5. Mulkiy egaligiga qarab:
Bundan tashqari asosiy vositalarning yana boshqa bir xususiyatlari bo‘yicha ham tasniflash mumkin.
Hozirgi sharoitda korxonalarda asosiy vositalarning barcha turlarini kerakli nisbatda va tarkibda bo‘lishini ta’minlash maqsadga muvofiq. Ya’ni sanoat ishlab chiqarishi, yordamchi tarmoqlar yoki ijtimoiymaishiy sohalarda bo‘lmasin, barcha asosiy vositalar kerakli xizmatni bajaradi.
Tahlil asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamikasini o‘rganishdan boshlanadi. Yil davomida asosiy vositalar tarkibida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Shu bois ular tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarni atroflicha tahlil etish lozim.
Asosiy vositalar har bir turining jami asosiy vositalarda tutgan ulushi uning strukturasini ifodalaydi. Struktura ishlab chiqarishning xususiyati, xarakteri, ixtisoslashuv darajasi, texnologiyasiga bog‘liq. Strukturani tahlil etishda asosiy vositalarni aktiv va passiv qismlari nisbatiga e’tibor qaratiladi. Ishlab chiqarish hajmi asosiy vositalarning aktiv qismiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ularning passiv qismi esa, faqat ishlab chiqarish uchun sharoit yaratadi xolos.
Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda asosiy vositalarning aktiv qismi to‘g‘risida aniq bir to‘xtamga kelinmagan. Bir guruh iqtisodchilar bino va inshootlardan tashqari jami asosiy vositalarni, ikkinchi guruhdagilar mashina va uskunalar, transport vositalarini aktiv qismga kiritadilar. Bino va inshootlar asosiy vositalarning passiv qismiga kirsa ham, ammo elektr quvvati, neftni qayta ishlash, gaz va boshqa sohalarda inshootlar aktiv qism tarkibiga kiradi. Demak, asosiy vositalarning aktiv qismiga mashina va uskunalar, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi, transport vositalarini kiritish mumkin. Aktiv qismining yuqori bo‘lishi fond progressivligini ifodalaydi.
Bugungi kunda mehnat qurollarini jalb etishning yangi shakllari, masalan, lizing va ijaraning boshqa shakllaridan keng foydalanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolik kodeksi»ning 587-moddasi lizing shartnomasini quyidagicha sharhlaydi: «Lizing shartnomasi bo‘yicha bir taraf – lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) boshqa taraf – lizing oluvchi (ijarachi)ning topshirig‘i bo‘yicha uchunchi taraf – sotuvchi bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulkni xarid qilish uchun bitimga kirishish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi».
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot (3-sonli shakl)da konservatsiya qilingan asosiy vositalar, uzoq muddatli ijara (lizing)ga olingan asosiy vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ifodalinishi asosiy vositalarni kompleks iqtisodiy tahlil etish obyektini yanada kengaytiradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt va firmalarda asosiy vositalar hisobini yuritishni soddalashtirish maqsadida ular muayyan tasnif ko‘rsatkichlari orqali guruhlarga bo‘linadi. Asosiy vositalarni guruhlarga bo‘lishning tasnif belgilari quyidagilardir:
bajaradigan vazifasiga ko‘ra;
obyektlarda foydalanish darajasiga ko‘ra; – natural-moddiy tarkibiga ko‘ra.
33-chizma. Foydalanilishiga ko‘ra asosiy vositalarning turkumlanishi.
Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalar. Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy-joy hamda kommunal-xo‘jalik, maishiy xizmat, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqalarning asosiy vositalari kiritiladi.
Ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatida asosiy vositalar obyektlardan foydalanish darajasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga berish yoki sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish, shuningdek, ularning eskirishini to‘g‘ri hisob-kitob qilish uchun zarur.
Asosiy vositalar natural-moddiy tarkibiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi (-chizma).
34-chizma. Asosiy vositalarning turkumlanishi.
Yer amaldagi qonunchilikka binoan xo‘alik yurituvchi subyektga mulk tarzida berilgan yer maydonidir. O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi»ning 17-moddasiga binoan, «Yuridik shaxslar «Yer kodeksi» va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin». Yerning qiymatiga uni xarid qilishda ko‘chmas mulk agentlariga to‘lanadigan komission to‘lovlar, advokatlar xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‘lovlari, drenaj qiymati, yerni tozalash va boshqa xarajatlar qo‘shiladi.
Yerni obodonlashtirish bo‘yicha kapital xarajatlar tarkibiga yerning unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to‘xtash joylarini barpo etish hamda shunga o‘xshash boshqa xarajatlar kiradi.
Binolarga ishlab chiqarish korpuslari, sexlar, ustaxonalar, boshqarma binosi, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlardagi obyektlar, shunindek, ulardan to‘g‘ri foydalanish zarur bo‘lgan jami kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift xo‘jaligi) kiradi.
Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga xizmat qiladigan obyektlar (neft va gaz quduqlari, shaxta yo‘llari, avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, estakadalar, suv omborlari va boshqalar) kiradi.
Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexaniq energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon moddalarni bir obyektdan boshqa obyektga yetkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari, quvur yo‘llari, issiqlik va gaz tarmog‘i hamda boshqalar) kiradi.
Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va o‘z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi:
♦ kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexaniq harakat energiyasiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, divigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir;
♦ ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ishlov berishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir;
♦ o‘lchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko‘rsatkich)larni o‘lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xomashyo, TMZlar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni o‘lchashda ishlatiladi. Ularga monometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi;
♦ hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa kompyuter vositalari kiradi.;
♦ boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o‘tilmagan mashina va jihozlar (o‘t o‘chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi.
Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari (temir yo‘l, suv, avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo‘llari)dir.
Asbob va uskunalar qo‘l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektro-drellar, vibratorlar)dir.
Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini yengillashtirishda ishlatiladi. Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar, idishlar kiradi.
Xo‘jalik inventari idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur bo‘lgan narsalardir.
Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir yetilgan mol (ot, ho‘kiz, sigir)lar bo‘lib, alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks ettiriladi.
Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va yoshidan qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruhidir.
Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari, ijaraga olingan asosiy vositalar, konservatsiyadagi asosiy vositalar va boshqalar kiradi.
«Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga binoan asosiy vositalar quyidagi baholarda baholanadi:
35-chizma. Asosiy vositalarning baholanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |