4.3-MAVZU: SUT, SUT MAHSULOTLARI, MEVA VA SABZAVOTLARNI
SOVITISH VA SAQLASH TEXNOLOGIYASI
Mashg‘ulot maqsadi: Sut va sut mahsulotlari, meva va sabzavotlarni sovitish
va saqlash texnologiyasini o‘rganish.
Mashg‘ulot rejasi:
1. Sut va sut mahsulotlarini sovitish va saqlash texnologiyasi;
2. Meva va sabzavotlarni sovitish;
3. Sut va sut mahsulotlarini saqlash;
4. Meva va sabzavotlarni saqlash;
Uslubiy ko‘rsatmalar:
Sut va sut mahsulotlarini sovitish va saqlash
Bizlarga ma’lumki sut va sut mahsulotlari juda tez buziladi. SHuning uchun
ularga tezda Sovuqlik bilan ishlov berish kerak bo‘ladi.
Sutlarga ishlov berish korxonalariga + 10
o
S t-dan yuqori bo‘lmagan holdagi
sutlar keltiriladi. Lekin ba’zi hollarda esa keltirilgan sutlarning harorati + 10
o
S dan
yuqori bo‘lishi mumkin, bu holda ularga darhol sovuqlik bilan ishlov beriladi.
Sutlarni fermalarda sovitish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi paytda sutlar
sog‘ilgandan fermalarda darxol + 5
o
S va undan ham past haroratgacha sovitiladi.
Sut va sut mahsulotlarini sovitish maqsadida fermer xo‘jaliklarida sovitgich
mashinalari ishlab turishi lozim. Bu mashinalar sovutgich agentining qo‘llanilishiga
qarab, bug‘lanuvchan agent yoki oraliq issiqlik tashuvchi agentlardan foydalaniladi.
Zavodlardan keltirilgan sutni saqlashga yuborishdan oldin 4-5
o
S t-gacha
plastin-kali sovitgichlarda sovitiladi; ularni saqlash esa vertikal yoki gorizontal
holdagi tank deb nomlanuvchi idishlarda saqlanadi.
Plastinkali sovitgich, bir tipdagi bir nechta plastinkalardan iborat bo‘lgan,
issiqlik almashtiruvchi apparatdan tuzilgan. Plastinkalarni birlashtirganda, o‘rtasi
plastinkali devorcha bilan ajratilgan kanallar sistemasi hosil bo‘ladi. bunday
kanallarning biridan sut va ikkinchi kanaldan qarama-qarshi tomondan sovitilgan suv
yoki tuzli eritma oqadi. Sutning harorati shular okibatida pasaytiriladi. Plastinkali
sovitgichdan texnologik siklda foydalanish sutni pasterizasiyalashda ham ishlatiladi.
Plastinkali sovitgich xozirgi zamon tipidagi sovitgichlardan bo‘lib hisoblanadi.
Ba’zi bir sut zavodlarida sutni, slivkani, muz qaymoqlarni sovitishda plastin-
kali sovitgichlardan tashqari trubali sochiluvchan sovitgichlardan ham foydalaniladi.
Trubalari misdan yasalgan bo‘lib, diametri 20 dan 50 mm gacha bo‘ladi. Bir soatda
bunakangi sovitgichlar 1000 l sutni + 34 t-dan 4
o
S gacha sovitish kuvvatiga egadir.
Sut mahsulotlarini – yog, pishloq, qaymoq, katik va shunga uxshash
mahsulotlarni ishlab chiqarishning turli etaplarida va tayyor mahsulot xolida ham
soviklik bilan ishlov beriladi. Bu mahsulotlarni sovitishda sutni sovitish uchun
ishlatiladigan jixozlardan yoki oddiy sovitish kameralaridan foydalaniladi.
Ba’zi hollarda esa maxsus sovitgichlar ishlatiladi. 1, 0-1, 5 oygacha bo‘lgan
mud-datda yogni saqlashda -1, -2
o
S haroratgacha, undan ko‘prok muddatga esa -
2
o
S haroratdan past haroratgacha sovutiladi.
34
Sut mahsulotlaridan ba’zilari qo‘yidagi haroratlargacha sovutiladi,
prostakvasha 0-1
o
S, kefir 6-8
o
S. Smetana ishlab chikishda Sovuqlikni slivkani
sovitishga ishlatiladi. Slivkani pasterizasiya kilgandan sung 18-22
o
S gacha sovitiladi.
Undan keyin esa mahsulotni tayyor bo‘lishi uchun 1-2 sutka 5-8
o
S li sovitish
kamerasiga joylashtiriladi. Juda katta sut zavodlarida slivkalarni sovitish va smetana
pishirish maxsus slivka pishirish vanna-larida olib boriladi. Tayyor mahsulotni esa
saqlash kameralariga yubora-dilar. Bu erda uni yana ham past t-gacha sovitadilar.
Sovuqlikdan yana tvorog, tvorog mahsulotlari, (sguщyonnыy) kuyuklantirilgan sut
va boshqa sut mahsulotlarini sovitishda keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |