Moliyaviy hisobot auditi


  Bir aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan foydani hisoblash maqsadida



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

45 
Bir aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan foydani hisoblash maqsadida
tadbirkorlik sub’ekti uning maydalashtiruvchi optsionlari va varrantlarining bajarilishini 
nazarda tutishi lozim. Ushbu instrumentlardan olinishi kutilgan tushumlar oddiy 
aktsiyalarni davr mobaynida oddiy aktsiyalarning o’rtacha bozor narxidagi emissiyasidan 
olingan deb hisoblanishi lozim. Emissiya qilingan oddiy aktsiyalar miqdori bilan davr 
mobaynida oddiy aktsiyalarning o’rtacha bozor narxida emissiya qilinishi mumkin bo’lgan 
oddiy aktsiyalar miqdori o’rtasidagi farq oddiy aktsiyalarning bepul emissiyasi sifatida 
inobatga olinishi lozim. 
46 
Optsionlar va varrantlar maydalashtiruvchi bo’ladi, qachonki ular davr mobaynida 
oddiy aktsiyalarning o’rtacha bozor narxidan past narxda oddiy aktsiyalarning emissiyasiga 
olib kelsa. Maydalashtirishning summasi davr mobaynida oddiy aktsiyalarning o’rtacha 
bozor narxidan emissiya narxi chegirilganiga teng bo’ladi. Shu tufayli, bir aktsiyaga to’g’ri 
keladigan 
maydalashtirilgan 
foydani 
hisoblashda, 
potentsial 
oddiy 
aktsiyalar 
quyidagilarning ikkalasini ham qamrab oladi deb inobatga olinadi:
(a) oddiy aktsiyalarning ma’lum miqdorini davr davomidagi ularning o’rtacha bozor 
narxida emissiya qilish bo’yicha shartnoma. Bunday oddiy aktsiyalar haqqoniy 
narxlangan hamda ular na maydalashtiruvchi va na yiriklashtiruvchi deb faraz 


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR 
MAVZULARI
201 
qilinadi. Ular bir aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan foydani hisoblashda 
inobatga olinmaydi. 
(b) Qolgan oddiy aktsiyalarni bepul emissiya qilish bo’yicha shartnoma. Bunday oddiy 
aktsiyalar tushumlar hosil qilmaydi va muomaladagi oddiy aktsiyalarga tegishli foyda 
yoki zararga nisbatan ta’sirga ega emas. Shu tufayli, bunday aktsiyalar 
maydalashtiruvchi bo’lib, ular bir aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan 
foydani foydani hisoblashda muomaladagi oddiy aktsiyalar miqdoriga qo’shiladi. 
47 
Optsionlar va varrantlar maydalashtiruvchi ta’sirga ega bo’ladi, faqatgina qachonki 
davr mobaynidagi oddiy aktsiyalarning o’rtacha bozor narxi optsion va varrantlarning 
bajariladigan narxidan oshsa (ya’ni ular “pulda” bo’lsa). Oldin e’lon qilingan bir aktsiyaga 
foydada oddiy aktsiyalar narxlaridagi o’zgarishlarni aks ettirish uchun retrospektiv tarzda 
tuzatish kiritilmaydi. 
47A 
MHXS 2 “Aktsiyalarga asoslangan to’lov” qo’llaniladigan aktsiya optsionlari va 
boshqa aktsiyaga asoslangan to’lov kelishuvlari uchun, 46-bandda qayd qilingan emissiya 
narxi va 47-bandda qayd qilingan bajarilish narxi aktsiya optsioni yoki boshqa aktsiyaga 
asoslangan to’lov kelishuvi asosida kelgusida tadbirkorlik sub’ektiga etkazib berilishi 
kutilayotgan har qanday tovarlar yoki xizmatlarning (MHXS 2 ga muvofiq baholangan) 
haqqoniy qiymatini o’z ichiga olishi lozim. 
48 
Xodimlarning shartlari qat’iy belgilangan yoki aniqlanadigan aktsiya optsionlari 
hamda huquqi kafolatlanmagan oddiy aktsiyalar, ularning huquqi kafolatlanishiga shartli 
ravishda bog’liq bo’lsa ham, bir aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan foydani 
hisoblashda optsionlar sifatida hisobga olinadi. Ular taqdim etilgan sanadan boshlab 
muomalada deb hisoblanadi. Faoliyat natijasiga asoslangan xodimlarning aktsiya 
optsionlari shartli ravishda chiqariladigan aktsiyalar sifatida hisobga olinadi, chunki 
ularning emissiyasi vaqt o’tishiga qo’shimcha tarzda belgilangan shartlarning 
qanoatlantirilishiga bog’liqdir. 
Konvertatsiyalanadigan instrumentlar 
49 
Konvertatsiyalanadigan instrumentlarning maydalashtirish ta’siri 33 va 36-
bandlarga muvofiq bir aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan foydada aks ettirilishi 
lozim. 
50 
Konvertatsiyalanadigan 
imtiyozli 
aktsiyalar 
yiriklashtiruvchidir, 
qachonki 
konvertatsiya paytida har bir oddiy aktsiya bo’yicha olinishi mumkin bo’lgan bunday 
aktsiyalarga joriy davrda e’lon qilingan yoki jamlangan dividend summasi bir aktsiyaga 
to’g’ri keladigan bazaviy foydadan oshsa. Shuningdek, konvertatsiyalanadigan qarz 
yiriklashtiruvchidir, qachonki konvertatsiya paytida olinishi mumkin bo’lgan har bir oddiy 
aktsiya bo’yicha foiz summasi (soliqlar va boshqa daromad yoki xarajatdagi 
o’zgarishlardan holi) bir aktsiyaga to’g’ri keladigan bazaviy foydadan oshsa. 
51 
Konvertatsiyalanadigan imtiyozli aktsiyalarning so’ndirilishi yoki tezlashtirilgan 
konvertatsiyasi oldin muomalada bo’lgan konvertatsiyalanadigan imtiyozli aktsiyalarning 
faqat ma’lum qismiga ta’sir etishi mumkin. Bunday holatlarda, qolgan muomaladagi 
konvertatsiyalanadigan imtiyozli aktsiyalar maydalashtiruvchiligini aniqlash maqsadida, 17-
banddagi har qanday ortiqcha qiymatni qoplash so’ndirilgan yoki konvertatsiyalangan 
aktsiyalarga tegishli bo’ladi. So’ndirilgan yoki konvertatsiyalangan aktsiyalar 
so’ndirilmagan yoki konvertatsiyalanmagan aktsiyalardan alohida inobatga olinadi. 



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish