6.3. Asosiy vositalar kirimini hisobga olish Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun bir qator hisobvaraqlar ochilgan bo‘lib, ularni quyidagi jadval asosida ko‘rib chiqamiz.
6.1- jadval Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
Schyot №
Schyot nomi
Schyot turi
0110
Yer
A
0111
Yerni obodonlashtirish
A
0112
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni o‘zlashtirish
Ushbu schyotlar aktiv bo‘lib, ularning debet tomonidagi saldo xo‘jalik yurituvchi subyektlarda mavjud asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aks ettiradi. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debet tomonida ularning ko‘payishi, kredit tomonida esa kamayishi o‘z ifodasini topadi.
Asosiy vositalarni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar dastlab 0820-“Asosiy vositalarni sotib olish” schyotining debetida yig‘iladi. Asosiy vositalar foydalanishga topshirilganda ularning summasi 0820 schyotdan 0100-“Asosiy vositalar” guruhi schyotlariga o‘tkaziladi.
Amaliyotda asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati ularning kelib tushish manbaidan kelib chiqib aniqlanadi. Asosiy vositalar korxonaga kelib tushishi manbai bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:44
oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha obyektni sotib olish;
ustav kapitaliga ta’sischi ulushi ko‘rinishida kelib tushishi;
ta’sischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanayotganda ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan tashkilotning ta’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;
tekinga kelib tushishi (hadya shartnomasi bo‘yicha);
ayirboshlash;
tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o‘tkazish;
moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olish;
qiymati belgilangan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar;
asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) obyektlarini aniqlash.
Korxona tomonidan asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq tegishli xarajatlar amalga oshirilgan hollarda ularning boshlang‘ich qiymati shu xarajatlar summasiga ko‘payadi.
Xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
asosiy vositalar obyektiga doir huquqni sotib olish (olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;
bojxona bojlari va yig‘imlari;
asosiy vositalar obyektlarini olish (barpo qilish) munosabati bilan soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa);
asosiy vositalar obyektlarini olish (barpo qilish) bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar;
asosiy vositalar obyektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar;
asosiy vositalar obyektini olishdagi vositachilarga to‘lanadigan haqlar;
asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;
aktivdan foydalanish maqsadi bo‘yicha uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, xarid qilingan asosiy vositalarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (bank xizmatlari), asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar asosiy vositalarning boshlag‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.
Misol. MChJ xo‘jalik usuli bilan ishlab chiqarish tsexini quradi. Obyektning smeta qiymati 72000 ming so‘m, qurilish muddati 15 oy. Qurilish materiallarini xarid qilish uchun korxona tomonidan 18 oyga 30000 ming so‘m summada kredit rasmiylashtirildi. Shartnomaga ko‘ra asosiy qarz kredit olingan oydan keyingi oydan boshlab qaytarib boriladi. Kreditdan foydalanganlik uchun korxona 6800 ming so‘m summada foizlarni to‘lashi lozim bo‘ladi, ulardan 1200 ming so‘m — qurilish tugallangandan keyin to‘lanadigan foizlar.
Ishlab chiqarish tsexining boshlang‘ich qiymatiga kreditdan faqat qurilish davridagina foydalanganlik uchun hisoblangan foizlar — 5600 ming so‘m (6800 — 1 200) kiritiladi. 1200 ming so‘m summa moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar tarkibida aks ettiriladi.