Moliyaviy hisob va hisobat


-jadval Tekinga olingan asosiy vositalar qabul qilinishi



Download 0,84 Mb.
bet84/174
Sana19.11.2022
Hajmi0,84 Mb.
#869021
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   174
Bog'liq
moliyaviy hisob va hisobot 2707

6.6-jadval
Tekinga olingan asosiy vositalar qabul qilinishi

T/r

Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni

Summa,
ming so‘m

Debet

Kredit

1

Tekinga uskuna olindi

12000

0820

8530

2

Uskunani tekshirish va o‘rnatish bo‘yicha xarajatlar hisobdan chiqarildi

260

0820

2310

3

Uskuna foydalanishga topshirildi

12260

0140

0820

Misol. Ta’sis hujjatlariga ko‘ra mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav kapitali 800 mln. so‘m. Jamiyat ta’sischisi jismoniy shaxslar bo‘lib, ulardan biri ulush sifatida texnologik uskunani kiritdi. Uskunani yetkazib berish bo‘yicha xarajatlar 250 ming so‘mni tashkil etdi. Uskunaning kelishilgan boshlang‘ich qiymati 15250 ming so‘m, uning korxona tomonidan kirim qilindi.


6.7-jadval
Ta’sischilar tomonidan ulush sifatida asosiy vositalar kirim qilinishi



Muomalalar mazmuni

Summa,
ming so‘m

Debet

Kredit

1

Ta’sischining ulush bo‘yicha qarzi aks ettirildi

15250

4610

8330

2

Ta’sischining qarzi evaziga stanok kelib tushishdi

15250

0820

4610

3

Uskunani tashish xarajatlari

250

0820

2310, 6010

4

Uskunani foydalanishga topshirildi

15500

0130

0820

Asosiy vositalar korxona boshqa tashkilot muassislari (ishtirokchilari) tarkibidan chiqqanda, shuningdek yuridik shaxs tugatilib, tugatilayotgan korxona mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlangan hollarda kelib tushishi mumkin.


11.4. Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikda barcha xo‘jalik ope-ratsiyalarini boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish bo‘yicha talab mavjud. Hujjatlashtirish yordamida xo‘jalik operatsiyalari amalga oshilgan paytda va ular sodir etilgandan joyda yoppasiga aks ettirish amalga oshiriladi. Shunday qilib, hujjatlashtirish bu barcha yozuvlar boshlang‘ich hujjatlarga asosan amalga oshiriladigan buxgalteriya hisobining ajralib turadigan usullaridan biridir.45
Obyektlarni asosiy vositalar tarkibiga qo‘shish va ularni foydalanishga kiritish, shuningdek obyektlarni asosiy vositalar tarkibidan chiqib ketishini (tugatish bundan mustasno) hisobga olish uchun quyidagi hujjatlar nazarda tutilgan:46
Asosiy vositalarni (bino, inshootlardan tashqari) qabul qilish-topshirish dalolatnomasi AV-1-son shakl. Bunday hujjat bilan xususan o‘rnatish yoki yirik hajmdagi yig‘ishni talab qilmaydigan mashina va asbob-uskunalarni hamda o‘rnatish (yirik xajmdagi yig‘ish)ni talab qiladigan mashina va asbob-uskunalarni foydalanishga kiritish rasmiylashtiriladi. Har bir inventar obyekti bo‘yicha texnik hujjatlar lavozim majburiyatlariga texnik hujjatlarni tezkor hisobini yuritish va saqlanishini nazorat qilish kiradigan funktsional xizmatlar (bosh mexanik, bosh energetik va hokazolar) orqali foydalanish joyiga beriladi.
Asosiy vositalarni (bino, inshootlar uchun) qabul qilish-topshirish dalolatnomasi AV-1a-son shakl. Yuqorida sanab o‘tilgan dalolatnomalar korxonalarda yoki korxonalar o‘rtasida quyidagi hollarda kelib tushgan obyektlarni asosiy vositalar tarkibiga qo‘shish va ularni foydalanishga kiritishni hisobga olish (o‘rnatishni talab qilmaydigan obyektlar uchun - xarid qilingan vaqtda, o‘rnatishni talab qiladigan obyektlar uchun - ularni o‘rnatishdan qabul qilingandan va foydalanishga topshirilgandan keyin) uchun asosiy vositalar obyektlarini qabul qilish, qabul qilish-topshirish operatsiyalarini rasmiylashtirish va hisobga olish uchun foydalaniladi.
Dalolatnomalar oluvchi va topshiruvchi korxonalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi va uchta nusxada tuziladi. Dalolatnomaga mazkur asosiy vositalar obyektiga tegishli texnik hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma texnik huj­jatlar bilan birga korxonaning buxgalteriyasiga beriladi. Korxonaning buxgalteriyasi ushbu dalolatnomaga asosan inventar kartochkasi ochadi yoki inventar kartochkaga asosiy vositalar obyektini chiqib ketishi bo‘yicha belgi qo‘yadi. Har bir konkret inventar obyektga tegish­li texnik hujjatlar inventar kartochkaga tegishli belgi qo‘yish bi­lan foydalanish joyiga berilishi mumkin.
Asosiy vositalarni obyektlar bo‘yicha analitik hisobga olish uchun mo‘ljallangan boshlang‘ich hujjatlar bo‘lib, quyidagi shakllardagi in­ventar kartochkalar hisoblanadi:47
- Asosiy vositalarni hisob olishning inventar kartochkasi - har bir inventar obyekti bo‘yicha yuritiladi (AV-6-son shakl). Asosiy vositalar obyektlari guruhlarini hisob olishning inventar kartochkasi - bir birligi uchun bir xil qiymatga ega, foydalanish maqsadi bir xil bo‘lgan bir turdagi obyektlar guruhi bo‘yicha yuritiladi (AV-6a-son shakl).

  • Asosiy vositalar obyektlarini hisob olishning inventar daftari - foydalanishdagi asosiy vositalar obyektlarining soni unchalik ko‘p bo‘lmaganda inventar kartochkaning o‘rnida qo‘llanishi mumkin (AV-6b-son shakl). Odatda inventar daftarni kichik tadbirkorlik subyektlari yuritadi.

