Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv docShu jumladan yuzaga chiqish muddatlari
Moliyaviy taxlil maruza
Kreditorlik qarzlarining holatiga ularning aylanish darajalarini o‘rganish asosida to‘liq baho berish mumkin. Kreditorlik qarzlari aylanuvchanligi bo‘yicha quyidagi bog‘lanishlar jadvalini keltirib o‘tish mumkin. 107-jadval Kreditorlik majburiyatlarining aylanishi tahlili
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida kreditorlik qarzlarining aylanishiga baho berishimiz mumkin bo‘ladi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, korxonada kreditorlik qarzlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 121904 ming so‘mga qisqargan. Bunga aksincha, sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi esa joriy yilda 1238714 ming so‘mga o‘sgan. Bularning natijasida korxonada kreditorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti o‘tgan yilgi 3,726 koeffitsiyentdan hisobot yiliga kelib 16,999 koeffitsiyentgacha ko‘tarilgan. Ya’ni kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligi bir necha marotabaga tezlashgan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy baholash lozim. Bundan tashqari kreditorlik qarzlarining aylanish davri o‘tgan yilgi 97 kundan hisobot yiliga kelib 21 kungacha qisqargan. Majburiyatlar tarkibida kreditorlik qarzlarining salmog‘i ham joriy yilda 18,49 %ga kamayganligini ijobiy baholasak bo‘ladi. Ammo muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarining salmog‘i joriy yilda 2,13 %ga ortganligini salbiy baholash lozim bo‘ladi. Chunki bunday holat korxonaning iqtisodiy jarimalar to‘lashiga olib keladi va moliyaviy holatiga salbiy ta’sir etadi. Kreditorlik qarzlarining aylanishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ushbu ta’sir etuvchi omillarni quyidagi jadvalda ko‘rib chiqishimiz mumkin. Quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, korxonada kreditorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti o‘tgan yilga nisbatan joriy yilda 13,273 koeffitsiyentga oshgan. Bu o‘zgarishda sotilgan mahsulot tannarxi o‘zgarishining ta’siri +4,966 koeffitsiyentga, kreditorlik qarzlari summasining o‘zgarishi esa +8,307 koeffitsiyentga teng bo‘lgan. 108-jadval Kreditorlik qarzlarining aylanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Kreditorlik qarzlarini to‘lash muddati o‘tgan yilga nisbatan 76 kunga tezlashgan. Bu o‘zgarishda mahsulotlar tannarxining yoki sotib olingan qiymatliklar va xizmatlar summasining o‘zgarishi ta’siri 56 kunga, kreditorlik qarzlari summasining o‘zgarishi esa 20 kunga teng bo‘lgan. Bunday natijalar korxonaning to‘lov qobiliyati yaxshilanayotganligidan dalolat beradi. Kreditorlik qarzlarining aylanishi tahlil qilinayotganda ularning shartli aylanish koeffitsiyenti va shartli aylanish davri kabi ko‘rsatkichlar ham tahlil qilib borilishi lozim. Bu ko‘rsatkichlar, odatda, quyidagicha aniqlanadi: Kreditorlik qarzlarining shartli aylanish koeffitsenti va aylanish davri KA = 2168322249468 = 8,692 AD = 249468 3602168322* = 41 11.6. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish yo‘llari Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekti moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishi zarur. Demak, ular iqtisodiy faoliyati davomida yuzaga kelgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini imkon qadar o‘z vaqtida bartaraf etishi muhim masala hisoblanadi. Shuning uchun ushbu qarzlarning samarali tahlilini o‘tkazish va ularni kamaytirish chora-tadbirlari bugungi kunning dolzarb muammosidir. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilish asosidagina ularni baholash imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi «Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi choratadbirlari to‘g‘risida»gi va 1996-yil 24-yanvardagi «To‘lov intizomini va o‘zaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» Farmonlarini bajarish borasida muayyan ishlar olib borilayotganligiga qaramasdan debitorlik-kreditorlik qarzlarini boshqarish murakkabligicha qolmoqda. Jumladan, Davlat tomonidan qo‘llabquvvatlash maqsadida 50 ta korxonaning budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan hamda joriy kreditorlik qarzdorligi qayta ko‘rib chiqildi. Bu mazkur korxonalar tasarrufida 350 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni qoldirish, ularning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish imkonini berdi.1 Download 9,79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |