sovutadigan muhit bilan sovitayotgan mahsulot to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontakt asosida va
kontaktsiz, ya’ni sovitilayotgan mahsulot sovutadigan muhit bilan nam
o‘tkazmaydigan qobiq yoki formada, metal devorchalar bilan chegaralangan holatda.
Albatta muzlatishning kontaktli usuli harorat o‘tkazuvchanligi jihatidan nisbatan
unumli hisoblanadi, amaliyotda kontakt usuli bilan sovitish sanoatda keng
o‘tkazuvchanligi past. Bundan tashqari kontaktli muzlatishda mahsulot yuzasidagi
namlik bug‘lanadi natijada mahsulot vazni kamayadi va quriydi. Bug‘lanayotgan
namlik esa sovitish jihozlari ustiga muzchalar shaklida yopishib qoladi va harorat
almashinuvi miqdorini kamaytiradi. Lekin, havo bilan sovitish boshqa sovitish
46
foydalaniladi. Tuzli eritmaga kontaktli usul bilan muzlatishning foydali tomonlari
bilan birga (jarayon tezlashadi va mahsulot vazni kamayadi) kamchiliklari ham
mavjud, tuzning mahsulotga singishi natijasida mahsulot rangi o‘zgaradi, tovarlik
ko‘rinishi yomonlashadi, eritmaga o‘tishi natijasida ekstraktiv moddalar miqdori
kamayadi.
Suyuq muhitlarda kontaktsiz muzlatish keng qo‘llanilmoqda bunda sovuqlik
o‘tkazuvchi asosan xlorli kalsiyning suvli eritmalari hisoblanadi. Upakovka sifatida
polimer plyonkalar ishlatilib, mahsulot shu plyonkada muzlatiladi, saqlanadi va
iste’molchilarga yuboriladi. Bu usul ayniqsa ma’lum geometrik formada (shaklda)
bo‘lmagan mahsulotlar, masalan parranda tanasi uchun juda qulay. Botirib olish
asosida muzlatish jarayonni tezlashtiradi, shuningdek mehanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari muzlatish jarayonida
vazn yo‘qotish holati bo‘lmaydi, mahsulotning tovar ko‘rinishi yaxshilanadi.
Mahsulotlarni qaynayotgan xolodilnik agenti bilan kontaktsiz muzlatish plitali
tez muzlatgich apparatlarda bajariladi. Ichida qaynaydigan xolodilnik agenti bo‘lgan
plitalar orasiga mahsulotlar joylashtirilib muzlatiladi.
Kontaktli muzlatishda qaynayotgan xolodilnik agenti sifatida asosan suyuq
azot va freon ishlatiladi.
Suyuq azotni qo‘llashning qulayligi shundaki past atmosfera bosimida ham
past haroratda qaynaydi (-195.8
0
S).
Suyuq azotni quruqlikda va suvda yuruvchi referejerator transportlarini
sovitishda va oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatishda ishlatiladi.
Suyuq azotda kontaktli muzlatish usuli, muzlatish jarayonini tezlashtiradi,
muzlatish texnologiyasi va jihozlarini ishlatish oddiy uzluksiz ishlab chiqarishni
tashqil etish qulay, katta ishlab chiqarish maydonlari talab etmaydi va hokazolar.
Lekin, chet el firmalarning amaliy ishlaridan ma’lum bo‘lishicha, ishlab chiqarishni
tashqil etishda sovitish agenti sifatida azotni ishlatganda, tayyor mahsulotning tan
narxini belgilovchi ishlab chiqarish sharoitini va boshqa omillarni hisobga olish
lozim. CHunki, bu sovitish agenti tan narxi qimmat va kichik qalinlik va o‘lchamga
ega bo‘lgan mahsulotlarni (tayyor go‘shtli taomlar, rezavor mevalar va h.k.lar)
muzlatishda o‘zini to‘la oqlaydi. Qalinligi katta bo‘lgan mahsulotlarni muzlatishda
harorat o‘zgarishi juda yuqori bo‘lganligi sababli, mahsulot hajmining o‘zgarishi
natijasida yoriqlar va boshqa o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Keyingi yillarda mahsulotlarni muzlatish uchun suyuq freon qo‘llanilmoqda.
Bunda freonning tozaligiga asosiy e’tibor beriladi. Freonli sovitish agentlarining
tarkibiy qismi bo‘lgan – ftor bo‘lmasligi lozim. CHunki, u juda zararli hisoblanadi,
oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish uchun ishlatiladigan freonni, “Freon – Frezant”
deb markirovka qilandi. Sanoatning boshqa sohalarida freon-xlodagent ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: