9.5. Uzoq muddatli moliyaviy qoyilmalarni sotib olish va saqlab turishdan korilgan moliyaviy natijalar hisobi.
Moliyaviy natijalar tarkibiga quyidagilar korinishidagi moliyaviy investitsiyalarga oid daromad/xarajat kiritiladi:
uzoq muddatli va joriy investitsiyalar boyicha foizlar, royalti, dividentlar va ijara tolovlari;
joriy moliyaviy investitsiyalarning sotilishidan olingan daromad va korilgan zararlar;
qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning xarid qiymati va bozor yuzasidan eng kami boyicha aks ettirilishi uchun zarur bolgan bozor qiymatigacha pasaytirilishi va qaytadan qiymatning ozgartirilishi;
balans qiymatining pasaytirilishi, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymatining vaqtinchalik pasaytirilishi va bu kabi pasaytirishlar qaytadan ozgartirilishi hollari bundan mustasno;
Moliyaviy hisobotlarda quyidagilar ochib berilishi kerak:
moliyaviy investitsiyalarning balans qiymatini aniqlashlar uchun;
bozor bahosi boyicha hisobga olingan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar bozor bahosidagi ozgarishlar talqini uchun;
qayta baholangan moliyaviy investitsiyalarning sotilishi chogida (daromadning) qayta baholash qiymatidan ortib ketishlar talqini uchun;
- quyidagilar boyicha daromad tarkibiga kiritilgan kattagina summalar:
-uzoq muddatli va qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarga oid foizlar, royalti, dividendlar va ijara tolovlari;
-qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotish chogida mavjud daromadlar va zararlar;
-bu kabi moliyaviy investitsiyalar qiymatiga oid ozgarishlar boyicha;
-sotilayotgan investitsiyalarning bozor bahosi, agar ular bozor bahosi boyicha tolanmagan bolsa;
-kochmas mulkka oid moliyaviy investitsiyalarning joriy qiymati, agar ular uzoq muddatli investitsiyalar sifatida hisobga olingan va joriy qiymat boyicha hisobga olinmagan bolsa;
-moliyaviy investitsiyalarni sotishga yoki ularning sotilishi yuzasidan daromad olinishiga oid kattagina cheklashlar;
-qayta baholashni hisobga olgan holdagi qiymat asosida aks ettirilgan uzoq muddatli investitsiyalar boyicha;
-qayta baholashlarning otkazilishi davriyligi;
-songgi qayta baholashlar sanasi;
-qayta baholash asosi;
-qayta baholashdan (narxning kamaytirilishi yoki qoshimcha baholashlar) olingan natija;
-asosiy faoliyati bolib moliyaviy investitsiyalarga egalik qilish hisoblangan subektlar investitsiya portfelining tahlili.