Aktsiyalarni sotib olish xarajatlari va moliyalashtirish.
Qimmatli qogozlar xarid qilinishi chogida moliyaviy investitsiyalar, brokerlik xizmatiga oid tolovlar, bojlar, bank xizmatiga oid tolovlar va boshqa xarajatlar kabi xarid qilishga oid xarajatlar bilan birgalikda xarid qilish qiymati boyicha baholanadilar. Misol uchun: xojalik yurituvchi subekt «A» kompaniyaning aktsiyalar paketini yoki nominal qiymati 20 ming som bolgan obligatsiyalarni, «B» kompaniyaning nominal qiymati 17 ming som bolgan obligatsiyalarini sotib oldi. Xojalik yurituvchi subekt «A» kompaniyasining aktsiyalari uchun haqiqatda 25 ming va brokerga komission haqi 0,5 ming som tolagan. «B» kompaniyasining aktsiyalari uchun 15 ming va komission haqi 0,7 ming som tolagan. Mazkur holatda moliyaviy investitsiyalar quyidagilarni tashkil etadi:
Uzoq muddatli investitsiyalar bolsa: Dt 0610 Kt 5110 41200 som
A kompaniyasi 25+0,5=25,5 ming som B kompaniyasi 15+0,7=15,7 ming som
Xarid qilingan bahosi boyicha 41,2 ming som
A va B ning nominal qiymati 20+17=37 ming som. Qisqa muddatli investitsiyalar bolsa:
Dt 5810 Kt 5110
A kompaniyasi = 24,5 ming som. B kompaniyasi = 15,7 ming som.
Xojalik yurituvchi subekt amalga oshirgan uzoq muddatli investitsiyalar 06 schyotning debeti boyicha va ana shu qoyilmalar hisobiga berilgan boyliklar hisobga olinadigan schyotlarning krediti boyicha aks ettiriladi. Masalan, xojalik yurituvchi subektlarning qimmatli qogozlarini xarid qilish 0610 schyotning debeti boyicha va 5110 «Hisob-kitob varagi», 5210 - «Valyuta hisobvaragi» schyotlari yoki moddiy va boshqa boyliklarni hisobga oladigan (agar qimmatli qogozlarga haq tolash moddiy va boshqa boyliklarni (pul mablaglaridan tashqari) sotuvchi xojalik yurituvchi subektga mulk qilib berish yoxud foydalanishi uchun berish yuli bilan amalga oshiriladigan bolsa) boshqa schyotlarning krediti boyicha otkaziladi.
Xojalik yurituvchi subekt otkazgan, lekin hisobot davrida ularga xojalik yurituvchi subektning tegishli huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa xojalik yurituvchi subektlarga amalga oshirilgan omonatlar summalari haqidagi guvohnomalar va boshqalar) olingan uzoq muddatli investitsiyalarni 0610 schyotda alohida tarzda aks ettiriladi.
0610 - «Qimmatli qogozlar» hisobvaragida hisobga olinadigan qimmatli qogozlarning bahosi tolanishi (sotib olinishi) va sotilishi 9220 - «Boshqa aktivlarning tugatilishi» hisobvaragining debeti va 0610 schyotning krediti boyicha aks ettiriladi.
Qisqa muddatli qimmatli qogozlarni, yani 5810 - «qimmatli qogozlar» hisobvaraqning hisobini yuritish ham asosan 0610 schyotning hisobini yuritishga oxshashdir.
Investitsiyalarning aktsiyalar yoki boshqa qimmatli qogozlar emissiyasi yuli bilan qisman yoki toliq xarid qilinishi chogida ularning nominal qiymati emas, balki qimmatli qogozlar bozoridagi sotish qiymati xarid qilish qiymati bolib hisoblanadi.
Investitsiyalarning almashlash yoki boshqa aktivga qisman almashtirish yuli bilan xarid qilishda xarid qiymati berilayotgan aktivning bozor qiymatiga asoslangan holda aniqlanadi.
Moliyaviy investitsiyalarning oz ichiga foizlar ulushini, hisoblangan dividendlarni ularni sotib olish vaqtigacha bolgan davr uchun bolgan qiymat boyicha sotib olinishi xaridor tomonidan sotuvchiga tolangan foizlar summasini chiqarib tashlangan holda xarid qilish qiymati boyicha hisobga olinadi. Agar moliyaviy investitsiyalar (obligatsiyalar) xarid qilish vaqtiga kadar hisoblangan foizlar bilan birgalikda sotiladigan bolsa, u holda ularning foizlarni tolash kuni bilan togri kelmaydigan kunlarda sotib olinishi chogida xarid va sotuvchi ozaro tegishli summani bolishib olishlari kerak. Xaridor sotuvchiga investitsiyalar qiymati bilan bir qatorda ularning songgi tolovi amalga oshirilgan vaqtidan boshlab utgan davr uchun tolanishi lozim bolgan foizlarni tolaydi. Foizlarni tolashning navbatdagi muddati kelgan vaqtda xaridor ularni toliq jami davr uchun oladi.