Inventar kartochka har bir inventar obyektiga ochiladi. Inventar kartochkalar asosiy vositalarni amortizatsiya guruhiga qo‘shilishi tasnifini qo‘llanishiga qarab kartotekalarga, kartotekalarning ichida esa bo‘limlarga, kichik bo‘limlarga, sinflarga va kichik sinflarga - foydalanish joyi bo‘yicha (korxonaning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yi­cha) guruhlanishi mumkin.
Asosiy vositalar obyektlarining soni katta bo‘lmagan korxonalar obyektlar bo‘yicha hisobga olishni asosiy vositalar obyektlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni ularning turlari va joylashgan joyi bo‘yicha ko‘rsatish bilan inventar daftarda amalga oshirishi mumkin.
Inventar kartochkani to‘ldirish, asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, asosiy vositalar inventar obyektini tex­nik pasportlari va ularni xarid qilish, qurish, o‘tkazish va chiqib ketishi bo‘yicha boshqa hujjatlarga asosan amalga oshiriladi. Inven­tar kartochka (inventar daftar)da quyidagilar keltirilgan bo‘lishi kerak: asosiy vositalar obyektlari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, uning foydali ishlatilish muddati; amortizatsiya hisoblash usullari; amortizatsiya hisoblanmasligi to‘g‘risida belgi (agar joy nazarda tutilgan bo‘lsa); obyektning alohida xususiyatlari. Xarid qilishda qiymati chet el valyutasida ifodalangan asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha ma’lumot tartibida uning chet el valyutasidagi shartnoma qiymati ham ko‘rsatiladi.
Asosiy vositalar obyektlari guruhlarini hisob olishning inven­tar kartochkasi (AV-6a-son shakl)da yozuvlar to‘g‘ri chiziqli usulda amalga oshiriladi, qisqa tavsif esa mazkur registrda hisobga olinadigan obyektlar guruhi bo‘yicha umumiy holda keltiriladi. Bunda har bir obyekt guruhlariga alohida inventar raqami beriladi.
Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalar obyektla­rining hamda chiqib ketayotgan asosiy vositalar obyektlarining in­ventar kartochkalari oy mobaynida (oy oxirigacha) boshqa asosiy vositalarning inventar kartochkalaridan alohida joyda turishi mumkin. Barcha inventar kartochkalardagi summalarning umumiy yakuniy summasini, asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)ning va 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyotining hisobot oyi oxiridagi qoldig‘i bilan buxgalteriya tekshiruvini har oyda o‘tkazish majburiy bo‘lib hisoblanadi.
Agar asosiy vositalar obyektining qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha tarzda asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruktsiya qilish, moderni­zatsiya qilish natijasida uning boshlang‘ich qiymatini ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, u holda inventar kartochkada asosiy vositalar obyektining boshlang‘ich qiymatiga tuzatishlar aks ettiriladi. Ko‘rsatilgan inventar kartochkada tuzatishni aks ettirish qiyin bo‘lsa, u holda qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha tarzda asbob-uskunalar bi­lan jihozlash, rekonstruktsiya qilish, modernizatsiya qilishni tavsiflovchi yangi ko‘rsatkichlarni aks ettirish o‘rniga yangi inventar kartoch­ka (oldin berilgan inventar raqamni saqlagan holda) ochiladi. Bu asosiy vositalarni qayta baholashga ham tegishlidir.
Asbob-uskunalarni, shu jumladan o‘rnatishni talab qiladiganlarini rasmiylashtirish uchun quyidagi boshlang‘ich hujjatlardan foydalaniladi:

  • Asbob-uskunalarni qabul qilish (kelib tushishi) to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV-14-son shakl).

  • Asbob-uskunalarni o‘rnatishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalo­latnoma (AV-15-son shakl).

  • Asbob-uskunalarda aniqlangan nosozliklar to‘g‘risidagi dalolat­noma (AV-16-son shakl).

Asbob-uskunalarda aniqlangan nosozliklar to‘g‘risidagi dalolat­noma (AV-16-son shakl) asbob-uskunalarni o‘rnatish, sozlash yoki sinash jarayonida, shuningdek nazorat natijasi bo‘yicha aniqlangan nosoz­liklar bo‘yicha tuziladi va mol yetkazib beruvchining manziliga da’vo materiallarini yoki da’vo arizasini shakllantirish uchun hujjatlar jildining hujjatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.48
Asosiy vositalar obyektlari korxona ichida tez-tez bir tarkibiy bo‘linmadan boshqasiga o‘tkazib turiladi. Tarkibiy bo‘linmalarning buxgalteriya hisobida asosiy vositalar obyektlarini ichki harakati bo‘yicha yozuvlarni aks ettirish uchun asos bo‘lib “Asosiy vositalar obyektini ichki harakati yukxati” (AV-2-son shakl) hisoblanadi.
“Asosiy vositalar obyektini ichki harakati yukxati” (AV-2-son shakl) berayotgan bo‘linma tomonidan uch nusxada to‘ldiriladi, oluvchi va topshiruvchi tarkibiy bo‘linmaning mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxa buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxa asosiy vositalarni berayotgan bo‘linmaning moddiy javobgar shaxsida qoladi, uchinchi nusxa esa asosiy vositalarni oluvchi bo‘linmaga yo‘naltiriladi.
Asosiy vositalar obyektlarini o‘tkazilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar korxonaning buxgalteriyasida saqlanadigan mazkur asosiy vo­sitalar obyektiga ochilgan inventar kartochkaga kiritiladi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish