52
4.
Tuxum melanjini muzlatish.
Uslubiy ko‘rsatmalar
Tuxumni muzlatish texnologiyasi. Yirik shoxli mol go‘shti tanalarini asosan
yarimtana va chorak tana sifatida, qo‘yi go‘shti tanalarini butun tana sifatida
muzlatiladi. Bundan tashqari go‘shtni bloklar, navli bo‘laklar va kichik vazndagi
o‘lchangan go‘sht mahsulotlarini muzlatiladi, go‘sht yarim tanalarini maxsus
kameralar yoki tunelli muzlatgichlarda osilgan holatda havoda muzlatiladi. Bunda
go‘shtni muzlatish jarayoni qancha tez o‘tkazilsa, uning tovar ko‘rinishi va saqlash
muddati shuncha yuqori, tabiiy vazn kamayishi shuncha kam bo‘ladi. muzlatish
kameralarida harorat va sovuq havoning harakati kamerada bir xil bo‘lishi kerak.
Ayniqsa katta vazndagi yarim tanalar joylashtirilgan zonadan nisbatan past harorat va
sovuq havo harorati tez bo‘lishi lozim.
Texnologik instruksiyalarga asosan biqin go‘shtining ichki qavatida yoki
go‘sht blokining ichida harorat – 8
0
S dan yuqori bo‘lmagan holatda go‘sht
muzlatilgan hisoblanadi. go‘shtni muzlatish harorati uni keyin saqlaydigan kameralar
harorati bilan farqi 3
0
S yuqori bo‘lmagan holatgacha muzlatish kerak.
Muzlatish uchun go‘sht yangi so‘yilgan yoki birlamchi sovitilgan holatda
keltiriladi. SHu sababli sovitish texnologiyasida muzlatish uchun ikki usuli mavjud:
bir fazali, ya’ni toza so‘yilgan hali sovimagan go‘sht bo‘laklangan va tozalangandan
keyin muzlatgichlarga keltiriladi va -8
0
S dan yuqori bo‘lmagan haroratgacha
muzlatiladi. Ikki fazali muzlatishda toza so‘yilgan go‘sht avval sovitish kameralarida
+4
0
S haroratgacha sovitiladi, keyin muzlatgich kameralarida - 8
0
S dan yuqori
bo‘lmagan haroratgacha muzlatiladi.
Uzoq vaqtlar amaliyotda go‘shtni ikki fazali muzlatish qo‘llaniladi va ko‘p
sonli mollarni so‘yganda go‘sht kombinatlarida bir fazali muzlatish usuli qo‘llaniladi.
Keyingi paytlarda bir fazali muzlatish keng qo‘llanilmoqda olimlarningi izlanishlari
shuningdek, sanoat miqyosida o‘tkazilgan tajribalar bir fazali muzlatish ikki fazali
muzlatishga nisbatan ancha qulayliklarga ega.
Ikki fazali muzlatishga nisbatan bir fazali muzlatishda go‘shtga sovuqlik
ishlov berishi muddati qisqaradi, tabiiy vazn yo‘qolishi kamayadi va kam mehnat
sarflanadi, shuningdek mahsulotlarni sovitish kameralaridan muzlatgich
kameralariga o‘tkazish jarayoni qisqarganligi sababli ishlab chiqarish maydonlari
tejaladi. Bir fazali muzlatishda go‘shtning sifat ko‘rsatkichlari ikki fazali muzlatishga
nisbatan ancha yuqori.
Go‘sht tanalarini, yarim tana va chorak tanani bir fazali yoki ikki fazali
muzlatishda ham uning vazni kamayadi. Go‘shtning tabiiy vazn kamayashi ( qurishi)
go‘sht resurslarini kamaytirish bilan birga, go‘shtning tovarlik ko‘rinishini ham
pasaytiradi.
Hozirgi davrda go‘shtning sifatini saqlash va muzlatish jarayonida vazn
yo‘qolishini kamaytirishning asosiy yo‘li muzlatish jarayonini tezlashtirishdan iborat.
Go‘sht qancha tez muzlatilsa, aning qurishi shuncha oz bo‘ladi. Bir fazali tez
muzlatishda ikki fazaliga nisbatan vazn yo‘qolishi 30-35%ga kamayadi.
Go‘shtni bloklar va bo‘laklar shaklida muzlatishda tez muzlatish jarayoni
tezlashadi. Bunda, sanoat miqyosida ishlov beruvchi go‘shtlarni bloklar holatida,
53
nam o‘tkazmaydigan o‘ragichlar o‘rab, magazinlar va umumiy ovqatlanish
korxonalariga yuboriladigan go‘shtlarni esa plyonkalarga o‘rab karobka yoki
yashiklarga joylashtirib tuzatiladi.
Agar xolodilniklarga keltirilgan go‘sht ichki qismida harorat - 8
0
S dan yuqori
bo‘lmasa saqlash kameralariga yuboriladi. Agar go‘shtning harorati - 8
0
S dan yuqori
bo‘lsa, uni qo‘shimcha yana muzlatiladi. Qo‘shimcha muzlatishda ham jarayonni
o‘tkazish qoidalariga to‘la amal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: