1
Mo‘minov N.N., Bolbekov M.A., Po‘latov I.B., Nurmatov SH.SH
QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI SAQLASHDA
SOVITISH TEXNOLOGIYASI VA JIXOZLARI fanidan
amaliy mashg’ulotlari uchun
USLUBIY QO‘LLANMA
Samarqand-2019
2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O
‘
RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI
“CHorvachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash texnologiyasi”
kafedrasi
“Qishloq xo
‘
jalik mahsulotlarini saqlashda sovitish
texnologiyasi va jixozlari” fanidan
USLUBIY QO‘LLANMA
SAMARQAND - 2019
3
Tuzuvchilar:
1.Mo‘minov N.N – “CHorvachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash
texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
2.Bolbekov M.A – “CHorvachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash
texnologiyasi” kafedrasi assistenti.
3.Po‘latov I.B – “CHorvachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash
texnologiyasi” kafedrasi assistenti.
4.Nurmatov SH.SH – “CHorvachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta
ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti.
Taqrizchilar:
1.Fayziyev. Dj–
SamISI, Xizmat ko‘rsatish, servis va uni tashqil etish kafedrasi
mudiri, t.f.n.
2.Tursunov. A –
“CHorvachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash
texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, k.f.n.
Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakultet
uslubiy kengashining «№__» 201____yil qaroriga muvofiq chop etishga tavsiya
qilindi.
Uslubiy qo‘llanma Samarqand VMI kengashining «№__» 201____yil yig‘ilishi
qaroriga muvofiq chop etishga ruxsat berildi.
4
Kirish
Dunyoda birinchi sovutgich 1834 yili, Londonda Djekoba Perkensning
loyixasi asosida qurilgan. 1871 yili SHarm Geles Fransuz olimi va 1872 yili ingliz
Boyl tomonidan sovutkichlar yaratdi. Djekoba Perkins – etil efirida, SHarm Geles
metil efirida va Boyl ammiakda ishlovchi sovutgichlar yaratgan. Statsionar
sovutgichlar.
Xarakatlanuvchi
sovut-kichlar.
Saklash
sovutkichlari,
savdo
sovutkichlari. Uy-ruzgor sovutkichlari.
O‘zbekiston Respublikasi mustakillikga erishilganligi tufayli qishlok
xo‘jaligida etishtirilayotgan mahsulotlarni kayta ishlash korxonalarida, kichik
sexlarda va xorijdan keltirilgan texnologik liniyalarda tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarish va konserva sanoatini rivojlanishiga katta e’tibor berilmokda. Bizga
ma’lumki keyingi paytlarda qishlok xo‘jaligida meva va sabzavot, poliz ekinlari
eqiladigan maydonlar kengaytirilmokda. Hozirgi vaqtda sun’iy sovitish uskunalarisiz
xalk xo‘jaligining biron bir tarmog‘ini tasavvur kilish kiyin. Ayniksa ulardan tez
buzuluvchan oziq-ovqat va qishlok xo‘jalik mahsulotlarini saklashda keng
foydalaniladi.
Sanoat mikyosida birinchi bo‘lib Rossiyada 1877 yili Murmansk tumanidagi
baliq sanoatida ishlatilgan. 1888 yilda Astraxanda, 1889 yili ikkita katta pivo
zavodlarida, 1895 yilli Belgorodda 250 tonnalik sovutgich kurildi. 1917 yilda bor
yo‘g‘i jami 60 ming tonnalik sig‘imga ega bo‘lgan 58 ta sovutgich bor edi.
«Sovitish texnologiyasi» kursida: Oziq-ovqat va qishlok xo‘jalik
mahsulotlarini sovitish yo‘li bilan saqlash, qayta ishlash, umumiy prinsiplari va
usullari, sovuqlik bilan konservalash, mahsulotlarni sovitish, muzlatish, saklash,
kizdirish va eritish (tajribali) usullari, bu jarayonlarni hozirgi zamon talablari ostida
rivojini va buning uchun kerak bo‘ladigan uskunalar, kulinariya mahsulotlarini
saklash, eritish va kizdirish, sovutgichli transportlar bilan tanishasizlar.
Sovutgichli transportlar ham juda tez rivojlana boshlandi. Sovutgichli temir
yo‘l vagonlari, poezdlari, bo‘limlari paydo bo‘ldi. SHular jumlasidan ular bilan
savdo tarmoqlari va oziq-ovqat sanoati ham ta’minlandi. Sovutgichlar ishlab
chiqarish keng ko‘lamga qo‘yildi. Hozir ham kelajakda ham sovutgichlardan
foydalanish keng qo‘llanilishi sababli joylarda sovutgich ishlab chikaruvchi
korxonalar kurilgan va kurilmokda.