1.1-jadval
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini isloh qilishning 2-bosqichida qabul qilingan BHMSlar va ularning ro‘yxatga olingan vaqti
BHMS
Raqami
|
BHMSning nomi
|
Ro‘yxatga olingan vaqti
|
BHMS –1
|
Hisob siyosati va moliyaviy hisobot
|
14.18.1998
|
BHMS – 2
|
Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromad
|
26.08.1998
|
BHMS – 3
|
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
|
26.08.1998
|
BHMS – 4
|
Tovar – moddiy zaxiralari
|
26.08.1998
|
BHMS – 5
|
Asosiy vositalar
|
23.08.1998
|
BHMS – 6
|
Lizing hisobi
|
16.08.1998
|
BHMS – 7
|
Nomoddiy aktivlar
|
20.09.1998
|
BHMS – 8
|
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo‘jalik jamiyatlarida sarmoyalar hisobi
|
28.12.1998
|
BHMS – 9
|
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot
|
04.11.1998
|
BHMS – 10
|
Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini ochish
|
03.12.1998
|
BHMS – 11
|
Ilmiy – tadqiqot va tajriba – konstruktorlik ishlariga oid xarajatlar
|
28.12.1998
|
BHMS – 12
|
Moliyaviy sarmoyalar hisobi
|
16.01.1999
|
BHMS – 16
|
Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi xo‘jalik faoliyatida ro‘y bergan kutilmagan xolatlar va xodisalar
|
23.12.1998
|
BHMS – 17
|
Kapital qurilishda pudrat bo‘yicha shartnomalar
|
23.12.1998
|
BHMS – 19
|
Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish
|
02.11.1999
|
BHMS – 20
|
Kichik tadbirkorlik sub’ektlarida soddalashtirilgan hisobni yuritish va hisobotni tuzish tartibi
|
24.01.2000
|
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini isloh qilishning dastlabki ikkita bosqichida amalga oshirilgan ishlarning hozirgi – uchinchi bosqichning amalga oshirilishida o‘rni benihoya katta bo‘ldi. O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini isloh qilishning 3-bosqichi 2002 yildan-hozirgi paytgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Ushbu O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini isloh qilishning hozirgi bosqichida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
“Statistika va moliyaviy hisobotini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 25 iyundagi 227-sonli Qarori;
O‘zR Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (14-, 15-, 21-, 22-, 23- va 24-sonli BHMSlar);
Yangi tahrirlagi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (4-, 5-, 6- va 7-sonli BHMSlar);
Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalar (Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli bo‘yrug‘i bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligida 2003 yil 24 yanvarda 1209-son bilan ro‘yxatga olingan);
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri);
Buxgalteriya hisobining alohida ob’ektlarining buxgalteriya hisobi bo‘yicha Nizomlar: asosiy fondlarni qayta baholash, ishonchnomalar berish, hujjatlar va hujjatlashtirish, mol-mulkning kamomadi va ortiqchalarini aks ettirish, lizing operatsiyalari, chet el valyutasidagi operatsiyalar, xususiylashtirish va investitsion fondlarda buxgalteriya hisobi, qayta ishlashga berilgan xom-ashyolar hisobi, elektr energiyasini sotish hisobi va boshqa masalalarga bag‘ishlangan nizomlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |