1.3-jadval Buxgalteriya hisobini isloh qilishning 3-bosqichida yangi tahrirda qabul qilingan BHMSlar va ularning ro‘yxatga olingan vaqti
BHMS Raqami
BHMSNING NOMI
Ro‘yxatga olingan vaqti
BHMS –4
Tovar-moddiy zahiralar
17.07.2006
BHMS – 5
Asosiy vositalar
20.01.2004
BHMS – 6
Ijara hisobi
24.04.2009
BHMS – 7
Nomoddiy aktivlar
25.03.2005
1.4-jadval Buxgalteriya hisobini isloh qilishning 3-bosqichida qabul qilingan Nizomlar
№
Nizomning nomi
Ro‘yxatga olingan vaqti
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risidagi nizom
14.01.2004
Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida nizom
29.08.2004
Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi to‘g‘risida nizom
01.06.2009
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi nizom
10.03.2004
Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida nizom
02.09.2004
Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom
14.12.2005
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidaginizom
15.03.2010
Buxgalteriya hisobida elektr energiyasini sotish hisobini aks ettirish tartibi to‘g‘risida nizom
31.07.2010
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq korxonalarda buxgalteriya hisobini quyidagi shakllarda tashkil qilish mumkin:
-mustaqil bo‘linma hisoblangan buxgalteriyani tashkil qilish;
-shartnoma asosida ixtisoslashgan professional tashkilotga buxgalteriya hisobini yuritishni topshirish;
-mutaxassislarga shartnoma asosida buxgalteriya hisobini yuritishni topshirish.
Albatta, buxgalteriya hisobini tashkil qilishning birinchi shaklini yirik va o‘rta korxonalarda qo‘llanilishi tabiiydir. Chunki bu korxonalarda buxgalteriya hisobida bajariladigan hisob ishlari hajmi ancha katta va murakkab bo‘lib, ixtisoslashgan hisob bo‘linmasi-buxgalteriyani bilishini talab qiladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ikkinchi va uchinchi shakllari kichik korxonalarda amalga oshirilishi mumkin.
Korxona mustaqil ravishda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning u yoki bu shaklini topmaydi. Har qanday sharoitda buxgalteriya hisobini yuritish va uning ahvoli uchun javobgarlik korxona rahbarining zimmasiga yuklatiladi. Chunki buxgalteriya hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan sharoitlar va uning qonuniy-normativ bazasining moddiy jihatlarini ta’minlash, mutaxassislar va bosh buxgalterni tanlash va tayinlash korxona rahbarining zimmasiga yuklatiladi.
Buxgalteriya apparati va uning tarkibini belgilashda korxonada ishlab chiqarish faoliyatining hajmi va uning tarkibi bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Chunki korxonada ishlab chiqarish hajmi katta bo‘lsa, buxgalteriya hisobi o‘zining nazorat qilish va ma’lumot berish vazifasini bajarishi uchun buxgalteriya apparati va tarkibini shunga mos ravishda tashkil qilishi zarur.
Shuningdek, buxgalteriya apparati va tarkibini tashkil qilishga korxonaning moliyaviy va investitsion faoliyati ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Buxgalteriya hisobi markazlashtirilgan shaklda tashkil qilinganda buxgalteriya yagona bo‘linma bo‘lib, faoliyat ko‘rsatadi va barcha hisob ishlari buxgalterlar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda buxgalterlarning ish jarayonidan samarali foydalanish imkoniyati vujudga keladi. Buxgalteriya hisobi markazlashtirilmagan shaklda tashkil qilinganda markaziy buxgalteriya bilan birgalikda ishlab chiqarish bo‘linmalarida ham buxgalteriya tashkil qilinadi. Bunday holda hisobning operativligi va tahliliy ma’lumotlar berish darajasi keskin ortadi.
Buxgalteriya hisobi aralash shaklda tashkil qilinganda markaziy buxgalteriyadan tashqari faqat korxonaning yirik ishlab chiqarish bo‘linmalarida buxgalteriya tashkil qilinadi.
Korxona hisob siyosatining barcha uslubiy, texnik va tashkiliy tomonlari yoritib berilgandan so‘ng u rahbarning buyrug‘i yoki farmoyishi bilan rasmiylashtiriladi va yuridik kuchga ega bo‘ladi.