Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Download 9,79 Mb.
bet1/334
Sana03.06.2022
Hajmi9,79 Mb.
#631654
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   334
Bog'liq
Moliyaviy taxlil maruza


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
A.V. VAHOBOV, N.F. ISHONQULOV, A.T. IBROHIMOV

MOLIYAVIY VA


BOSHQARUV TAHLILI
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan
Toshkent
«IQTISOD-MOLIYA»
2013
UO‘K: 336 (075)
КBК: 65.261
V-13
Taqrizchilar: M.Q. Pardayev – i.f.d., professor;
E.A. Akramov – i.f.d., professor
Moliyaviy va boshqaruv tahlili / Darslik: A.V. Vahobov, N.F. Ishonqulov, A.T. Ibrohimov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent moliya instituti. – 3qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashri. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2013. – 600 b.
Bugungi kunda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga asoslanib oliy ta’lim sohasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yangi, zamonaviy darsliklarni yaratish, o‘quv jarayonlarida yangi pedagogik texnologiyalarni, uslublarni qo‘llash, ayniqsa, talabalarni o‘z ustida mustaqil ish olib borishi uchun erkin fikrlashga o‘rgatishga mo‘ljallangan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish muhim masala bo‘lib qolmoqda.
Mazkur darslik iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va liberallashtirish sharoitidagi talablardan kelib chiqib tayyorlangan.
«Moliyaviy va boshqaruv tahlili» fanini o‘qitish, uning mazmunini respublikamizda amal qilayotgan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonun va boshqa qonunlar, normativ hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda tubdan yangilashni taqozo etmoqda. Bu yangi o‘zgarishlarni nazarda tutib, mualliflar oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» fani dasturiga asoslanib, ushbu darslikni yaratdilar. Darslikning birinchi bo‘limida iqtisodiy tahlilning fan sifatida tashkil topishi va rivojlanish tarixi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiy tahlilning maqsadi, vazifasi, tahlil etish metodi, iqtisodiy tahlilni tashkil etish bosqichlari, tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari va ularga qo‘yiladigan talablar o‘rganilgan.
Darslikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobotlarini moliyaviy va boshqaruv tahlil qilish uslublari keltirilgan bo‘lib, talaba har bir mavzuni o‘rganganidan so‘ng mazkur mavzuga tegishli tayanch iboralarga, takrorlash uchun berilgan savollarga javob berishlari, bilimini mustahkamlash uchun berilgan topshiriqlarni mustaqil ravishda yechishi hamda mavzuga oid testlarga javob berishlari mumkin bo‘ladi.
Mazkur darslikda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilishning metodik asoslari, korxonalarni boshqarishda boshqaruv tahlili ma’lumotlariga ko‘proq tayangan holda faoliyat yuritish maqsadga muvofiq bo‘lishi hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘llarini ko‘rsatib berishning uslubiyati amaliy ma’lumotlar asosida tahlil qilib chiqilgan va ularning mazmuni ko‘rsatib berilgan.
Darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari, professor-o‘qituvchilar va katta ilmiy xodimizlanuvchilar, menejerlar, moliyachilar, soliqchilar, bank xodimlari, qimmatli qog‘ozlar va sarmoyalar bozori ishtirokchilari, buxgalterlar, auditorlar hamda boshqa iqtisodchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Download 9,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish