Молодой учёный Международный научный журнал



Download 5,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/95
Sana25.10.2022
Hajmi5,21 Mb.
#856194
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95
Bog'liq
moluch 158.2

30
«Молодой учёный»
.
№ 24.2 (158.2)
 .
Июнь 2017 г.
Спецвыпуск
4. Fiehler, Reinhard (1990): Kommunikation und Emotion. Berlin, New York.
5. Hindelang, Götz (1983): Einführung in die Sprechakttheorie. Tübingen.
Chet tili dasrlarida talaffuzga o'rgatuvchi tinglash mashqlari
Kadirova Nigora
Urgench State University
M
ashhur diniy va ilmiy asarlar avtori va taniqli gumanist 
Erasmus von Rotterdam pedagogika sohasi bilan ham 
shug'ullangan. Chet tilini o'rganish uchun maslahatlar ichida 
talaffuzga oidlarini ham uchratish mumkin: «To'tiqushdan 
namuna olsa bo'ladi. Bu qushga nima o'rgatilgan bo'lsa, u 
o'shani takrorlab aytadi. Agar u o'rgatilganni aytmasa, tayoq 
bilan jazolanadi, u aytilgan narsani takrorlab aytsa, unga 
mukofot sifatida ozuqa beriladi. Tilni yaxshi talaffuz bilan 
gapiradigan o'qituvchi yetishtirish lozim; u qanday yo'l 
tutishni bilishi kerak: u harakat qilinayotgan paytdagi har bir 
to'g'ri javobni maqtashi, odatdagi xatoga qyo'l qo'yilsa uni 
doim to'g'irlashi lozimdir.»
Birinchi navbatda bizga faqat huzur bag'ishlaydigan 
«To'tiqush metodi» ga jiddiy qaralishi kerak.
Chet tili o'rganishda fonetik mashqlarni quyidagi turlarga 
bo'lish mumkin:
1. Tinglash mashqlari
a. Tayyorlovchi tinglash mashqlari
— kirish mashqlari
— farqlash mashqlari
— identifikasiyalash (qayta aniqlashtirish)
b. Amaliy tinglash mashqlar
2. Talaffuz mashqlari
a. atayyorlovchi talaffuz mashqlari
— oddiy takrorlash mashqlari
— yashirin takrorlash mashqlari
— biror narsani o'zi mustaqil aytishga yo'naltirilgan 
mashqlar
b. amaliy talaffuz mashqlar
— aytib berish/ yoki o'qib berish
— erkin gapirish
Tayyorlovchi tinglash mashqlarini kirish, farqlash va iden-
tifikasiyalash turlariga ajratdik. Kirish uchun mo'ljallangan 
mashqlarda matnlar eshittiriladi yoki o'qib beriladi. Bunda 
mazmun ikkinchi darajali bo'lib qoladi, uni tushunish uncha 
shart emas. O'quvchilar tilga sho'ng'ishlari, uning ajoyib ja-
rangida cho'milishlari lozim va shu tarzda ular taqlid qilishga 
undaladilar. Yangi til jarangining o'ziga xos jihatlari shu yo'l 
bilan anglanadi, ayniqsa ritm, ohang, pauza, gapirish tezligi 
va boshqa intonasiya belgilariga e'tibor qaratiladi.
Albatta bunday mashqlar barcha uchun ma'qul bo'lmaydi. 
Biroq, tajribalar shuni ko'rsatadiki, ba'zi o'rganuvchilar gu-
ruhlari bilan bunday mashqlar muvaffaqiyatli o'tilgan. Kirish 
mashqlari uchun o'rganuvchilarga ona tilida tanish bo'lgan 
matnlar mos keladi.
O'rganuvchilar bilan chet tilidagi spektakllarni tomosho 
qilishga borish ham kirish mashqlarining bir turi hisoblanadi.
Kirish mashqlarida tilning nafaqat «umumiy jarangi' es-
hittiriladi, balki tayyorlovchi xarakterga ega fonetik mavzular 
ham olinishi mumkin.
Farqlash mashqlarida chet tilidagi tovushlar biri-biridan 
farqlanadi. Masalan, o'rganuvchilar nemischa cho'ziq va 
qisqa A tovushuni farqlashda qiynalyaptilar. Dastlab ular 
nemis tilida bunday farqlar mavjudligini, bu muhim aha-
miyat kasb etishini, ular ma'no ajratuvchi xususiyatga ega 
ekanligini o'rganib bilib olishlari kerak. Bu hodisalar so'zlar 
hamda so'zlarni juft qilib keltirilgan misollarda tushunt-
iriladi.
Masalan,
a) istalgan so'zlar: Fahne — Schwamm, an deer Saale — 
in der Gaststätte
b) bir-biriga o'xshab jaranglaydigan, ma'noga ega emas 
so'zlar:
c) mahne-manne, baal-ball
d) ism-shariflar: Herr Kahne — Herr Kanne, Frau 
Maan — Frau Mann
bir-biriga o'xshab jaranglaydigan so'zlar: Staat — Stadt, 
kam — Kamm
Farqlash mashqlarida tovushni ajratish yaqqol ko'rinib tu-
radigan kontrast (keskin farq) metodidan foydalaniladi.
Farqlash va identifikasiyalash mashqlari tayyorlovchi 
mashqlar sirasiga kiradi. Ular yuqorida aytib o'tilganidek fo-
netik maqsadlar uchun tuziladi.
Turli xil tinglash testlari orqali farqlash hamda identifi-
kasiyalash haqiqatdan ham amalga oshishi yoki oshmasligi 
tekshiriladi.
Masalan,
Hören Sie und lösen Sie die Testaufgaben a, b, c.
Test a)
Sie hören einen der beiden Namen. Unterstreichen sie 
ihn.
1. Frau Mühler — Frau Müller. 
2. Frau Mühler — Frau Möhler
3. Frau Möhler — Frau Möller 
4. Frau Müller — Frau Möller
Test b)
Sie hören vier Paare von Familiennamen. Sind die beiden 
Namen jeweils gleich (ȋ) oder ungleich (≠)?
1. ________ 2. ________ 3. ________ 4. ________
Test c)



Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish