatli qogʻozlar egasiga aylandim. Eng yuqori tezlikni yoqib olgandim,
qiladigan ishlarimning barchasi uchun muddat belgilar va shu muddat ichida tugatardim.
Telbalarcha jismoniy mashqlar bilan shugʻullanar, mashinani uchirib haydardim. Buncha koʻp
pul topishim tushimga ham kirmagan. Janin ismli qora soch ayolni uchratdim, u tigʻiz kun
tartibim va deyarl
i uyda boʻlmasligimga qaramasdan, negadir meni sevardi. Yetti yil
uchrashib yurganimizdan keyin turmush qurdik. Toʻydan bir hafta oʻtib ishga qaytdim. Men
Janinni, shu bilan birga oʻzimni ham, kuni kelib u orzu qilgan farzandlarni dunyoga
keltirishimiz va risoladagidek oila qurishimizga ishontirdim. Ammo bu kun hech kelay
demasdi.
Yuqoriroq marralarni zabt etish uchun yana ishga shoʻngʻidim. Erishgan yutuqlarim menga
hamma narsani nazoratda ushlash imkonini berishiga ishonardim: togʻam kabi xastalikka yuz
9
t
utib, narigi dunyoga rihlat qilishdan oldin hayotdan borini olishim, baxtning soʻnggi
tomchilarini ham siqib ichishga ulgurishim kerak edi. Oʻlim bu qismat ekanini tushunib
yetgandim.
“Morri-chi?” deyayotgandirsiz, a? Baʼzi-baʼzida xayolim unga ketar, “odamiylik” va “oʻzgalar
haqida qaygʻurish” kabi tushunchalarni menga singdirganini eslardim, ammo bularning bari
uzoq oʻtmishda qolib ketgan, xuddi boshqa hayotda sodir boʻlgandek tuyulardi. Ushbu yillar
davomida Brandeys universitetidan kelgan barcha xatlarn
i toʻgʻri axlat chelagiga
uloqtirardim, oʻzimcha, ularga mendan faqat pul kerak, deb hisoblardim. Shu sababli,
Morrining xastaligidan bexabar qoldim. U haqida menga xabar berishi mumkin boʻlgan
kishilar allaqachon unutilgan, ularning telefon raqamlari cherdakdagi keraksiz buyumlar
solingan qutilarda chang bosib yotardi.
Bir tun televideniye kanallarini almashtirayotganimda qulogʻimga chalingan ovoz eʼtiborimni
tortmaganida, barchasi oʻz holicha davom etavergan boʻlardi...
Do'stlaringiz bilan baham: |