Ustav kapital tuzilishi auditi.
Ustav kapital tuzilishini tekshirish, korxona uchun,
ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga to’liq va o’z vaqtida qo’shilishi, ta’sischilarning ustav
kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha yakuniy hisob- kitoblar uchun qonunda belgilangan
muddatlarga rioya qilinishi aniqlanadi.
Ustav kapital – bu xo’jalik yurituvchi sub’yekt ustavida ro’yxatdan o’tgan kapital miqdori
hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ustav kapital – korxona tashkil qilish uchun ta’sis hujjatlariga
asosan, ta’sischilarning mol –mulklari va pul mablag’lari majmuasi.
Ustav kapitalni shakllantirish tartibi qonun doirasida va ta’sis hujjatlari bilan tartibga
solinadi. Ustav kapital iqtisodiy sub’yekt mulkining shakliga mos ravishda shakllantiriladi:
aksioner jamiyatlarida aksionerlarning aksiyalariga qo’l qo’yganligi sababli, ma’suliyati
cheklangan jamiyatda (MCHJ)- har bir ta’sischining qo’yilmasini kiritganligi uchun, davlat
korxonalarida iqtisodiy sub’yektga davlat mulkini mustahkamlab qo’yish tufayli.
Auditor xo’jalik yurituvchi sub’yektning davlat ro’yxatidan o’tganidan keyin, shu
tashkilotning buxgalteriyada ustav kapitalni hisobga olishi kerakligini, ya’ni ta’sischilarining
kreditorlik va debitorlik qarzlarini hisobga olinishini bilishi kerak.Agar balans qoldig’i bilan
saldo teng bo’lsa, bu ta’sischilarning ustav kapitaliga ulush qo’shmaganligini bildiradi.Bunday
tashkilotlar tashkil etilmagan yoki tugatilgan deb ataladi.
Auditor ta’sischilarni dastlabki hujjatlarga muvofiq, ustav kapitalga kiritilgan kredit
qarzlarini, debet hisobiniva pul vositasi, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarishva boshalarni
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
95
tekshiradi. Shuningdek, kassa kirim orderi ma’lumotlari valyuta schyoti va hisob- kitob schyoti
bo’yicha bank ko’chirmasi, ta’sischilar tomonidan kiritilgan ulushlar o’z vaqtida va to’g’ri
yuritilishini ham tekshiradi.
Ustav kapitalda moddiy boyliklar, nomoddiy aktivlar ta’sis hujjatlariga asosan va
ta’sischilarning o’zaro kelishuvi asosida kiritiladi. Valyuta va valyuta qiymatlari korxona
ustavining ro’yxatdan o’tgan kunidan amal qilgan Markaziy Bank kursi bo’yicha baholanadi.
Qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar ustav kapitalda ta’sischilar kelishuviga
asosan narx o’rnatish orqali kiritiladi.
Moddiy boyliklar, nomoddiy aktivlar ustav kapital yoki aksiya qiymatini to’lash uchun
kiritiladi, kiritilgan mol-mulklar real bozor bahosida baholanadi.
Nomodiy aktivlar qiymati bozor qiymatiga ega bo’lmagan balki tomonlarning
kelishuviga asosan yoki ta’sis hujjatlariga muvofiq o’rnatiladi, ob’yektlarni baholash malakali
mutaxassisga topshiriladi.
Ustav kapitalga qo’yilgan valyuta va valyuta qiymatliklari qo’yilma kiritilgan vaqtdagi
davlat kursida baholanadi.
Qimmatli qog’ozlar oxirgi birja kursiga asosan o’rnatiladi. Birjada kotirovka bo’lmaydigan
qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar ikki tomonlama kelishuv asosida belgilanadi.
Keyingi holatlarda shuningdek qonun talab qilganda ustav kapitalga qo’yilma sifatida kiritilgan
aktivlarni to’g’ri baholash mustaqil auditorning xulosasi bilan tasdiqlanadi.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish akti ma’lumotlari nomoddiy aktivlar harakati va
asosiy vositalar hisobi uchun debet oborotida aks ettiriladi.
Ustav kapiraliga qo’yilma sifatida kiritilgan moddiy va valyuta qiymatliklari, nomoddiy va
moliyaviy aktivlarni baholash ta’sis hujjatlarida va oldingi kelishuvdagi baholashdan farqlanishi
mumkin.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish aktidagi va nomoddiy aktivlarni kirimini aks
ettiradigan hujjatdagi hisob varaqalar bo’yicha debet oborotidagi ma’lumotlar asosiy vosita va
nomoddiy aktivlar hisobi uchun va jihoz, bino inshoot, intellektual mulk huquqining narxini
aniqlash uchun ishlatiladi.
Materiallarni akt kirimi tovar-transport yuk xati ishlab chiqarish zahiralarini hisobini
oladigan hisob varaqasi ma’lumotlariga asoslanib kelib tushgan moddiy qiymatlarning narxi
aniqlanadi. Har bir qo’yilma hujjat orqali tasdiqlanadi va ustav kapital tarkibi ko’rsatib o’tilishi
shart. Bundan tashqari ustav kapitalga qo’yilma bo’layotgan alohida vosita turlari,
ta’sischilarning shaxsiy xususiyati ya’ni jismoniy shaxsligini ko’rsatadigan hujjat bilan mos
tushishi kerak. Bunday vositalarga quyidagilar kiradi:
Masalan: xususiylashtirilgan kvartira, intellektual mulk, transport vositalari va h.k.
shuningdek, auditor ta’sischilar qo’yilmasining analitik hisob-kitobini tekshiradi, ya’ni har bir
kartochka yoki vedomostlar bo’yicha yuritiladigan va qo’yilmalar bo’yicha qarzdorlik
summasini, uning to’lash kunini qarzlarni to’lash uchun qo’yiladigan aktivlar summasini aks
ettiradigan.
Auditor alohida e’tiborni yangi tur vositalarini – ya’ni ta’sischilar tomonidan kiritilgan,
ro’yxatini texnik tomoniga qaratish kerak. Bular ixtiro va intelletual mulk ob’yektlari va boshqa
intelletual mulk ob’yektlari yer va tabiiy resurslardan foydalanish uchun mulk huquqlari, alohida
faoliyat turlari uchun litsenziya, brokerlik o’rnidan, tovar belgisi, savdo markalaridan
foydalanish uchun to’lov.
Nomoddiy aktivlarni hisobini yuritganda kelishilgan narxlarda baholanadi, zaruriyat
tug’ilganda ekspertlar qatnashishi bilan belgilanadi.
Ba’zi holatlarda hamma ta’sischilar bilan kelishilmagan holda jismoniy shaxslarga tegishli
bo’lgan mulkning bir qismini real qiymati bo’yicha emas balki, undan bir necha bor baland
qiymatda u shu qiymatga ega bo’lmasa ham baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |