Ozbekiston Respublikasi Moliyaviy qonunlari. Axborotnoma 1999-2000 yil sonlari.
Bozor pul va kredit jurnali 1998-2003 sonlari.
"Upravlencheskiy uchyot" (pod red. V. Paliya), Moskva INFRA-M, 1997 god.
"Buxgalterskiy uchyot dlya predprinimateley". F.Vud. Moskva OOO Askeri 1996 god.
"Soliq tolovchining jurnali" 2000-2003yil sonlari.
"Ozbekiston Respublikasining Moliyaviy qonunlari" 2000-2003 yil sonlari.
"Soliq va bojxona xabarlari" gazetasining 1999-2003 yil sonlari.
«Ozbekiston iqtisodiy axbarotnomasi» davriy jurnali 2000-2003 yil sonlari.
9-BOB. MOLIYAVIY QOYILMALAR HISOBI.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy qoyilmalarning ahamiyati va hisobning vazifalari
Moliyaviy qo’yilma-bu korxonaning qimmatli qogozlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlari, yani pul mablaglarini qoshma korxonalar, aktsioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qoshish, shuningdek, boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir.
Muddatiga qarab moliyaviy qoyilmalar qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga qoyilgan) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga qoyilgan) boladi. Bundan tashqari moliyaviy qoyilmalarni u yoki bu kategoriyaga otkazish qimmatli qogozlarni sotib olish maqsadiga bogliq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bolgan aktsiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qoyilmalarga kiradi.
Moliyaviy qoyilmalar sodir bolganligini tasdiqlovchi hujjatlar bolib olingan aktsiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qoyilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish boyicha shartnomalar hisoblanadi. Xojalik yurituvchi subektning amalga oshirgan qoyilmalariga bolgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qoyilmalar mablaglari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qogozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi sotdi dalolatnomasi, tolov topshiriqlari kiradi.
Ular buxgalteriya hisobida 5800-"Qisqa muddatli investitsiyalar" balans hisobvaragining oborot mablaglar sifatida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
-obligatsiyalar, davlat va mahalliy qarz (zayom)lar, turli xojalik yurituvchi subektlar va tadbirkorlarning shunga oxshash qimmatli qogozlarini olishga oid qisqa muddatli xarajatlar harakati va qoldiqlar;
-bankning depozit schyotlariga yoki ozga xil ayni oxshash qoyilmalarga jalb qilingan pul mablaglarining harakati va qoldiqlari;
-jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli pul va ozga xil qarz(zaem)larning harakati.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar - bu uzoq muomala muddatiga ega (12 oydan ortiq) aktivlarning sotib olinishiga oid qoyilmalar (investitsiyalar)dir. Ular buxgalteriya hisobida 0600 - "uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar" balans hisobvaragida uzoq muddatli aktivlar sifatida, quyidagilarni hisobga olgan holda aks ettiriladi:
boshqa aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalariga va boshqa subektlarning, shu jumladan shuba subektlarning ustav kapitallariga oid uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati;
davlat va mahalliy qarz (zayom)lar obligatsiyalar, sertifikat va tijorat banklari,
xojalik yurituvchi subektlar va tadbirkorlik tuzilmalarining shunga oxshash qimmatli qogozlariga oid uzoq muddatli investitsiyalar;
subektlarga, ozga xil tadbirkorlik tuzilmalariga berilgan uzoq muddatli va boshqa qarz (zayom)larga oid qarzlar harakati va qoldiqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |