Moliyaviy hisob va hisobat


Asosiy vositalar ta’mirini hisobga olish



Download 0,84 Mb.
bet85/174
Sana19.11.2022
Hajmi0,84 Mb.
#869021
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   174
Bog'liq
moliyaviy hisob va hisobot 2707

6.5. Asosiy vositalar ta’mirini hisobga olish
Asosiy vositalarni ta’mirlashni rejaga va rejali-ehtiyot ta’mirlash tizimiga muvofiq o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ta’mirlash rejasini korxona mustaqil ravishda, asosiy vositalarning texnik tavsiflari, ulardan foydalanish shartlari va boshqa omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqadi. U ta’mirlanadigan asosiy vositalar turlari bo‘yicha pulli ifodada shakllantirilishi kerak.
Asosiy vositalar obyektini ishchi holatda saqlab turish ularni ta’mirlash (joriy, o‘rtacha va kapital tarzda) vositasida amalga oshiriladi. Joriy ta’mirlash deganda, asosiy vositalar obyektini ishchi holatda saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlash tushuniladi. O‘rtacha ta’mirlashda ta’mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
Uskunalar va transport vositalarini kapital ta’mirlashagregatni to‘liq ajratib yig‘ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig‘ish, sozlash va sinab ko‘rishdir.
Binolar va inshootlarni kapital ta’mirlash – bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan konstruktsiyalarning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
Ta’mirlashning zarurligi va unga doir xarajatlarni tasdiqlash uchun nuqsonlar dalolatnomasini tuzish lozim. Uni korxona rahbari pudrat tashkiloti bilan kelishib olganidan keyin tasdiqlaydi (agar ta’mirlash pudrat usulida amalga oshirilsa). Dalolatnomaning belgilangan shakli mavjud emas, u odatda boshlang‘ich hujjatlarni rasmiylashtirishga doir umumiy talablarga rioya etilgan holda erkin shaklda tuziladi. Unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  • korxonaning nomi, hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana, mas’ul shaxslarning shaxsiy imzolari;

  • obyekt haqidagi umumiy ma’lumotlar – nomi, joylashgan joyi, qurilgan yoki foydalanishga topshirilgan yili, necha qavatliligi va h.k.;

  • obyekt (uning qismlari) texnik holatining tavsifi – vizual ko‘rik va/yoki texnik o‘lchovlarning natijalari bo‘yicha ma’lumotlar – va ularning natijalari bo‘yicha xulosalar keltiriladi;

  • shikastlanish yoki nuqsonni bartaraf etish bo‘yicha tavsiya qilinadigan tadbirlar va zarur ta’mirlash ishlarining muddati hamda hajmi bo‘yicha takliflar.

Agar xarajatlar AVning avval qabul qilingan normativ ko‘rsatkichlarini yaxshilasa, ular kapital qo‘yilmalar deb e’tirof etiladi va 0800-“Kapital qo‘yilmalar” guruhi hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Bunday xarajatlar mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilmaydi, balki obyektning dastlabki qiymatini ko‘paytirishga kiritiladi.
Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobdan chiqarishni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin:

  • xarajatlar yuzaga kelishiga qarab - mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga yoki davr xarajatlariga bir vaqtni o‘zida (bir marta);

  • asosiy vositalarni ta’mirlash uchun har oyda bir maromda ajratmalar qilish yo‘li bilan tashkil etilgan rezervlar hisobidan.

Usullardan birini tanlanganligi buxgalteriya hisobi hisob siyosatida aks ettirilgan bo‘lishi kerak.
Asosiy vositalar obyektini ta’mirlashda qilinadigan xarajat­lar material qiymatliklarini chiqarish (sarflash), mehnat haqini hisoblash, ta’mirlash ishlari bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun mol yetkazib beruvchilarga majburiyatlarni va boshqa xarajatlar bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olishning tegishli boshlang‘ich hisob hujjatlariga asosan aks ettiriladi.
21-son BHMSga muvofiq asosiy vositalar obyektni ishchi holatda tutib turish va undan foydalanishdan kelgusida olinadigan iqtisodiy foydaning belgilangan boshlang‘ich summasini olish uchun amalga oshiriladigan xarajatlar korxonaning buxgalteriya hisobida quyidagi shaklda aks ettiriladi:
- asosiy vositalarini ta’mirlash korxonaning ishchilari tomonidan amalga oshirilganda:
Debet 2010,2510,2310,2710,9410,9420 Kredit 1010-1090,6710, 6520
- asosiy vositalarini ta’mirlash korxonaning yordamchi tarkibiy bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilganda:
Debet 2010,2510,2310,2700,9410,9420 Kredit 2310
- asosiy vositalarini ta’mirlash pudratchi korxona tomonidan amalga oshirilganda:
Debet 2010,2510,2310,2700,9410,9420 Kredit 6010, 6110, 6120, 6990
Asosiy vositalar obyektlarini ta’mirlash bo‘yicha kelgusidagi xa­rajatlarni hisobot davrining ishlab chiqarish (davr) xarajatlariga bir maromda qo‘shish maqsadida zarurat bo‘lganda, ayrim tarmoqlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazish uchun mablag‘lar rezervini tashkil qilishlari mumkin.
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari rezervini shakllantirish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun har bir oyda qilinadigan ajratmalarni aniqlashni to‘g‘riligini tasdiqlovchi hujjatlardan foydalaniladi. Bunday hujjatlarga, masalan, nosozlik (defekt) qaydnomalari (ta’mirlash ishlarini o‘tkazish zarurligini asoslovchi); aso­siy vositalar obyektlarini boshlang‘ich qiymati yoki joriy (qayta tiklash) qiymati (qayta baholash o‘tkazilgan hollarda); ta’mirlash o‘tkazish smetasi; asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari rezer­viga ajratmalarini yakuniy hisob-kitoblari kiradi.
Mazkur rezervlarga ajratmalar “Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar” elementi tarkibida aks ettiriladi va ko‘zda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har bir obyektini kapi­tal ta’mirlashlarning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Xarajatlar va to‘lovlarni xarajatlarga bir maromda qo‘shish maqsadida o‘rnatilgan tartibda rezerv qilingan summalarni holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 8900-«Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari» schyotida amalga oshiriladi.
Kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun rezervlar hisoblash bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. MChJ nasosni kapital ta’mirlash bo‘yicha xarajatlarni bir maromda taqsimlash maqsadida kapital ta’mirlash ishlari uchun rezerv shakllantirishga qaror qildi. Nasosni kapital ta’mirlash ishlarining xarajat smetasi 24000000 so‘mni tashkil etadi. Mahsulot etishtirish xarajatlariga kiritiladigan nasosnini kapital ta’mirlash bo‘yicha rezervga ajratmalarning har oylik summasi 2000000 so‘mni (24000000/12) tashkil etadi.
Nasosni kapital ta’mirlash bo‘yicha rezervga ajratmalarning har oylik summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
- nasosni kapital ta’mirlash bo‘yicha rezervga ajratmalar summasi hisoblanganda:
Debet 2010 2 000 000 so‘m;
Kredit 8910 2 000 000 so‘m;
Rezerv summalari hisobidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar va to‘lovlar rezervni kamaytirishga olib borib hisobdan chiqariladi.
Rezerv summalari hisobidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar va to‘lovlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Nasosni kapital ta’mirlash bo‘yicha oldingi misolni davom ettiramiz. Rezerv qilingan summaning barchasi kapital ta’mirlashga ishlatilgan.
Kapital ta’mirlash kim tomonidan o‘tkazilganligidan kelib chiqib uchta holatni ko‘rib chiqamiz.
1-holat.Kapital ta’mirlash korxonaning ishchilari tomoni­dan amalga oshirilgan. Kapital ta’mirlash bo‘yicha xarajatlar quyidagilardan iborat: ehtiyot qism xarajatlari - 19 800 000 so‘m, yordamchi materiallar - 200000 so‘m, ishchilarga ish haqi hisoblash xarajatla­ri – 3 200 000 so‘m va ishchilarning ish haqi fondidan 25 foiz miqdorida yagona ijtimoiy to‘lovga 800 000 so‘m.
Rezerv summalari hisobidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajat­lar va to‘lovlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 8910 24 000 000 so‘m;
Kredit 1040 19 800 000 so‘m;
Kredit 1090 200 000 so‘m;
Kredit 6710 3 200 000 so‘m;
Kredit 6520 800 000 so‘m.
2-holat.Kapital ta’mirlash korxonaning tarkibiy bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilganda buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 8910 24 000 000 so‘m;
Kredit 2310 24 000 000 so‘m.
3-holat.Kompressorni kapital ta’mirlash pudratchi korxona tomonidan amalga oshirilganda buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
-pudratchi korxona tomonidan amalga oshirilganda:
Debet 8910 24 000 000 so‘m;
Kredit 6010 24 000 000 so‘m;

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish