MAVZU-16. TARMOQNING IQTISODIY RIVOJLANISHINI PROGNOZLASH
Reja:
1. Tarmoqdagi mahsulot talabini prognozlashtirish
2. Talab doiralari va ularning talabdagi ulushini aniqlash, retrospektiv ma’lumot tо‘plash,
prognozlashtirish usulini tanlash, tarmoq mahsulotiga bо‘lgan ehtiyoj bо‘yicha talab
modelini ishlab chiqish
3. Ishlab chiqarish resurslari talabini prognozlashtirish
4. Tarmoqning prognozlashtirish tarkibi
Tayanch sо‘z va iboralar
Tarmoqdagi mahsulot talabini prognozlashtirish. Prognozlashtirish obyektini
belgilash. Prognozlashtirishdan kо‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni aniqlash.
Prognozlashtirishning vaqtini aniqlash. Talab doiralari va ularning talabdagi ulushini
aniqlash, retrospektiv ma’lumot tо‘plash, prognozlashtirish usulini tanlash, tarmoq
mahsulotiga bо‘lgan ehtiyoj bо‘yicha talab modelini ishlab chiqish.Uzoq muddatli talab.
Prognoz obyekti. Prognozlashtirish vaqti. Tarmoq iqtisodiy rivojlanishida kо‘zda tutilgan
maqsad. Ilmiy texnikaviy rivojlanish. Ishlab chiqarish tuzilmasi. Qisqa muddatli
prognozlashtirish.
Rejalashtirilayotgan
davr
prognozi.
Resurslar
sig‘imini
prognozlashtirish. Normativ usul. Oddiy о‘rtacha usul. Ekstrapolyatsiya usuli. Regressiya
usuli. Ishlab chiqarish resurslari talabini prognozlashtirish. Tarmoqning prognozlashtirish
tarkibi. Talabni prognozlashtirish jarayoni. Iste’molning meyori, resurslarga talabni
prognozlashtirish
16.1. Tarmoqdagi mahsulot talabini prognozlashtirish
Iqtisodiyot tarmoqlarini prognozlashning qiyinchiligi shundaki, tarmoqlar
mahsulotiga bо‘lgan iste’mol hajmini aniqlashdadir. Shuning uchun bunday prognozlashni
ishlab chiqishda uning barcha komponentlari yaxshilab baholash kerak. iqtisodiyotdagi aniq
bir mahsulotga bо‘lgan iste’molni aniqlash, bu sohani prognozlashning asosidir. Buning
uchun sohaning butun iqtisodiy tahlil qilish, va iqtisodiyot tarmoqlari qonuniyatlarini kо‘rib
chiqish kerak. jamiyatda ushbu mahsulotga bо‘lagan iste’mol talabini qondirilishi va ishlab
chiqarish samaradorligini aniqlash kerak. samaradorlikni baholashda bir qator
kо‘rsatgichlar tizimidan foydalaniladi, ular ishlab chiqarish omillari holatini kо‘rsatib
beradi, ular quyidagilar; mehnat unumdorligi, fond qaytimi, kapital quyilmalar qaytimi
kо‘rsatgichi, material sig‘imi
Ishlab chiqarish resurslarini prognozlashtirishda asosiy fond va ishlab chiqarish
kapital quyilmalarga kerak bо‘ladigan
mehnat va moddiy resurslarga bо‘lgan
talabni aniqlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |