1-BOB. “MOLIYAVIY HISOB VA HISOBOT” FANIGA KIRISH
1.1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobining zaruriyati va tutgan o‘rni
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganligi munosabati bilan qisqa davr ichida respublikamiz iqtisodini yuksaltirish uchun bir qator iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish va uni rivojlantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy shart-sharoitlar yaratildi.
Xalqaro biznes tili sifatida buxgalteriya hisobi davlat qonunlarini bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlantirilishiga mulkni saqlash va ko‘payishiga xizmat qilishi, manfaatdorlar tomonidan muhim iqtsodiy qarorlarni qabul qilishda zarur bo‘ladigan to‘liq va ishonarli axborotlarni o‘z vaqtida etkazib berishi kerak.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini korxona, muassasa va tashkilot rahbari tashkil etadi va u quyidagi huquqlarga ega:
- bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmati tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalterlar xizmatidan foydalanish;
- buxgalteriya hisobini yuritishda shartnoma asosida ixtisoslashgan buxgalteriya firmalariga yoki tarkibiga buxgalteriya hisobi sub’ekti kiradigan markazlashgan xo‘jalik birlashmalari hisobi bo‘limiga topshirish;
- buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Buxgalteriya hisobini yuritishga aloqador bo‘lgan rahbarlar, buxgalterlar va boshqa shaxslar buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillariga rioya qilishlari kerak.
Eng muhimi shuki, mustaqillikning dastlabki yillari respublikamizning o‘z taraqqiyot yo‘lini faol izlash, Vatanimizni erkin, kuchli va ravnaq topayotgan diyorga aylantirishga intilish davri bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka erishishida, iqtisodiy strategiyani amalga oshirish uchun, eng avvalo, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish va unga o‘tishning strategik yo‘nalishini belgilab olish muhimdir.
Ma’lumki, moliyaviy hisobni rivojlantirish, isloh qilish bevosita bozor munosabatlariga o‘tish bilan uzviy bog‘liqdir. Bu esa respublikamizda moliyaviy hisobni xalqaro andozalar talablari asosida takomillashtirishni zaruriyat qilib qo‘ymoqda, ayniqsa, respublikamizning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi, turli xalqaro tashkilotlarda qatnashishi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni joriy mezonlarga taqqoslashda hisobning uslubiy tamoyillarini jahon amaliyotida qabul qilingan andozalar talablariga javob berishni talab etadi.
Bu maqsadga erishish uchun buxgalteriya hisobining asosi hisoblangan moliyaviy hisobni takomillashtirish, hisobni amalga oshirishda yangi progressiv usullarni qo‘llash, xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish yordamida foydalanilmayotgan rezervlarni qidirib topish va ularni ishlab chiqarishga safarbar etish shu kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobini takomillashtirishda, eng avvalo, rivojlangan mamlakatlardagi buxgalteriya hisobi tizimidan keng foydalanish lozim. Mamlakatimizda amal qilib kelayotgan buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro andozalar va me’yorlar talablari darajasida tashkil etish davr talabi hisoblanadi. Xorijiy davlatlar amaliyotidan ma’lumki, o‘sha davlatlarda buxgalteriya hisobining 3 turi amal qiladi:
boshqaruv hisobi;
moliyaviy hisob;
soliq hisobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |