Tillodan voz kechgan mirob



Download 34 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi34 Kb.
#242476
Bog'liq
Ogohiyy


Ziyrak nigoh bilan tevarak-atrofni kuzatuvchi Herman Vamberi 1863 yili Xorazmga kelganida Ogahiy bilan tanishgani haqida yozgandi.U o’zining «O’rta Osiyoga sayohat» asarida , » Men Xivada ikki og’a-ini bilan tanishdim.Biri Munis — a’lo poemalar yozgan. Ikkinchisi—mirob..Ogahiydir», deya ta’kidlaydi. Aslida Vamberi Ogahiy bilan uchrashib, Munisning asarlari bilan tanishgandi. Tabiyki, Ogahiy haqida so’z ketarkan, dastlab uning tog’asi Munis to’g’risida so’z yuritish joiz…

TILLODAN VOZ KECHGAN MIROB

—Mana bu kitob zo’r ekan-u, ammo forscha bitilgani uchun tushunish qiyin bo’layapti.Agar tarjima qilib bersangiz, behisob tillolar berar edim. Axir siz arabcha-yu, forsiyni mukammal bilasiz.Bu ishga qo’l ursangiz, aqchangiz ko’payib, mendek kishining ko’nglini ko’targan bo’lardingiz,— dedi xotin ustiga xotin oluvchi, yaqindagina yoshgina qizni nikohiga olgan Yusuf mehtar.

-Tarjima qilish-ku, oson ish menga.Ammo beandisha, aysh-ishrat, buzuqchilikni targ’ib qiluvchi kitobni o’girib beraolmayman.Tillolaringiz ham o’zingizga buyursin, uzr, mehtar janoblari,-deya taklifni rad qildi Shermuhammad. Tillolardan voz kechgan, insofu hayoli inson mirob Shermuhammad Avazbiy o’g’li edi…

Bu inson nomini ko’pchilik Munis taxallusi orqali taniydi.Biroq shoir, tarjimon, hattot ul insonning asl kasbi miroblik bo’lib, Xiva xonligida mazkur lavozim eng nufuzli mansab hisoblanardi. Sun’iy sug’orishga asoslangan voha sharoitida davlatning nafaqat dehqonchiligi va iqtisodi, balki hayot-mamoti ham suvga, mirobga bog’liq edi. Munisning bobosi Jiyanbiy 1694 yilda xonlikning bosh mirobi qilib tayinlangan.Uning miroblik paytida vohadagi sug’orish tizimlari to’g’ri yo’lga qo’yilib, yangi ariq, yoplar qazilgan.Jiyanbiyning Erniyozbiy va Avazbiy ismli ikki o’g’li bo’lib, vafotidan so’ng Avazbiy mirob,Erniyozbek bosh mirob bo’ldi.

Avazbiy olti yil faoliyat ko’rsatib, 1800 yili vafot qilgach, Shermuhammad Xiva xonligining qazuv-qachuv(suv xo’jaligi) bo’yicha saroy farmonnavis kotibi etib tayinlandi.Erniyozbek 1812 yili hayotdan ko’z yumgach,Shermuhammad Munis Xorazmning bosh mirobi etib tasdiqlandi.U ajdodlari ishini davom etdirib, har yili ariq-arnalar, yoplarni tozalash, yangi suv yo’llari qazish ishlariga bosh-qosh bo’lardi.Ayni paytda ona qishlog’i Qiyotdagi maktab,Xivadagi madrasada tahsil oldi.Arab va fors tillarini, mumtoz adabiyotni, suv xo’jaligini mukammal egallagan, tarixni yaxshi biluvchi Shermuhammad Munis taxallusi bilan she’rlar bitardi.

1805 yilda Xiva xoni taxtiga chiqqan Eltuzarxon Munisning tog’asi bo’lib, u jiyaniga o’zigacha bo’lgan xonlar tarixini yozishni topshirdi.Eltuzarxonning Xorazmdagi boshqa tarixchilar turib, mirobga tarix yozishni topshirishiga sabab,u Munisning o’tmishni xolis va haqqoniy yoritishiga ishongan edi.Zero, Munis saroyda ishlar ekan, boshqa amaldorlardek mulozamatu laganbardorlik qilavermas, qisqa va to’g’ri gapirib, shuhrat topgandi.Ayniqsa, uning aysh-ishratni targ’ib qiluvchi kitobni katta pulga tarjima qilishdan bosh tortgani xonlikda mashhur bo’lib ketdi.

Munis Eltuzarxon topshirig’iga ko’ra, xonlar tarixiga oid «Firdavs-ul-iqbol» nomli asarini yoza boshladi.Shuningdek, «Munis-ul ushshoq» nomli o’z ijodidan tarkib topgan devon, arab yozuvini o’rganuvchilar uchun «Savodi ta’lim» nomli alifbo-qo’llanma, sug’orish, suv ilmiga bag’ishlangan «Arnalar» asarini ham yaratdi.Keyin Mirxondning forsiycha kitobini tarjima qildi.Bu ishlarni u asosiy kasbi—miroblik ishlaridan ortganida, vaqt topib bajargandi.Munis saroyga kelib, suv xo’jaligiga taalluqli muammo bo’lsa, yechimini izlar, bo’lmasa har kuni ariq-arna, yoplarni aylanib, ko’zdan kechirardi.

Shu tariqa kunduzi davlat ishi, shundan vaqt topib ijod bilan mashg’ul bo’lgan Munis vabo kasalligiga chalindi va 1829 yilda 51 yoshida vafot etdi.Uning bosh miroblik ishini jiyani Ogahiy davom ettirdi.

MIROBLIK MASHAQQATI VA MA’SULIYATI

Saroyga kirib kelgan ul kishini a’yonlarning hammasi e’zozlab qarshi olishdi.Keyin esa navbatsiz xon huzuriga kiritib yuborishdi.Hatto, qo’shni davlat haqida muhim xabar olib kelgan ayg’oqchi—shig’ovul ham tashqarida qoldi.Shuningdek, xorijdan xon hazratlari buyurtmasini keltirgan bozirgon—savdogar, fuqarolar arz-dodini bevosita hukmdor bilan kengashib, hal etuvchi qozikalon janoblari ham uning bu harakatiga mon’elik qilmadi.Oqsoq kishining xon huzuriga kirib ketganiga hech kim e’tiroz bildirmaganining sababi, bu inson davlatning eng e’tiborli kishisi—mirob Muhammadrizo edi…

Quyi Amudaryo bo’ylaridagi Qizilqum va Qoraqum oralig’ida joylashgan vohada suv hayot manbai edi.Miroblik shu bois hamXorazmda eng yuqori amal sanalardi. Bu kasb yurt obodonligi, davlat iqtisodiyoti, dehqonchilik bilan bog’liq bo’lgan.Hatto, Xiva xonligida maxsus «begor» solig’i ham qo’llanilgani tarixdan ma’lum.Ushbu soliq suvdan foydalanadigan har bir xonadon uchun majburiy edi.Ariq va kanallarni tozalashga yilning kuz faslida barcha jalb etilardi.Qazuvni bevosita xon, keyin mirob boshlab, xalq davom etdirardi.O’sha davrlarda suv sathi yer yuzasidan past bo’lgani uchun miroblar suvni yuqoriga ko’taradigan qurilma—chiqirdan foydalangan.Natijada ariq, kanal(yop) suvlari ancha balandga ko’tarilib, kerakli joylarga chiqarilar edi.

Ogahiy Xiva xonligi tarixida uzoq yillar miroblik shajarasini davom etdirgan sulola vakilidir.Uning bobosi Jiyanbiy 1694 yilda Xorazmning bosh mirobi etib ko’tarilgan.Oila xonlar sulolasiga qarindoshligi bois nufuzli sanalardi.Jiyanbiyning vafotidan so’ng undan Avazbiy va Erniyozbek ismli ikkita o’g’il qoldi.Ular ham xonlikda miroblik sulolasini davom qildirishdi.Dastlab Erniyozbek, uning vafotidan so’ng Shermuhammad Avazbiy, ya’ni Munis Xorazmiy bosh mirob qilib tayinlandi.

Munis 1809 yil 17 dekabrda tug’ilgan jiyani Muhammadrizo-Xorazmchasiga aytganda Matrizoga otaliq qilgan, desa ham bo’ladi.Chunki keyinchalik Ogahiy taxallusini tanlagan shoirning uch yoshida otasi vafot etgach, tog’asi—mirob Munis uni asrab olgandi.Shoir tog’asining ta’limi bois Ogahiy ham ijodga ixlos qo’ydi.Arab , fors, turk tillarini o’rgandi, madrasada tahsil oldi. Uning og’asi Muhammad Karim 1855 yildagi urushda vafot etgandi…

“Ta’viz ul-oshiqin” devonida Ogahiy o’zi haqida shunday yozgandi: “faqir aban anjad Xorazm mamlakati

sultonlarining davlathoh umarosi zubdalaridin va o’zbekiya tavoifidin yuz dudamoni umdalaridin miroblig’ mansabi oliysig’a mansub va sadrnishinlik martabai mubtalosig’a mansubdurman”. Ya’ni shoirning ajdodlari amirlar (xonlar) sulolasidan va o’zbeklar toifasining yuzlar urug’idan, miroblig’ mansabi oliysig’a mansub va ulug’ mansabdorlik martabasig’a bog’liq, deganidir.

Muhammadrizoning tavallud topgan uyi Ichan Qa’ladan taxminan 5-6 chaqirim uzoq masofadagi Qiyot qishlog’ida (hozirgi Xiva Qo’shko’pir yo’lining chap tarafida) bo’lgan. Ogahiy tog’asi Munisning 1829 yildagi vafotidan so’ng xonlikning bosh mirobi sifatida 1857 yilgacha faoliyat ko’rsatdi.U mirob yordamchisi, bosh mirob sifatida ishlagan davrlarda Xorazmdagi butun ariq, yoplarni tozalatish, yangi suv yo’llarini qazdirish bilan shug’ullandi.

Ma’lumi, o’sha davrlardayam Xorazmning yerlari sho’rangiz, uch-to’rt martalab kech kuzdan erta bahorgacha sho’ri yuvilmaguncha hosil olish qiyin bo’lgan.Yerlarga daryodan arna (anhor)ga, undan yoplar orqali dalaga suv chiqarishning o’zi bo’lmagan.Bunday g’oyatda ma’sul ishlarga esa miroblar boshchilik qilgan.Xonlikdagi miroblik ishlari, umuman suv muammosini bartaraf etish esa bosh mirob Ogahiyning zimmasidagi yuksak vazifa edi.Tabiiyki, bosh miroblik vazifasiga ishbilarmon, yer holatini, suv yo’llarini yaxshi biladigan, mudomo dala-suv yo’llarida yurishga layoqatli, sog’lom inson tayinlangan.

Sun’iy sug’orishga mo’ljallangan arna, yoplarni qazdirish, har yili kuz va erta bahorda Amudaryoning loyqa suvidan kanallarni tubiga o’rnashib qolgan cho’kindilarni tozalatish undan-da katta mashaqqat, nainki ekin maydonlarini, balki xonlik hududini daryo toshqinidan saqlashga harakat qilish bosh mirobning zimmasida edi.

Xorazmda dagish deya daryoning toshqinidan sodir bo’ladigan o’pirilish, katta ofat nazarda tutilgan. Ba’zida jo’shqin Jayhun daryo qirg’og’ini tagidan o’pirib, 30-40 metrlab joyini yutib ketadi.Natijada atigi bir lahzagina oldin ekilib turgan yer bo’tanaga aylanadi, hududni suv bosadi. Aynan ana shunday o’pirilish-toshqinlarning oldini olish uchun daryo qirg’og’ini dambalar ko’tarib (bu Xorazmchasiga “qochi” deyiladi) mustahkamlash qadimdan o’ta ma’suliyatli vazifa bo’lib, bu ishga bosh mirob boshchilik qilgan.Dambalarni ko’targanda nazorat qattiq bo’lib, tuproqqa birorta cho’p-o’tin aralashmasligiga e’tibor qaratilgan.Chunki, sichqon iziday tirqishdan nebir qochilarning o’pirilib ketishi fojiani-suv toshqinini keltirib chiqargan.

Dambalar daryo qirg’og’i bo’ylab, bir necha qatorlab, miroblarning aniq hisob-kitoblari asosida olib borilgan.Dambaning pastdan yuqorigacha kengligi 15-18 metr, usti bo’lsa 8 metgacha , daryo sathidan 3-4 metr baland qurilgan.Damba ko’tarish, arna, yoplarni qazishga xonlikdagi barcha erkaklar jalb etilgan.Dastlab xon, so’ngra bosh mirob arna yoki yopga kech kuzda tushib, aholi ko’z o’ngida belkurak bilan tozalashni boshlab bergan.So’ng qolgan ishni omma davom qildiravergan.

Ogahiy hazratlari 36 yoshida-1845 yili xonlikdagi qazuv harakati avj olgan paytda otdan yiqilib, oyog’i singani bois biroz oqsoqlanib yurgan.Qolaversa, miroblik ishi g’oyat qiyin vazifa bo’lib, suv muammosi, nizo-janjallarni bartaraf etish ham unga bog’liq edi. Muhammadrizo Erniyozbek o’g’li Ogahiy ana shunday serg’alva, ayni paytda savobli va nufuzli amalda ishlasa-da, hamisha ijod bilan shug’ullanishga vaqt topdi.Avlodlarga o’n sakkiz ming misra g’azal, yigirmaga yaqin tarixiy va tarjima asarlar yozib, meros qoldi. «Gulshani davlat», «Riyoz-ud davla», «Zubdat ul-tavorix», «Jome’ ul voqeoti Sultoniy» kabi tarixiy asarlari Xorazm tarixining ko’plab noaniq bo’lib kelayotgan davrlaridagi voqealarni oydinlashtiradi.

Ta’kidlash joizki, mazkur asarlarda xalq hayotidan ko’ra, ko’proq ijtimoiy-siyosiy voqealar, xonning qaerga borganiyu nima deganlari yoritilgan.Buni o’sha zamon taomilidan kelib chiqib qabul qilmoq lozim.Zero, mudom xon yonida yurgan mirobning asarida shu holat uchrashi odatiy hol. Ogahiy umri davomida sakkiz nafar xon Xivaga hukmronlik qilgan davrlarda yashadi.Tabiiyki, 8 xil boshqaruv, 8 xil muhitda yashash, ijod qilish Muhammadrizo uchun oson emasdi. Umuman aytganda, Ogahiy asarlari Xorazm tarixnavisligidagi eng katta salohiyatli manbalardir.

1863 yili xonlikka kelgan Herman Vamberi ham shaxsan Ogahiy bilan tanishib, uning va tog’asi Munisning asarlarini Yevropaga olib ketgan edi.



Ogahiy asarlarining Sharq davlatlaridan tashqariga ham tarqalishi 1873 yildagi chor hukumati istilosi bilan bog’liq.Xonlik mag’lublik alamini chekkan paytda Ogahiy hayot edi.Istilodan so’ng xonlikka kelgan rus sharqshunosi A.N.Kun Ogahiy asarlarini «Turkestanskaya vedomosti» gazetasi sahifalarida yoritgan.Keyin bir necha asarlarini tadqiq etish uchun Moskva, Peterburg shaharlariga olib ketdi.

Garchi Ogahiy 1874 yilda vafot etgan bo’lsada, qazdirgan yop, ariq, kanallar, yaratgan asarlari va ekkan tuti bugun ham barhayotdir.
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish