Havo bilan muzlatuvchi apparatlar
Bular universal apparatlar bo‘lib, turli assortimentdagi mahsulotlarni blok
holatidagi go‘sht va sub mahsulotlarini, blok holatida baliqlar va unchalik katta
bo‘lmagan baliqlarni, parranda go‘shtlarini, yarm tayyor mahsulotlarni bloklarda
yoki porsiyalarda, tvorog, meva, rezavorlar, sabzavotlar va h.k.larni muzlatish
mumkin.
Sanoatda havo bilan muzlatuvchi apparatlarning quyidagi turlari mavjud:
tunelli, konveerli, flyuzidatsion ya’ni mahsulotni ochilgan holatda sovuq havo oqimi
bilan muzlatish.
Tunel turidagi apparatlarda mahsulotlarni poddon (lalisimon) larga solib,
rama yoki telejkalarga joylashtiriladi va tunellarda harakatga keltiriladi.
Tunelli muzlatish kameralarida sovitgichi zmeevik va sovuq havoni
harakatlantiruvchi ventelyatorlar o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |