Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv docShu jumladan, yuzaga chiqish muddatlari
Moliyaviy taxlil maruza
Mazkur jadval ma’lumotlari asosida xo‘jalik subyektining debitorlik qarzlari tarkibi, tuzilishi va vujudga kelish muddatlariga baho beriladi. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, korxonadagi jami debitorlik qarzlari 136116 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, shundan asosiy qismi, ya’ni 92101 ming so‘mligi yoki 67,67 foizi bir oygacha bo‘lgan debitorlik qarzlaridir. Bir oydan ikki oygacha bo‘lgan debitorlik qarzlari 28937 ming so‘mni yoki 21,25 %ini tashkil qilmoqda. Ikki oydan uch oygacha bo‘lgan debitorlik qarzlari 10740 ming so‘mni yoki 7,89 %ni tashkil qilgan. Ya’ni 90 kungacha bo‘lgan debitorlik qarzlari jami debitorlik qarzlarining 96,81 %ini tashkil qilmoqda. Qolgan 3,19 % debitorlik qarzlarining muddati o‘tgan bo‘lib hisoblanmoqda. Demak, korxona ma’muriyati mavjud debitorlik qarzlarini undirish choralarini hamda muddati o‘tgan qarzlarni bartaraf etish yo‘llarini izlab topishi lozim bo‘ladi. Aks holda, korxonaning to‘lov qobiliyatiga bu salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Debitorlik qarzlari tahlilida ularning aylanuvchanligiga alohida e’tibor beriladi, chunki debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining aylanuvchanlik darajasi korxona moliyaviy ahvoliga baho berishning muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi, deganda qarz majburiyatlarini undirib olish muddati va ularning aylanish koeffitsiyenti tushuniladi. Bu bevosita bugungi yuzaga kelgan majburiyatning necha kundan keyin naqd pulga aylanish darajasini xarakterlaydi. Debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi sotishdan olingan tushumni debitorlik qarzlarining mavjud summasiga bo‘lish asosida aniqlanadi. Debitorlik qarzlarining mavjud summasini tahlil etish davrining kalendar kuniga ko‘paytirish va sotishdan olingan sof tushum summasiga bo‘lish asosida debitorlik qarzlarining aylanishlar kuni aniqlanadi. 104-jadval Xo‘jalik yurituvchi subyektda debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi tahlili
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, o‘rganilayotgan davrda biz tahlil qilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda debitorlik qarzlarining holati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 82850 ming so‘mga oshgan, ya’ni debitorlik qarzlari o‘tgan yilga nisbatan deyarli 2,5 marotabaga ko‘paygan. Ayni vaqtda mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasi ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1587868 ming so‘mga o‘sganligini kuzatish mumkin. Buning ta’sirida debitorlik qarzlarining undirilish davri o‘tgan yilga nisbatan 3 kunga uzaygan. Ya’ni debitorlik qarzlarining undirib olinishi birmuncha sekinlashgan. Debitorlik qarzlari aylanishining sekinlashuviga, asosan qarzlarning sof tushumga nisbatan o‘sishi yuqori bo‘lganligi hisobiga bo‘lgan, ya’ni korxonada joriy yilda debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti o‘tgan yilga nisbatan 4,932 koeffitsiyentga qisqarganligini ham ko‘rish mumkin. Joriy davrda debitorlik qarzlarning jami joriy aktivlari tarkibidagi salmog‘i o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,73 % ga ortishi, avvalo, debitorlik qarzlar summasining ortishi hisobiga ro‘y bergan. Bunday natijalar korxona uchun nisbatan salbiy deb baholanadi hamda korxonaning moliyaviy holati yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, joriy davrda korxonaning muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining jami debitorlik qarzlari tarkibidagi salmog‘i o‘tgan yilning shu davridagi 16,11 % dan joriy davrning oxirgi hisobot sanasiga 3,19 % ga pasayganligini ijobiy baholash lozim. Yuqoridagi bog‘lanishlardan bevosita debitorlik qarzlarining aylanishiga ta’sir etuvchi omillarning ta’sir darajalarini ham aniqlashimiz mumkin. Debitorlik qarzlarning aylanish koeffitsiyenti va aylanish davriga omillar ta’siri quyidagicha bo‘lgan. Debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti o‘tgan yilga nisbatan 4,932 koeffitsiyentga qisqargan. Bu o‘zgarishda mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan olingan sof tushum summasining o‘zgarishi ta’sirida debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti +29,810 koeffitsiyentga, debitorlik qarzlari hajmining o‘zgarishi hisobiga esa aylanish koeffitsiyenti –34,742 koeffitsiyentga kamaygan. Har ikkala omil ta’sirida aylanish koeffitsiyenti –4,932 koeffitsiyentga o‘zgargan. Ushbu omillar ta’siri debitorlik qarzlarining aylanish davri ko‘rsatkichi bo‘yicha quyidagicha bo‘lgan, ya’ni sotishdan olingan sof tushum summasi hisobiga o‘zgarish –7 kunga, debitorlik qarzlar summasining o‘sishi hisobiga +10 kunga o‘zgarish kuzatilgan. 105-jadval Debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti va aylanish davri o‘zgarishining omilli tahlili
Download 9,79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |