Mo‘minov N. N., Bolbekov M. A., Po‘latov I. B., Nurmatov sh. Sh


Meva va sabzavotlarni sovitish va saqlash texnologiyasi



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/140
Sana08.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#142562
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   140
Meva va sabzavotlarni sovitish va saqlash texnologiyasi 

Uzoq  muddatga  saqlanayotgan  yoki  transport  bilan  uzoq  masofalarga 

yuborilayotgan meva,  sabzavot va rezavorlarni yig‘ishtirilayotgan joyda sovitadilar. 

Bu  birlamchi  sovitish  deyiladi.  Bu  jarayon  maxsus  birlamchi  sovitish  stansiyalarida 

yoki  to‘plovchi  xolodilniklar  kameralarida  bajariladi.  Jo‘natish  uchun  mo‘ljallangan 

meva  va  sabzavotlar,    ko‘pincha  bu  mahsulotlarni  olib  ketish  uchun  mo‘ljallangan 

izotermik  vagonlarda    yoki  avtoreferejaratorlarda  sovitiladi.  Meva  va  sabzavotlarni 

vakuum apparatlari yordamida tuzli suv,  qor bilan ham sovitiladi. 

Birlamchi  sovitish  stansiyalari  statsionar  ya’ni  ko‘chmas  va  ko‘chma  bo‘lishi 

mumkin.  statsionar  stansiyalar  har  birining  hajmi  10-20  tonnadan  bo‘lgan  bir  necha 

xolodilnik  kameralaridan  iborat  bo‘lgan  bir  etajli  imoratdan  iborat.  Sovitish  shu 

kameralarda  bajariladi.  Meva  va  sabzavotlar  yashiklarda  olib  kelinadi.  Va  shu 

yashiklarda  sovitiladi.  YAshiklarni  ustma-ust  joylashtirib,    yon  tomonlarida  sovuq 

havo  almashib  yurishi  uchun  oraliq  joy  qoldiriladi.  Sovuq  havoni  stansiyaning 

mashina  bo‘limida  joylashgan  havo  sovitgich  kanallari  orqali  kameralarga  yuborib 

mahsulotlar 4

0

S gacha sovitiladi. 



Ko‘p  hollarda  havo  sovitgichlarni  xolodilnik  kameralariga  o‘rnatadilar. 

Sovitish  paytida  kameralarda  havo  almashinuv  tezligi  3-4  m/sekuntgacha 

ko‘taradilar.  Bunda  harorat  0

0

S  va  nisbiy  namlik  90-95%  bo‘lishi  kerak.  Bunday 



sharoitda boshlang‘ich harorat 25

0

S bo‘lgan mahsulot 20-24 soat davomida 4



0

S gacha 


sovitiladi.  

Meva va sabzavotlarni tayyorlov xolodilniklarda ham shu usulda sovitiladi. 

Meva  va  sabzavotlarni  izotermik  vagonlar  va  avtoreferejeratorlarda 

quyidagicha sovitiladi. YUk ortilgan vagonlarni yoki avtoreferejeratorlarni birlamchi 




35 

 

sovitish  stnsiyasiga  keltirib,    harakatlanuvchi  kanallar  va  shlanglar  yordmida  ularni 



stansiyaning havo sovutgichlariga ulaydilar va kuchli ventelyatorlar ular orqali sovuq 

havoni yuborishadi. 

YUborilayotgan havo haroratini avval 0

0

S darajada saqlab,  keyin asta-sekinlik 



bilan  –  10 

0

S  gacha  pasaytiradilar.  Mahsulotlarni  muzlab  qolishidan  saqlash  uchun 



vagon  yoki  avtoreferejerator  kuzovida  sovuq  havo  yo‘nalishi  o‘zgartirib  turiladi. 

Qayd  etilgan  haroratda  va  havoning  etarlicha  tez  almashinishi  natijasida  6-8  soat 

davomida harorat 25

0

S dan 4



0

S ga pasayadi. 

Vagondagi mahsulotlarni sovitish uchun ko‘pincha birlamchi sovitish ko‘chma 

stansiyalaridan  foydalaniladi.  Bu  ko‘chma  stansiya  vagonda  joylashtirilgan  havo 

sovitish va katta quvvatli ventelyatorli xolodilniklardan iborat. 

Meva va sabzavotlarni muzli suv bilan sovitish asosan SHvetsiya va AQSH da 

qo‘llaniladi.  Bu  jarayon  konveer  bilan  jihozlangan  apparat  yordamida  bajariladi. 

Mahsulot  solingan  korzinka  yoki  yashiklar  konveerda  bir-biriga  parallel  holatda 

joylashtiriladi. 

Konveer  harakatlanganda  mahsulotlar  sovuq  suvga  botirib  olinadi  yoki  sovuq 

suv  sepiladi.  Harorati  0

0

S  bo‘lgan  suv  bilan  sovitish  10  dan  30  daqiqagacha  davom 



etadi. Meva va sabzavotlarni sovitish bilan birga yuviladi xam.  

Qor  bilan  sovitish  meva-sabzavotlarni  qayta  ishlash  korxonalarida  tez 

so‘liydigan  ,    saqlashga  chidamsiz  bo‘lgan,    ko‘k  piyoz,    salat,    petrushka,    shivet,  

shpinat  ko‘katlari,    rediska,    bodring  vahokazolarni  sovitishda  qo‘llaniladi.  Buning 

uchun  maxsus  qor  mashinalari  bilan  maydalangan  muzdan  qor-muz  aralashmasi 

ishlatiladi.  YUvilgan  ko‘kat  va  sabzavotlarni  yashiklarga  joylashtirib,    ustiga 

tayyorlangan  qor-muz  aralashmasi  sepiladi.  To‘ldirilgan  yashiklar  rolikli  yo‘lchalar 

orqali  izotermik  transportlarga  joylashtiriladi  va  magazinlar,    umumiy  ovqatlanish 

korxonalari  va  boshqa  kerakli  obektlarga  jo‘natiladi.  Qor  bilan  qoplangan  ko‘katlar 

tez  soviydi  va  uzoq  muddat  so‘limaydi.  Bunday  usul  bilan  souvitganda  tabiiy 

yo‘qolish kameralarda saqlangandagiga nisbatan ancha kam bo‘ladi.  

Vakuumda  sovutgichlar  istiqbolli  usullardan  biri  hisoblanadi.  bunday  usulda 

sovo‘tilgan mahsulotlar ustidagi havo so‘rib olinadi va sovitilayotgan mahsulotlardan 

namlikning  bir  qismi  (1-2%)  bug‘lanib  chiqib  ketadi  va  natijada  mahsulot  ichidagi 

issiqlikning miqdori ancha kamayadi va mahsulot tez soviydi. Amaliyotda vakuumli 

sovitish metal kameralarda vakuum ko‘p bosqichli parojektor mashinalari yordamida 

sodir  bo‘ladi.  sovitiladigan  mahsulotlar  karton  karobkalar  va  konteynerlarda 

joylashtirilib,  telejkaga ortiladi va kameralarga joylashtiriladi. Kameralarni germetik 

mahkamlab  yopib  sovitish  jarayoni  boshlanadi.  Sovitish  15-20  daqiqa  davom  etadi. 

Bunday  usul  meva  va  sabzavotlarni  vagonlarda  sovitishda  ham  qo‘llaniladi.  Buning 

uchun  temir  yo‘l  vagonlari  sig‘adigan  vakuum  kameralardan  foydalaniladi.  Bunda 

ham  sovitish  jarayoni  tez  o‘tadi.  Etarlicha  vakuum  hosil  etilganda  vagondagi 

sabzavotlar 25-30 daqiqada soviydi. 

Vakuum  sovitish  AQSHda  keng  qo‘llanilib,    yuzasi  kengroq  bo‘lgan 

sabzavotlarni,    masalan  salat,    shpinat,    petrushka,    ko‘katlari  va  hokazolarni 

sovitishda ishlatiladi. 

 



36 

 


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish